O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.2013 yildagi PQ 1954-sonli qaroriga va OvaO‘MTVning 16.04.2013 yildagi №124 sonli “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan “Muhandislik-texnika” fakulteti tarkibida yangi “Texnologiyalar va jihozlar” kafedra tashkil etildi va kafedra mudiri etib t.f.n., dotsent S.S.Musayev tayinlandi. U “Texnologiyalar va jihozlar” kafedrasini 2013 yildan 2018 yilgacha boshqarib keldi. 2018-2019 o‘quv yil davomida kafedraga katta o‘qituvchi D.X.Bafoev raxbarlik qildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yildagi buyrug‘i asosida Buxoro muhandislik-texnologiya institutining yangi tizimi ishlab chiqildi, unga asosan 2019 yil 26 avgustdan “Charm buyumlari texnologiyasi va dizayni” kafedrasi tashkil etilib, kafedra raxbari sifatida t.f.n., dotsent I.M.Raxmonov va 2022 yil 08 sentabrdan kafedraga texnika fanlari nomzodi (PhD), professor Musayev Sayfullo Safoyevich raxbarlik qilmoqda. Kafedra 2021 yil 15 sentabrdan institut rektorining № 449-U sonli buyrug`iga ko`ra “Charm buyumlari texnologiyasi va dizayni” nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 15 nafar pedagog-xodim faoliyat yuritib, ilmiy salohiyat 75% ni tashkil etadi. Jumladan: 1 nafar fan doktori-professor, 4 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 3 nafar PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar assistant, 3 nafar o`qituvchi-stajyor. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan so‘ngi uch yilda 3 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy ishlari himoya qilindi. 2021-2022 o`quv yilining o`zida, yakka mualliflik va hammualiflikda 20 ga yaqin elektron darslik (DGU), xalqaro (impakt faktorli) 3 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta monografiya, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 35 ta va 6 ta maqola Scopus bazasida chop etildi. Kafedrada 7 nafar doktorant va 2 nafardan mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
assistent
|
|
|
|
assistent (doktorant)
|
|
|
|
o`qituvchi stajyor
|
|
|
|
Buxoro muxandislik-texnologiya instituti “Charm buyumlari texnologiyasi va dizayni” kafedrasi Rosiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg Davlat Sanoat texnologiyasi va dizayn universiteti hamda А.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat Universitetlari bilan 2020 yilda imzolangan “Oʼzaro hamkorlik memorandumi” asosida uzviy aloqada oʼquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot yoʼnalishlarida hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
t/r |
Ilmiy tadqiqotchining F.I.Sh. |
Ilmiy ishi mavzusi |
Himoya qiladigan vaqti |
Rahbari |
1. |
Samieva Gulnoz Olimovna |
Issiq iqlim hududlari uchun maxsus maqsadli poyabzal polimer tagliklarini yaratish va biriktirish texnologiyasini ishlab chiqish |
2022 йил, декабр |
Musayev S.S. t.f.n. professor |
2. |
Normurodov Bubomurod |
Kimyoviy modifikatsiyalangan yog‘ kislotalari kompozitsiyasi bilan charmni yog‘lash texnologiyasini ishlab chiqish |
2023 йил, декабр |
Do`stov S.I. k.f.n. dotsent |
|
Rustamov Bobir | Mahalliy sanoat ikkilamchi mahsulotlarini qo‘llash orqali mo‘ynabop terilarning oshlash-yog‘lash texnologiyasini takomillashtirish |
2023 йил, декабр |
Shamsiyeva M.B. (Phd) dotsent |
|
Otamurodov Jo‘rabek | Mahalliy sanoat ikkilamchi mahsulotlarini qo‘llash orqali qorako‘l terilarni oshlash-yog‘lash texnologiyasini ishlab chiqish |
2023 йил, декабр |
Urozov M.K. (Phd) dotsent |