O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi 1954 son qaroriga asosan Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti Buxoro muhandislik texnologiya instituti deb o’zgartirildi. SHu munosabat bilan institutning strukturasi o’zgarib “Umumiy kimyo” kafedrasi tashkil etildi. 2017 yildan 1019 yilgacha kafedra fizika kafedrasi bilan birlashtirilib, “Tabiiy fanlar kafedrasi nomi bilan faoliyat olib bordi. 2019 yildagi institut yangi strukturasiga asosan “Kimyo” kafedrasi yangi tashkil etildi.
Kimyo kafedrasida 9 ta fan nomzodlari - docentlar, 2 ta katta o’qituvchi, 9 ta assitentlar talabalarga sifatli va mazmunli taьlim bermoqdalar. 2015 yildan kafedrada mustaqil tadqiqotchilar faoliyati yo’lga qo’yildi va 2019 yilda B.G’.Ramazonov, Z.I.Nurullaev, 2020 yilda N.SH.Panoev, 2021 yilda esa N.Z.Adizova va F.F.Raximovlar falsafa doktorligini himoya qilishdi. Hozirda barcha assistentlar ilmiy –tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda. Katta o’qituvchi Berdieva Z.M. “El Yurt umidi” jamg’armasi hisobidan Moskva Davlat Universitetiga 2 oylik stadirovkaga o’qishga yuborildi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy didaktik vosita va jihozlarni hamda o’qitishning ilg’or pedagogik va innovacion texnologiyalari, xorijiy taьlim tajribalaridan foydalanib dars o’tishiga erishilmoqda.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O`qituvchi stajyor
|
|
Kafedra Janubiy Qozog’iston davlat universiteti, Volgograd tibbiyot universiteti, Saratov davlat universiteti bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.
Doc. K.E.Ro’zieva Janubiy Qazog’iston davlat universiteti kutubxonasida.
2019-2021 o’quv yilida Janubiy Kogozistondagi M.Auezova nomli Universiteti bilan xamkorlikda qo’shma dastur asosida va xizmat ko’rsatish ta’lim yo’nalishlari ochildi va kafedra o’qituvchilari tomonlaridan darslar olib borilmoqda.