Kafedra 1979 yil «Amaliy matematika» nomi bilan faoliyat yuritishni boshlagan va 1999 yilda «Informatika» deb nomlandi. 2001 yilda kafedra fakultetlararo «Informatika» va xalq xo’jaligi tarmoqlariga mutaxassis kadrlar etkazib beruvchi «O’qitishning zamonaviy texnologiyalari» kafedralariga ajratildi. 2005 yildan boshlab har ikkala kafedra birlashtirilib “Informatika va axborot texnologiyalari” nomi bilan qayta tashkil etildi va 2015 yil sentyabrdan “Axborot texnologiyalari” nomi bilan yuritildi. 2017 yil avgust oyidan “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” nomi bilan faoliyat yuritib kelinmoqda. O’tgan yillar davomida kafedra mudiri vazifasini prof.Sh.R.Mo’minov, dots O.O.Yodgorov, dots Sh.I.Razzakov, dots Sh.S.Yo’ldoshevlar bajarishgan. Kafedra jamoasining asosiy maqsadi zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishi bo‘yicha bakalavr va magistrlar darajasidagi yetuk kadrlarni tayyorlash. Bu ta`lim yo`nalishlarning o‘quv uslubiy ta`minotini yaratish maqsadida kafedra professor o’qituvchilari tomonidan 7 ta darslik va 30 ta o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan, 500 tadan ortiq xalqaro va respublika miqyosadagi jurnallarda ilmiy maqolalar nash etilgan, shuningdek 300 tadan ortiq elektron darslik va elektron o`quv qo`llanmalarga mualliflik guvohnomalari olingan. Bu yillar davomida kafedrada 15 ta nomzodlik va 2 ta doktorlik himoyalari bajarilgan. Kafedra professor o’qituvchilari ishtirokida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish yo’nalishida muhim ahamiyatga ega ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va 3 ta yo`nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bular: Zamonaviy multimedia majmualari asosida elektron ta`lim resurslarini ishlab chiqish texnologiyalarini yaratish va joriy etish. Axborotni o’zgartirish vositalari va usullarini ishlab chiqish va ulardan axborot massivlarini qayta ishlash texnologik jarayonlarida foydalanish. Issiqliq almashishi, fazali o’tishlar va turli muhatlarda to’lqin tarqalishini hisobga olgan holda tutash muhitlar mexanikasi masalalarini soni modellashtirish. Kafedrada 3 ta xalqaro va 2 ta davlat grantlari bajarilgan. Ular yordamida 2 ta zamonaviy o‘quv laboratoriyalari yaratildi. Bundan tashqari 2015 yildan boshlab “Comsol multiphysics” laboratoriyasi laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
assistent
|
|
|
|
|
|
|
|
|
o’qituvchi stajyor
|
|
|
|
1.Razzakov Sh.I., Yo'ldoshev Sh.S., Ibragimov U.M.«Kompyuter grafikasi» fanidan o‘quv qo‘llanma. 2017
2.Mo`minov Sh.R.«Iqtisodiy matematik modellar va usillar» fanidan darslik, 2008,
3.Razzakov Sh.I., Yunusova M.J. “Dasturlash praktikum” fanidan o‘quv qo‘llanma. 2015
4.Razakov Sh.I., Yo'ldoshev Sh.S., Narziyev U.Z. va boshqalar «Axborot texnologiyalari» o‘quv qo‘llanma.
5.Razakov Sh.I., Yo'ldoshev Sh.S. “Dasturlash” fanidan o‘quv qo‘llanma.
6.Asraev Z. R. “Texnik mexanika” fanidan o‘quv qo‘llanma. 2021
7.Gaffarov L.X. “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari” fanidan uslubiy qo‘llanma 2021
8.Murodova F.R.,Nafasov M.M., Hayitova I.I., Murodova Z.R. “Ta`limda multimedia ilovalari” fanidan o`quv qo‘llanma 2021
9.Murodova F.R.,Nafasov M.M., Hayitova I.I., Murodova Z.R. “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanidan o`quv qo‘llanma 2020
Buxoro muhandislik - texnologiya institutining “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasida taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish sohalarida joriy etish, kompyuter texnologiyasi va telekommunikatsiya vositalarini o‘quv jarayonida qo‘llashning yangi shakl hamda usullarini taʼlim samaradorligini oshirishda joriy etish masalalariga katta eʼtibor berilmoqda.
Kafedra ilmiy tadqiqot ishlarning 2017-2030 yillar uchun ishlab chiqilgan va institut rektori tomonidan tasdiqlangan istiqbolli reja asosida amalga oshirilmoqda.
Kafedrada 2 ta fan nomzodlari, 1 ta PhD, shuningdek 12 ta ilmiy tadqiqotchi ilmiy yo‘nalishlariga mos mavzular va muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Kafedraning ayrim professor o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining mavzusi va uning qisqacha tasnifi quyidagilardan iborat:
Murodova F.R.
Pedagog kadrlarning malakasini oshirishda telekommunikatsion tarmoqlar asosida masofadan turib o‘qitish tizimini joriy etish asoslari. Ushbu ilmiy mavzu O‘zbekiston Respublikasi kollej, litsey va tayanch Oliy o‘quv yurtlarida elektron kutubxona va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi dasturini taʼminotini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan va maxsus fanlardan elektron darsliklarni yaratish texnologiyasi va o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalarini ochib beradi.
Yo‘ldoshev SH.S.
Yonish jarayonida atmosferaga tarqaladigan zaharli gazlarni va olov alangasini tadqiqot qilish, energiyani tejovchi gaz qurilmalari tizimini loyihalash va tayyorlash texnologiyasi bo‘yichailmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion vazirligi tomonidan eʼlon qilingan grant loyihalar tanloviga 2 ta loyiha taqdim etildi. Xususiy tadbirkor “Kogon isitgich moslamalari” bilan zo‘aro hamkorlikda tadqoiqot ishlari olib borilmoqda.
Nurullayev M.M.
“Axborot texnologiyalar taʼlimida intellektual salohiyatini shakllantirish va aniqlash metodikasi (umumiy o‘rta taʼlim muassasalari misolida)”. Mavzuda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida o‘rta maktab tizimida matematika fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan o‘rgatuvchi dasturlarni joriy etishning amaliy ahamiyati o‘rganilmoqda.
Muxammadiyeva Z.B
«Maʼlumotlarning statistik qayta ishlashning zamonaviy usullarini hayotda tadbiq qilish”.
Ushbu ilmiy ish kafedra yunalishi buyicha olib borilayotgan mavzularning maʼlumotlari omborini yaratish va ularni dinamik qayta ishlash masalalariga bag‘ishlangan.
Q.Z.Aslonov
“Avtomatlashtirish tizimlari elementlarining ishonchliligini tadqiq qilishning modellari, algoritmlari va metodlarini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarmoqda. Tadqiqot natijasida yaratilgan immitatsion modellar va algoritmlar AO «Buxoroneftgazparmalash” korxonasining 6/0,4 kV kuchlanishli transformatorli podstansiyasida joriy qilindi. Natijada AO «Buxoroneftgazparmalash” korxonasining 6/0,4 kV kuchlanishli transfrmatorli podstansiyasi xarajatlari 2% ga kamayganligi aniqlandi. (AO «Buxoroneftgazparmalash” korxonasining 2020 yil 29 yanvardagi 02/DH-113-son maʼlumotnomasi). Hisobot davrida hamkorlik natijalariga ko‘ra, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq ilmiy maqolalar Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda chop etildi. Shu bilan birga 50 dan ortiq ilmiy maʼruzalar bilan Respublika va institut miqyosida o‘tkazilgan bir qator nufuzli Xalqaro konferensiyalarda qatnashdilar.