Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Bosh sahifaIqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Bo’limi boshlig’i:
Ruzimuratova Zarina Alimovna
Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (09:00-17:00 gacha)
Telefon: +998 91 312 44 77
Email:
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish
va rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad:
Тegishli fan sohalari bo‘yicha talabalarning bilimini oshirish;
Talabalarining ilmiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, shuningdek ularda o‘quv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish;
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z mutaxassisligiga bo‘lgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashish.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining asosiy vazifalari:
Oliy ta’lim muassasalaridagi iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash;
Iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;
Iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
Innovatsion loyihalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish;
Iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga koʻmaklashish;
Oliy ta’lim muassasalarida tegishli soha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi avlod ilm-fan jamoalari va maktablarini shakllantirish;
Ilm-fan sohasida oʻz oʻrnini topib borayotgan, kelajakda mamlakat ilm-fani nufuziga oʻz hissasini qoʻsha oladigan boʻlajak akademiklar jamoalarini shakllantirib borish;
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning turli usullari, yo‘nalishlari va ko‘nikmalarining o‘zlashtirishlariga sharoit yaratish;
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi orqali o‘quv materiallarini chuqurroq o‘zlashtirishiga ko‘maklashish va ularning ushbu jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish;
Iqtidorli talabalarni Respublika va xalqaro fan olimpiadalarida, davlat stipendiyalari hamda davlat mukofotlari tanlovlarida faol ishtirokini ta’minlash;
Talabalarning ilmiy muammolarni mustaqil hal qilish usullarini o‘rganishi va ularning ilmiy jamoalarda ishlash qobiliyatini shakllantirish;
Talabalarni oliy ta’lim muassasasida bajariladigan ilmiy tadqiqot loyihalariga keng jalb qilish;
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni tanlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda sifat va samaraga erishishga ko‘maklashish.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy to‘garaklarini tashkil etish va ilmiy-ijodiy izlanishlarga tegishli shart-sharoit yaratib berish;
Yoshlar akademiyasi liderlari saylovini Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etish va ular faoliyat olib borishiga ko‘mak berish;
Talabalarni ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilishga keng jalb qilish;
Iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyati natijalari, erishgan yutuqlari va amalga oshirgan ishlari yuzasidan OAV vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish;
Yuqorida keltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga oliy o‘quv yurtida faoliyat yuritayotgan barcha prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari mas’ul hisoblanadi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish va ularni maqsadli tayyorlash yuzasidan iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot etish bo‘limida quyidagi ish yuritish hujjatlarini olib borish tavsiya etiladi:
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash Nizomi;
- Iqtidorli talabalar bilan ishlash ish rejasi (dasturi);
- Ish rejasi (dastur)ning bajarilishi to‘g‘risida hisobotlar;
- Yoshlar akademiyasi tomonidan belgilab berilgan chora-tadbirlar hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha dasturlar;
- Iqtidorli talabalarga oid oliy o‘quv yurti rahbarlarining buyruqlari;
- Konferensiya, olimpiada, tanlovlar o‘tkazilishiga oid hujjatlar;
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti nomidagi Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga oid hujjatlar;
- Iqtidorli talabalarni izlash va ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risidagi yuqori boshqaruv organlarining qarorlari va buyruqlari;
- Iqtidorli talabalar qatnashadigan to‘garaklarning dasturlari, ish rejalari;
- Iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlari haqida ma’lumotlar;
- Yoshlar akademiyasi liderlarining faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar.
Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i va xodimlarining quyidagi huquq va majburiyatga ega:
Tasdiqlangan reja asosida iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.
Iqtidorli talabalarni aniqlash ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli stipendiyalar va turli xil tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan
tadbirlarni tashkil etish.
Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini muvofiqlashtirish.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish masalalari yuzasidan fakultet dekanlari va kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va
tavsiyalar berish;
Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “ilmiy-tadqiqot ishlari” sohasiga tegishli bandda iqtidorli talabalar bilan ishlashga tavsiyalar berish.
Har semestr yakunida fakultetlar va kafedralarning iqtidorli talabalar bilan mas’ul shaxslarning olib borgan ishlari yuzasidan bo‘limga hisobot berishlarni ta’minlash.
Iqtidorli talabalarning respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan seminar, ko‘rgazma va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishlariga tayyorlash.
Iqtidorli talabalar bo‘limining o‘quv yili ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish.
Iqtidorli talabalar bo‘limiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan
faoliyatni amalga oshirish;
O‘z vakolati doirasida, bo‘limning barcha xodimlari, talabalalari uchun majburiy bo‘lgan farmoyish, yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarni ishlab chiqarish.
OTM rahbariyatiga va kengashiga Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Bo‘lim boshlig‘i Iqtidorli talabalarda ijodiy va ilmiy muhitni yaratish uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
OTM kengashi majlislarida, fakultet va kafedralarda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi manfaatlarini o‘z vakolati doirasida himoya qilish va
amalga oshirish.