Buxoro muxandislik texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi faoliyati: «O’z biznesingizni yarating» bitiruvchi kurs talabalariga amaliy yordam

Buxoro muxandislik texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi faoliyati: «O’z biznesingizni yarating» bitiruvchi kurs talabalariga amaliy yordam

Bux MTI “Menejment” kafedrasi mudiri: dots. D.I.Ro’ziyeva
“Menejment” kafedrasi assistenti: H.M.Mo’minov

             “Menejment” kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan 2017 yil 23 may kuni institut bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Ushbu uchrashuv institut rektorining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston Respublikasi O va O’MTVning “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 197-bandi ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi qo’shma qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 2017 yil 24 aprelьdagi 65-U(03)-sonli buyrug’i ijrosiga bag’ishlandi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston Respublikasi OvaO’MTVning qo’shma qaroriga asosan 2016-2017 o’quv yilida oliy va o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarini tamomlayotgan yoshlarga belgilangan tartibda 60,0 mlrd. so’m imtiyozli mikrokreditlar ajratilishini belgilab qo’yilgan.
Biriruvchilar uchun ajratiladigan kredit mablag’laridan samarali foydalanishni tashkil etish, bitiruvchilarni qiziqtirayotgan savollariga javob berish, ularning biznes rejalarini shakllantirish maqsadida “Menejment” kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan institutning 2-o’quv-laboratoriya binosining 517- auditoriyasida urashuv tashkillashtirildi. Tadbirga Buxoro viloyati Davlat Soliq boshqarmasi mutaxassislari, Markaziy Bank Buxoro viloyati boshqarmasi mutaxassislari, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining biznes reja tayyorlash bo’yicha trenerlari, “Menejment” kafedrasining salohiyatli pedagog-xodimlari jalb qilindi.
Ushbu tadbirda institut bo’yicha uch bosqich asosida tanlab olingan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan bitiruvchi kurs talabalari jalb qilindi.
«Menejment” kafedrasi mudiri doc.D.I.Ro’ziyeva yig’ilganlarga tadbirning mazmun mohiyatini yana bir bor tushuntirdi va bu uchrashuv ma’ruza ko’rinishida emas aksincha savol-javob ko’rinishida bo’lishini bildirdi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan bitiruvchi kurs talabalari ochiq muloqotda barcha o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to’laqonli javoblar oldilar. Bundan tashqari tajribali mutaxassislar yosh tadbirkorlarga o’zlarining qimmatli maslahatlari bilan o’rtoqlashdilar.
Juda qiziqarli hamda foydali bo’lgan uchrashuvdan yig’ilganlar to’la qoniqish hosil qildilar.
Yakunda «menejment” kafedrasi mudiri doc.D.I.Ro’ziyevaning tashabbusi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan bitiruvchi kurs talabalarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda bir oy muddat davomidan har kuni 2 soatda ilmiy asoslangan biznes rejalar tuzish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar olib borishga kelishildi. Ushbu kurs mashg’ulotlarini olib borishga katta tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar jalb qilindi.
Bu mamlakatimizni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish hamda yoshlarda tadbirkorlik qo’nikmalarini shakllantirishdagi qo’yilgan katta qadamlardan biridir.

Share this post

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *


});});