Aziz talabalar!
Dunyodagi murakkab vaziyatni o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Har kuni yangi xavf-xatarlar va tashvishlarga duch kelyapmiz. Bunday vaziyatlarda teran fikrlaydigan, aqlli va ziyrak yoshlarimizga tayanib, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topish uchun birgalikda intilmoqdamiz.
Oldimizga qo‘yilgan maqsadlar aniq. Ularni amalga oshirishda har bir talabaga mas’uliyat, halollik va doimiy izlanish talab etiladi. Zero, ilm-ma’rifat taraqqiyot ko‘zi bo‘lsa, tarbiya uning miyasi, ta’lim esa yuragidir. Taʼlim va tarbiya nafaqat bugungi, balki barcha davrlarda ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan masaladir. Bugungi kunda yurtimizda taʼlim va tarbiyaning uzviyligiga yuqori darajada eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlarning taʼlim-u tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosatining asosiy maqsad va yoʻnalishlaridan biridir.
Yangi O’zbekistonni sizlardek bilimli, faol va shijoatli yoshlar bilan birgalikda quramiz. Buning uchun eskicha yondashuv va qarashlardan voz kechib, oʻquv kashfiyotlari va interaktiv g’oyalar kabi yuksak tashabbuslar bilan ildam harakat qilishimiz kerak.
S.G'.Siddiqova