Neft-gaz texnologiyasi fakulteti

Neft-gaz texnologiyasi fakulteti


Neft-gaz texnologiyasi fakulteti 2013 yil 15 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining № PQ-1954 “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Neft va gaz sanoati” fakulteti negizida tashkil topgan. Xozirgi kunda fakultetda 80 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.  

Fakultetda 60720900 – Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi va 60721800 – Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushurish va ulardan foydalanish) yunalishlari bo‘yicha bakalavr talabalari hamda 70720901 – Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar, 70721103 – Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari, 70721102 – Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi va 70721802 – Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan faydalanish mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

Neft-gaz texnologiyasi fakulteti dekani

HAYITOV RUSLAN RUSTAMJONOVICH

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
  • Telefon: +998 91 776-75-00
  • Email: -

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Panoev Nodir Shavkatovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 17:00 gacha
  • Telefon: -
  • Email: panoyev89@mail.ru

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Kalandarova Farida Аzamatovna

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 17:00 gacha
  • Telefon: +998 91 442 44 52
  • Email: kalandarovafarida848@gmail.com

FAKULTET KAFEDRALARI

Neftni qayta ishlash texnologiyasi
Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi
Neft va gaz ishi
Kimyo
Xorijiy tillar


FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO‘NALISHLARI

60720900 – Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
60721800 – Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushurish va ulardan foydalanish)


FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

70720901 – Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar
70721103 – Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari
70721102 – Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi
70721802 – Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan faydalanish

“Neft-gaz texnologiyasi” fakulteti kafedralarida 6 ta fan doktori-professorlar, 15 ta fan nomzodi, dotsentlar faoliyat ko‘rsatadi. Fakultetda 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 2 ta magistratura mutaxassisligi va 2019 yildan tayanch doktarantura ixtisosligi (PhD) bo‘yicha yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda 800 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Amaliy va laboratoriya dars mashg‘ulotlari uchun xonalar sohaga oid jihozlar bilan ta’minlangan.

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti “Neftni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri t.f.d., prof. V.M.Kapustin va kafedra professori O.F.Glagolevalar 5321400 – Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3- va 4-kurs talabalariga “Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi” fanidan master klasslar o‘tkazishdi. 

Fakultetda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gazkimyo majmuasi MChJ, “Uzbekistan GTL” MChJ, Neftgaztadqiqot AJ, Gazli neftgazqazibchiqarish MChJ, Gazli magistral gazquvurlari boshqarmasi, Buxoro neftbazasi MChJ, Buxoro viloyati hududiy gaz ta’minoti kabi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

5321400 – “Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari 29 noyabr 2019 yil “Uzbekistan GTL” Kompaniyasining stipendiya dasturi doirasida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib “Uzbekistan GTL” Kompaniyasining stipendiyasi sovrindorlari bo‘ldilar. Murodova Yulduz Malikjon qizi va Nuraddinov Nuraddin Odamboy o‘g‘li

2021 yilda 203-17 NGT guruh talabasi Radjabov Alisher Erkinovich, 216-17 NGT guruh talabalari Bahronov Javohir Shokir o‘g‘li, Allanazarov G‘anisher Ortiq o‘g‘li “Uzbekistan GTL” Kompaniyasining stipendiyasi sovrindorlari bo‘ldilar.