RASMIY MUNOSABAT

Bosh sahifa RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


31-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan “Buxoro muhandislik-texnologiya institutining vaqtinchalik rektor vazifasini bajaruvchisi oʻzini yangi yil bilan tabriklab ragʻbatlantirdi” mazmunidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz bo’lib, 2024-yil 26-dekabrdagi U-918-sonli “Moddiy rag’batlantirish va yordam to‘g‘risida”gi tegishli buyruqqa asosan rektor va prorektorlar rag’batlantirilmagan.
Izoh o'rnida, institutda jami 1119 nafar xodim bo'lib, ularning 1095 nafari rag'batlantirilgan. Mehnat qonunchiligiga asosan, intizomiy jazo chorasi qo'llanilgan xodimlar rag'batlantirilmagan.

Joriy yil 13-noyabr kuni Antikorrupsiya rasmiy kanalida chiqqan murojaatga munosabat:
2024-yil 15-maydagi Sud qaroriga muvofiq, Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 16 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40 moddasiga asosan asosan javobgar deb topilib, har biriga 170 ming so'mdan jarima jazosi tayinlangan.
Shundan so'ng talabalar tomonidan apellyatsiya shikoyati kiritilib, jinoyat ishlari bo'yicha Buxoro shahar sudining 2024-yil 15-may kunidagi chiqargan qarori, 2024-yil 28-avgust kuni Buxoro viloyat sudi sudlov hay'ati tomonidan talabalarning harakatida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40 moddasida nazarda turtilgan huquqbuzarlik alomati mavjud bo'lmaganligi sababli ularga oid ma'muriy ish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 271-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.
Yuqoridagilardan shuni anglash mumkinki, G’.Shodiyevning talabalar unga tuhmat qilganligi to'grisidagi arizasi asossiz deb topilib, talabalarga nisbatan qo'llanilgan jarima jazo chorasi bekor qilingan.

6-oktyabr kuni Telegram ijtimoiy tarmogʼining Komporuz kanaliga chiqqan murojaat bo’yicha Buxoro muhandislik-texnologiya institutida o’rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yuqoridagi vaziyatlar haqiqatda sodir bo’lganligi ma’lum bo’lsa, barchasi bo’yicha qonuniy chora ko’rilishini bildiramiz.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Telegram ijtimoiy tarmogʼida ELTUZ kanalida 2024-yil 22-sentabr kuni soat 12:01 da 3-sonli talabalar turar joyidagi holat sifatida joylashtirilgan videoyozuv va xabar yuzasidan quyidagilarni bildiradi. 
Videoyozuvdagi holat Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 3-sonli talabalara turar joyida boʼlganligi aniqlandi. 2024-yil sentabr oyida foydalanishga topshirilgan 750 oʼrinli yangi 3-sonli talabalar turar joyi 4 qavatli boʼlib, har qavatda 12 ta hojatxona, jami 4 qavatda 48 ta hojatxona soz holatda ekanligini bildiradi.
Videoyozuvdagi hojatxona berk ekanligiga sabab, hojatxona quvurida nosozlik yuzaga kelgan hamda mutaxassislar bartaraf etgunga qadar 1 soat davomida qulflab qo'yilgan.
Videomurojaatdagi issiq suv yoʼqligi toʼgʼrisidagi 2-vaj boʼyicha 3-sonli talabalar turar joyida issiq suv har kuni ertalab soat 05:00 dan 09:00 ga qadar, kechki vaqtda 17:00 dan 22:00 ga qadar toʼliq berilib kelinmoqda. 
Institut rahbariyati tomonidan koʼpchilik talabalar bilan suhbat olib borilganda talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar yaxshi, aʼlo darajada ekanligi taʼkidlandi.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tomonidan ushbu videoyozuv institut obroʼsiga putur yetkazish vositasi sifatida tarqatilgan deb hisoblanadi.

14-may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro muhandislik-texnologiya institutining Xorijiy tillar kafedrasi pedagog ayollarining (anonim tarzda) Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipovga yo‘llangan murojaatga munosabat:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti mas’ullari tomonidan Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan (anonim tarzda) chiqarilgan murojaat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining fikrlari tinglandi va ushbu murojaatda keltirilgan ma’lumotlar asossiz ekanligi aytib o‘tildi. Bundan tashqari kafedra mudiri S.Naimov institutda ancha yillarda buyon samarali faoliyat ko'rsatib kelayotganligini kafedra o‘qituvchilari ham aytib o‘tishdi.
Shu o‘rinda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati har bir xodimning murojaatini ko‘rib chiqib, qonuniy yechim topib kelayotganini ta’kidlaydi.
Yolg‘on va asossiz murojaatlar bilan tashkilotni obro‘sizlantirishga qaratilgan har qanday hatti-harakat uchun qonuniy javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz.

ANTIKORRUPSIYA/rasmiy kanalida 24-may kuni chiqqan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti xodimi G‘.Hotamov murojaatiga MUNOSABAT:
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ishchi-xodimlar, talabalar va ularning yaqinlariga qulaylik yaratish, korrupsion harakatlarni oldini olish, murojaatlarni markazlashgan holda hal etish, taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tizimda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshirish maqsadida Registrator ofisi tashkil etilib, uning binosi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi hamda to‘liq raqamlashtirildi (elektron navbat olish qurilmasi, zamonaviy kompyuterlar va ho.). Unda 40 dan ortiq xizmat turlari mavjud.
Amalga oshirilgan ishlarning barchasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartiblar asosida bajarilganligini ma’lum qilamiz.
Ma’lumot uchun, murojaatchining tashkilot obro‘siga putur yetkazish uchun yolg‘on va bo‘hton ma’lumotlarni tarqatganligi bilan bog‘liq hatti-harakatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bildirilib, tegishli tartibda chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

7-may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ishchi-xodimlari nomidan (anonim tarzda) Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipovga yo‘llangan murojaatga munosabat:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 21.02.2017 yildagi 2859-sonli qaroriga asosan institut yangi shtatlar jadvali tasdiqlangan hamda vazirlik tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shtatlar jadvaliga muvofiq ayrim lavozimlar qisqartirilgan bo‘lsa-da, ushbu lavozimlarda ishlab kelayotgan barcha xodimlar o‘z xohishiga ko‘ra boshqa lavozimga o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari postda keltirilgan oylik maoshning kechiktirib to‘lanishi bilan bog‘liq ma’lumotlar asossiz. Xodimlarga to‘lanadigan rag‘batlantirish pullari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-sonli qaroriga asosan qonuniy ravishda amalga oshirilgan.
Shu o‘rinda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati har bir xodimning murojaatini ko‘rib chiqib, qonuniy yechim topib kelayotganini ta’kidlaydi. Yolg‘on va asossiz murojaatlar bilan tashkilotni obro‘sizlantirishga qaratilgan har qanday hatti-harakat uchun qonuniy javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz.