BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
2023-2024 o’quv yili abiturientlari uchun
(ochiq eshiklar kuni tadbirlarini tashkil qilish) bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha
DASTUR
2023-2024 O’QUV YILIDA BAKALAVR TAYYORLASH TA’LIM YO’NALISHLARI (kunduzgi)
60210400 – Dizayn (turlari bo‘yicha) (o’zbek)
60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (o’zbek, rus)
60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (o’zbek, rus)
60412500 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (o’zbek)
60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (o’zbek)
60710100 - Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) (o’zbek, rus)
60710300 – Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi (o’zbek)
60710500 - Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) (o’zbek)
60710600 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) (o’zbek)
60710700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) (o’zbek, rus)
60710900 - Energiya tejamkorligi va energoaudit (o’zbek)
60711000 - Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) (o’zbek)
60711300 - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) (o’zbek)
60711900 - Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari (o’zbek, rus)
60712500 - Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha) (o’zbek)
60720100 - Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) (o’zbek)
60720200 - Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi (o’zbek)
60720300 - Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi (o’zbek)
60720400 - Konservalash texnologiyasi (o’zbek)
60720500 - Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi (o’zbek, rus)
60720600 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) (o’zbek)
60720700 - Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) (o’zbek, rus)
60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish (o’zbek)
60720900 - Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi (o’zbek, rus)
60721000 - Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi (o’zbek)
60721100 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi (o’zbek, rus)
60721200 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) (o’zbek)
60721300 - Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha) (o’zbek)
60721400 - Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) (o’zbek, rus)
60721800 - Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) (o’zbek, rus)
60730100 - Arxitektura (turlari bo‘yicha) (o’zbek, rus)
60730300 – Qurilish(bino va inshootlarni loyihalash, qurilish) (o’zbek, rus)
60730500 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi (o’zbek)
60730600 - Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi (o’zbek)
60730700 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish (o’zbek)
60810100 - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (o’zbek)
60811300 - Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) (o’zbek)
60811800 - Mevachilik va uzumchilik (o’zbek)
61010200 - Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi (o’zbek, rus)
61020200 - Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) (o’zbek, rus)
2023-2024 O’QUV YILIDA BAKALAVR TAYYORLASH TA’LIM
YO’NALISHLARI (sirtqi)
60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
60710100 - Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
60710500 - Energetika (tarmoqlar bo’yicha)(o’zbek)
60710600 – Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha)
60710700 – Elektrtexnikasi, elektrmexanikasi va elektr texnologiyasilari (tarmoqlar bo’yicha)
60710900 - Energiya tejamkorligi va energoaudit
60711000 - Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
60711300 - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)
60711900 – Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
60712500 - Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha)
60720100 - Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
60720500 - Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi
60720600 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)
60720700 - Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)
60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
60720900 - Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
60721000 – Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
60721100 – Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
60721200 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
60721300 - Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha)
60721400 - Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
60721800 - Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
60730300 - Qurilish (bino va inshootlarni loyihalash, qurilish)
60730300 - Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
60730300 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
60810100 - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
61010200 - Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi
61020200 - Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)
2023-2024 O’QUV YILI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
70411201 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
70610201 - Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
70710101 - Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
70710103 - Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (turlari bo‘yicha)
70710503 - Sanoat issiqlik energetikasi
70710701 - Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo‘yicha)
70710703 - Elektrotexnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha)
70710901 - Energiya tejamkorligi va energoaudit (tarmoqlar bo‘yicha)
70711901 - Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
70720101 - Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
70720710 – Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari
70720711 – Paxta sanoati mashinalari va jihozlari
70720802 - Mashinasozlik ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan dastgohli komplekslari
70720901 - Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar
70721102 - Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi
70721103 - Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari
70721201 - To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
70721401 - Texnologik mashinalar va jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish (tarmoqlar bo‘yicha)
70721402 - Texnologiyalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)
70721802 - Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish
70730101 – Bino va inshootlar arxitekturasi
70810101 - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)
2023-2024 O’QUV YILIDA BAKALAVR TAYYORLASH TA’LIM YO’NALISHLARI (kechki)
60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60711900 - Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
60720900 - Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
60730100 - Arxitektura (turlari bo‘yicha)
Buxoro yurtimizning ming yillar davomida jahon tafakkuri, ma’naviy, madaniy, dunyoviy fanlarni va diniy qadriyatlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, shariflik nomiga sazovor bo’lgan muqaddas shahardir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi PQ—1954-sonli qaroriga asosan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi. Institutda neft-gaz, yengil sanoat, energetika, mashinasozlik, axborot-kommunikastiya tizimlari bo’yicha mutaxassislar, birinchi navbatda, Respublika va viloyatimizning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishi xorijiy davlatlardan investistiya loyihasi asosida yangi zamonaviy korxonalarning tashkil etilishi, hamda “G`ijduvon” erkin industrial-iqtisodiy zonasining barpo etilishi “Bukhara Cotton Textile Cluster” MChJ, , "PARVOZ XUMO RAVNAQ TRANS“ MChJ, “DELTA RUMINO” MChJ, “Artel” kompaniyasi, “Uzbekistan GTL” MChJning kadrlarga bo’lgan talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarining talabalikga o’qishga qabul qilish tartibi to’g`risida” 2017 yil 20 iyundagi №393-son qarori, xamda O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrli to’g`risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi ID-32978-sonli qaroriga asosan 2023-2024 o’quv yilida institutda yangi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari (kunduzgi/sirqi/kechki): 60210400-Dizayn (liboslar dizayni), 60210400-Dizayn (milliy kostyum va aksesuarlar), 60210400-Dizayn (poyabzal va aksesuarlar dizayni) yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash asosiy vazifalardan etib belgilangan.
Hozirgi kunda institutda 8 ta fakultet kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha 6015 nafar, sirtqi bo’limda 6784 nafar, kechki bo’limda 537 nafar hamda magistratura bo’limida 300 nafar talaba tahsil olmoqda. Jami talabalar va magistrlar soni 13636 nafarni tashkil etadi.
![]() |
![]() |
Xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma dasturlarda ta’lim olayotgan talabalar soni 204 nafar, Institutda xorijiy talabalar barcha yo’nalishlar bo’yicha tahsil olmoqda.
Institutda 486 nafar professor - o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan 39 nafari fan doktori, professor, 201 nafar fan nomzodi, dostentlar bo’lib, professor - o’qituvchilarning ilmiy salohiyati 49,3% foizni tashkil etadi.
Institut professor – o’qituvchi va talabalar tomonidan 32 yo’nalish bo’yicha davlat grantlari asosida ilmiy-texnikaviy, fundamental va xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
XALQARO ALOQALAR
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g`risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909- son Qaroriga asosan, institutda “Erasmus+” dasturi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ Gmbh) “Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim” dasturi doirasida xalqaro grantlar professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Institutda xorijiy davlatlar oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda Rossiya, Qozog`iston, Belorussiya, Bolgariya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Sloveniya, Xitoy, Malayziya, Yaponiya, Izroil va boshqa davlatlar oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o’zaro hamkorlik
![]() |
![]() |
aloqalari o’rnatilgan bo’lib, shartnoma memorandumlar imzolangan.
Institut professor-o’qituvchilarimiz rivojlangan xorijiy mamlakatlarning (Germaniyaning Frayburg universiteti, Gollandiyaning Gaaga Moliya instituti, “Stankin” Moskva Davlat texnika universiteti, Rossiyaning Qozon federal universiteti va boshqalar) bilan metodik va ilmiy seminarlar a’zolari sifatida faoliyat yuritib kelishmoqda:
Institutda oxirgi 2 yilda 4 ta xalqaro darajadagi ilmiy anjumanlar va 2 ta halqaro festival tashkil etilgan.
AXBOROT - RESURS MARKAZI
Institut axborot-resurs markazi tomonidan muntazam ravishda professor-o’qituvchilar va talabalarning ARM xizmatlaridan foydalanish darajasi monitoringi yuritilmoqda. Professor-o’qituvchilar va talabalarning ARMga qatnovlari kuniga 4062 nafarni tashkil etadi. Bu har bir kitobxonning yil davomida 60 marotaba kutubxonaga murojaat qilganligi va bir kunda 1500 ga yaqin kitobxonga xizmat qilinganligidan dalolat beradi. Bugungi kunda institutda 272 o’rinli axborot-resurs markazining yangi binosidan hamda TTJ (kutubxonasi)dagi adabiyotlardan 2022-2023 o’quv yilida 4000 dan ziyod talaba-yoshlarimiz oqilona foydalanib kelmoqda
![]() |
![]() |
Institutda jami internet tarmog`iga ulangan 1520 ta kompyuter, 180 dan ortiq videoproyektor va 80 ta elektron doskalar mavjud bo’lib, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish borasida jadal ishlar olib borilmoqda va shu bilan birga institutning barcha o’quv-laboratoriya binolarida (xonalarida) to’liq videokuzatuv nazorati o’rnatilgan bo’lib, barcha o’quv va xizmat xonalari optik tolali internet tarmog`iga ulangai hamda institut hududida Wi-Fi tizimi ishga tushirilgan
INSTITUT SPORT INSHOOTLARI
Institut talabalari uchun zamonaviy jihozlangan, barcha qulayliklarga ega bo’lgan yangi sport majmuasi mavjud.
Sportning 12 dan ortiq turlari bo’yicha mashg`ulotlar olib borish uchun 1 ta yopiq, 8 ta ochiq sport maydonchalari talabalarga xizmat ko’rsatmoqda.
Institut talaba va professor-o’qituvchilari mavjud sport trenajyorlaridan foydalanib o’z sog`ligini mustahkamlash imkoniga egalar. Institut talabalari Olimpiada, Jaxon, Osiyo va Respublika miqyosida o’tkaziladigan sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar
![]() |
![]() |
INSTITUT BITIRUVCHILARINI ISHGA JOYLASHTIRISH JARAYONIDA HAMKORLIK QILADIGAN KORXONALAR
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” UK, Navoiy tog` - kon metallurgiya kombinati , "PARVOZ XUMO RAVNAQ TRANS“ MChJ, “Bahor hamkorlik ittifoqi” uyushmasi, "Bukhara cotton textile cluster“ MChJ, DELUXE FABRIC MChJ, “Gazlineftgazqazibchiqarish” MChJ, “Amirtex” MCHJ, “Aksa Enerji Bukhara” MCHJ, “Artel” kompaniyasi, “Uzbekistan GTL” MCHJ majmualari bilan hamkorlik qiladi.
![]() |
![]() |
Respublikamiz viloyatlaridan va uzoq tumanlardan hamda xorijiy mamlakatlardan kelgan talabalar barcha qulayliklarga ega bo’lgan turar joylarda istiqomat qiladilar. Talabalar turar joyida o’quv mashg`ulotlariga tayyorlanish bilan birga maroqli hordiq chiqarishga sharoitlar yaratilgan. Talabalar turar joyida zamonaviy kompyuterlar, har bir qavat texnik jihozlar bilan ta’minlangan.
Talabalar ma’naviy va ma’rifiy hordiq chiqarish uchun o’quv xonasi, maxsus tibbiyot xonasi, poyabzal ta’mirlash ustaxonasi, bufet hamda ovqat tayyorlash uchun mo’ljallangan oshxona mavjud. Shu bilan birga talabalar vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun "Pazandalik va ovqat tayyorlashni o’rganish", "Mohir qo’llar", texnolog-dasturchi, dizayner to’garaklari faoliyat ko’rsatmoqda.
Institut manzili:
Buxoro shahar Q.Murtazoyev ko’chasi, 15 Institut sayti: www.bmti.uz
Tel: (+99865) 223-78-84
(+99865) 223-74-52