Tavsiya asosida o`qishga qabul qilish

Tavsiya asosida o`qishga qabul qilish


E ‘ L O N ! 

Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga 2022-2023 o’quv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega  bo’lgan fuqarolarni sirtqi ta’lim shakliga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish uchun hujjatlarini topshirish  jarayoni 2022 yil 17 sentyabr shanba kuni, soat 11:00 ga qadar 2-o’quv laboratoriya binosi 5-qavat 524-xonada amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan talabgorlarning hujjatlari o’rganilib, suhbat komissiyasiga taqdim etilishi lozim. 

   

Besh yil ish stajiga va tavsiyanomaga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi ta’lim shakliga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish uchun suhbat 22-sentabr kuni soat 15:00 da institutning 2 – o‘quv binosi 101, 102, 103 auditoriyalarida bo‘lib o‘tadi!

 

Izoh: Talabgorlardan o’zining  yig’ma  jildini ko’rsatilgan barcha hujjatlari bilan to’liq rasmiylashtirib olib kelishlari so’raladi.

 

Talabgorlar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni 

TAQDIM ETADILAR:

1. Ta’lim yo’nalishi, o’quv tili, shakli ko’rsatilgan holdagi ariza;

2. Umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi  asl nusxalari;

3. Pasport (pasport nusxasi 4 dona) va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi (Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko’rsatiladi)

4. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 12 dona rangli fotosurat;

5. Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma.

6. Abiturientning ishlab turgan joyi bo’ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo’jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi  tavsiyanoma;

7. Tavsiyanomaga ega bo’lgan abiturientning ishlab turgan joyi bo’y sunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xujalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o’qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4,5 yil) uchun to’lov shartnoma mablag’larini o’z vaqtida to’lab berish bo’yicha kafolat xati.


     Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

      Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2022-yil 8-avgustdan 22-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.