«Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi 2019 yil 10 iyul kuni “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi negizida yangidan tashkil etildi. Kafedraga mudirlik vazifasini bajarish t.f.n., dotsent A.A.Haydarovga yuklatilgan.
Kafedrada 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi: 60710100 -Kimyoviy texnologiya (Organik moddalar); 60710100 -Kimyoviy texnologiya (Yuqori molekuli birikmalar) va 70710103 – “Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi)” hamda 70710101 - Kimyoviy texnologiya (organik birikmalar ishlab chiqarish) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Bu yo‘nalishlarda kafedrada 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda, shulardan 5 nafari fan nomzodi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsentlar, ilmiy salohiyat 45,5 %ni tashkil etadi.
Kafedrada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallari keng joriy qilinmoqda. Barcha jarayonlar zamonaviy jihozlardan va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda olib boriladi. Kafedrada o‘quv jarayonlari Respublikadagi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va yuqori zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ishlab-chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda olib boriladi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kafedrada xorijiy hamda Respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi huzuridagi ilmiy-tadqiqod institutlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan va ular bilan hamkorlikda tajriba almashinuv ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.