Talabalar turar joyi

Bosh sahifa Talabalar turar joyi

Talabalar turar joyi


   Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 3 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, 1-son TTJda 330 nafar, 2-son TTJda 260 nafar, 3-son TTJda 750 nafar talabani o‘z ichiga oladi. TTJda – 1340 nafar talabaga joylar ajratilgan. 
   Talabalarda kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish orqali ularning ma’naviy dunyosini yuksaltirish maqsadida institutning hamma o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida zamonaviy axborot-resurs markazlari faoliyati yo’lga qo‘yilgan.
   Institutda yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish, jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish hamda ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida sport inshootlari, kompyuter sinflari, IT texnologiyalari bazasi va axborot-kutubxona markazlari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, madaniyat, san’at, sport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha to‘garaklar faoliyati tashkil etilgan.

  Talabalarning bo‘sh vaqtini maqsadli va mazmunli tashkil etish, uni oqilona rejalashtirish va amalga oshirish borasidagi qarashlarining shakllanishi va rivoji uchun ko‘maklashish maqsadida “Ovoz yozish studiyasi”, “Yosh ijodkorlar”, “Karaoke zali” va “Dance club” to‘garaklari faoliyati yoʻlga qo’yilgan.
Bundan tashqari institut “Jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennis, shaxmat-shashka to’garaklari tashkil qilingan.

Talabalar turar joyi uchun ariza berish 

https://siars.unila.ac.id/doc/https://siars.unila.ac.id/user/https://siars.unila.ac.id/file/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/ https://kkib.undip.ac.id/wp-content/themes/vici/ https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/