“Neft-gaz ishi” kafedrasi 2019 yil 10 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining yangi tuzilmasiga binoan «Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi» kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrani boshqarish kimyo fanlari nomzodi, dotsent Q.Q.Sharipovga yuklatildi.
Kafedrada 1 ta fan doktori-professor, 1 ta fan nomzodi – dotsent, 4 ta falsafa doktori (PhD), 2 ta katta o‘qituvchi, 2 nafar assistent o‘qituvchilar talabalarga bilim bermoqdalar.
«Neft-gaz ishi» kafedrasida 2021-2022 o‘quv yilida quyida ko‘rsatilgan bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv jarayoni tashkil etildi:
BAKALAVRIAT
60721800-Neft va gaz ishi (neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)
5311900-Neft va gaz ishi (neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)
5311900-Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
MAGISTRATURA
70721802- Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish
5A311902-Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish
Bakalavriat:
1.Neft va gaz geologiyasi
2.Geofizika asoslari
3.Umumiy va yer osti gidravlikasi
4.Neft va gaz ishi asoslari
5.Neft va gaz konlari mashina va jihozlari
6.Tog‘ jinslari mexanikasi
7.Korroziyadan himoya qilish
8.Neft va gazni yig‘ish, tayyorlash va uzatish
9.Neft va gaz konlari geologiyasi
10.Neft va gaz konlarini ishlatishda geofizik nazorat
11.Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash
12.Neft va gaz konlari jihozlari
13.Quduqlarning kapital va yer osti ta’miri
14.Qatlamlarning neft va gaz beraolishligini oshirish texnologiyasi
15.Nasos va kompressor stansiyalarini ishlatish
Magistratura
1. Neft va gaz konlari mashina va jihozlari
2. Neft va gaz quduqlarini ta’mirlash mashina va jihozlari
3. Neft va gaz konlarini ishlatishning nazariy asoslari
4. Neft va gaz quduqlari jihozlarini montaji va ekspluatatsiyasi
5. Konlarda neft va gazni yig‘ish va tayyorlash ob’ektlarining jihozlari
1. O’quv-uslubiy majmualar – 50 dan ortiq;
Uslubiy qo’llanmalar – 16 ta;
Ma’ruza matnlari - 50 dan ortiq;
Uslubiy ko’rsatmalar – 60 dan ortiq.
ILMIY MAQOLALAR
Xorijiy maqolalar – 150 dan ortiq
Respublika maqolalari – 200 dan ortiq
ANJUMANLARDAGI TEZIS VA MAQOLALAR (XALQARO VA RESPUBLIKA)
Xalqaro tezislar – 300 dan ortiq;
Respublika tezislari – 250 dan ortiq;
SCOPUS VA WEB OF SCIENCE BAZASIGA KIRGAN ILMIY ISHLAR
Toshev Sherzod Orzievich, Obidov Xamid Olimovich. AGRITECH-V-2021. Features of the chemical composition andcolloidal-chemical properties of local clays of Uzbekistan and their comparison with other clays 2021, №12, p.31-34
Ochilov Abduraxim Abdurasulovich, Sattorov Mirvohid Olimovich, Yamaletdinova Aygul Axmadovna, Bokieva Shahnoza Komilovna. Earth and Environmental Science. Reduction the viscosity of oil-slime emulsions of heavy oils using gas condensate. 839 (2021) 042082. doi:10.1088/1755-1315/839/4/042082
Sattorov Mirvohid Olimovich, Ochilov Abduraxim Abdurasulovich, Yamaletdinova Aygul Axmadovna, Bokieva Shahnoza Komilovna. Earth and Environmental Science. Breakdown of local oil-water emulsions by binary systems of surface-active substances. 839 (2021) 042085. IOP Publishing doi:10.1088/1755-1315/839/4/042085
Dustov Xamro Bozorovich. Journal of Physics: Conference Series. Research the content of waste (yellow oil) of the shurtan gas chemical complex in Uzbekistan. 1889 (2021) 022057. IOP Publishing. DOI:10.1088/1742-6596/1889/2/022057. R.1-9
Dustov Xamro Bozorovich AGRITECH-V-2021. IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science Fractional composition of the waste yellow oil. 839 (2021) 042080. IOP Publishing. DOI:10.1088/1755-1315/839/4/042080.
Toshev Sherzod Orzievich Earth and Environmental Science Thermodynamic values of the adsorption of methanol and ethanol molecules in zeolite NH4ZSM-5 2021 IOP Conf. Ser.: Earth Environ. Sci. 839 042074
Sharipov Qaxramon Qandiyorovich, Bozorov Jo‘rabek To‘ronovich. Earth and Environmental Science. Key factors reducing energy consumption in gas supply. 839 (2021) 042083.
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
Neft va neft emulsiyalarini parchalash va reologik xususiyatlarini yaxshilash uchun kompozitsiyalar yaratish;
Yuqori harorat va tuzlarga chidamli mahalliy gilmoyalar asosidagi polimineral kompozitsiyalar yaratish;
Tabiiy gaz tarkibidagi merkaptanlar asosida odorantlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.
DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR
Kafedrada yaratilgan monografiyalar
Kafedraning Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi, O‘zneftgazquduqta’mirlash AJ, Amirobod kon-geofizika ekspeditsiyasi filiali, Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi, Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi, Buxoro neft-gaz parmalash AJ, Neftgaztadqiqot AJ bilan hamkorlik aloqalari mavjud bo‘lib, ushbu korxonlarda amaliy darslar, ishlab chiqarish amaliyotlari, ekskursiyalar o‘tkazib kelinmoqda.
Korxonalarning dolzarb muammolari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar kafedrada 2 ta Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi g‘olibi, 5 ta “O’zbekiston GTL” stipendiyalar tanlovi g‘olibi, 2 ta “Yil talabasi” tanlovi institut bosqichi g‘olibi tayyorlandi.
“Neft-gaz ishi” kafedrasi tomonidan institutning 1-son talabalar turar joyida 2019 yil 18 oktyabrda “Til-millat ko‘zgusi”mavzusida, 2020 yil 8 yanvarda “Jinoyatga jazo muqarrar” mavzusida, 2021 yil 10 martda “Buyuk tarixdan buyuk kelajak sari” mavzusida, 2021 yil 6 oktyabrda “Mehr-muruvvat-xalqimizga xos azaliy fazilat” mavzusida davra suhbati ko‘rinishidagi tadbirlar o‘tkazilgan.
Talabalarning nazariy olgan bilimlari ishlab chiqarish korxonalarida amalda mustahkamlab borilmoqda. Kafedra katta o‘qituvchilari H.O.Obidov va M.O.Sattorovlar Buxoro neft bazasi MChJda ekskursiya tashkil etishgan.
Kafedra katta o‘qituvchisi M.O.Sattorov 5 tashabbus doirasida Buxoro kitob olamiga talabalar bilan tashrif amalga oshirgan.
Kafedra o‘qituvchilari Sh.O.Toshev va M.O.Sattorovlar talabalar bilan Buxoroi Sharifning tarixiy obidalariga tashrif amalga oshirgan.