Fakultet manzili Vobkent tumani , Vobkent sanoat va transport texnikumi huzurida joylashgan.
Yer usti transport tizimlari fakultet 2021 yilning 20 oktyabrida 508-U raqamli institut rektorining buyrug’i asosida Vobkent sanoat va transport texnikumi huzurida tashkil etilgan . Fakultetga Transport vositalari muhandisligi kafedrasi briktirilgan . Kafedraga 12 ta frofessor –o’qituvchilar faoliyat olib boradi va xizmat ko’rsatadi.
Yer usti transporti tizimlari fakulteti dekani
Jumayev Zokir Fatulloevich
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: + 99890 513 73 74
Email: jumayev_63@mail.ru
Yoshlar bilan ishlash bo’yich dekan o’rinbosari
Norov Sobir Negmurodovich
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: +998902983378
Email: email@mail.ru
-
-
Qabul vaqti: -
Telefon: -
Email: -
“Yer usti transporti tizimlari fakulteti” Buxoro muxandislik-texnologiya instituti tarkibida tashkil topgan bo‘lib fakultet tarkibida 1 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda
1. Transport vositalari muhandisligi kafedrasi
Fakultetda bakalavriat taʼlim yo‘nalishining quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi
5310600 –Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ;
5310600 –Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)
5430100 – Qishloq xo`jaligini mexanizasiyalashtirish
60712500 Transport vositalari muxandisligi (turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi fan va texnika jabhasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, avtomobil transporti
vositalarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning samarali jarayonlarini hamda ularga innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuasini qamrab oladi.
60712500 Transport vositalari muxandisligi (turlari bo‘yicha) bakalavriat
ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyatining ob’ektlari:
- Avtomobil transporti, ularni ishlab chiqarish, foydalanish, texnik servis
ko‘rsatish, ta’mirlash sohasida muhandislik hisoblar, modellashtirish, algoritmlar
va matematik ta’minotni ishlab chiqish;
-Ilmiy-tadqiqot jarayonlari;
-Avtomobil transporti sohasida ishlovchi xodimlarni boshqarish, texnologik
jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi, axborot ta’minot tizimlari va vositalari,
avtotransport vositasining ish qobiliyatini tiklash hamda ularni ishlatishning
samarali jarayonlari;
-Avtomobil transporti tarmoq korxonalarining texnologik jarayonlari.
Kirish imtihonlari:
-matematika;
-fizika;
-ona tili va adabiyoti.
60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiya sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u yer, suv, yonilg‘i energetika va moddiy-texnika resurslaridan
samarali foydalangan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va ishlab
chiqarishda zamonaviy resurs tejamkor mexanizatsiyalashgan texnologiyalar
va texnika vositalarini ishlab chiqish, mahalliy ish sharoitidan kelib chiqib qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish jarayonlari, qishloq xo‘jaligi
mashinalari texnologik jarayonlari, agrotexnik tadbirlarning maqbul turini qo‘llash
hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish bilan bog‘liq kasbiy sohalar
majmuasini qamrab oladi.
60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
kasbiy faoliyatining ob’ektlari:
- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasidagi davlat va xususiy tashkilot,
korxona va muassasalar hamda mashinasozlik zavodlari;
-Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mexanizatsiyalashgan jarayonlar;
-Qishloq xo‘ligi mashinalari, texnikalari, vositalari va asbob- uskunalar;
-Agrosanoat majmui korxonalari va tashkilotlarining boshqaruv tizimlari.
Kirish imtihonlari:
-matematika;
-fizika;
-ona tili va adabiyoti.
70810101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish magistratura mutaxassisligi
kasbiy faoliyatining sohalari:
“Qishloq xo‘jaligi texnikasi” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarda ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuqori darajada mexanizatsiyalashgan texnologiyalar asosida tashkil etish va uni mexanizatsiyalash darajasini oshirish, agrar sohada mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va boshqa infrastrukturasi sub’ektlarida qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq kompleks masalala qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy faoliyatining turlari:
- Ilmiy tadqiqot faoliyati;
- Pedagogik faoliyat;
- Loyiha-konstruktorlik faoliyati;
- Ishlab chiqarish-texnologik faoliyat;
- Tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
- Servis xizmatini ko‘rsatish faoliyati;
- Konsalting xizmati faoliyati.