Xodimlar bo’limi

Xodimlar bo’limi


Buxoro muhandislik-texnologiya instituti xodimlar bo’limi boshlig’i:

Jumayeva Gulnoz To‘rayevna

e-mail: 

Telefon raqam: (90) 7183563, (365)-223-79-83

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

хodimlar bo‘limi boshlig‘i faoliyati

 

  • Institut bo‘linmalarini bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda malakali yetuk kadrlar bilan ta’minlash;
  • Institutda faoliyat olib borayotgan professor o‘qituvchi va xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlarni elektron bazada muntazam ravishda yangilab borish;
  • Kadrlarga oid barcha tizimlarda ma’lumotlarni kiritib borish;
  • Institut bo‘linmalarini bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda malakali yetuk kadrlar bilan ta’minlash;
  • Kadrlardan joylarda unumli foydalanishlarini ta’minlash va ularning hisobini yuritish;
  • Instutda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarning ishga kelib-ketish vaqtini nazorat qilish;
  • Kadrlar qo‘nimsizligi masalalarini tahlil qilish va masalalar yuzasidan o‘z takliflarini berish;
  • Yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida bajarish;
  • Boshqa bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda kadrlar masalasiga oid hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • Institutda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va o‘qiyotgan magistrlar va bakalavriat bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning shaxsiy yig‘ma hujjatlarini saqlanishini ta’minlash;
  • Professor-o‘qituvchilarning tanlovdan o‘tish vaqtini aniqlash va ular axborot tayyorlashni nazoratga olish;
  • Xodimlarga guvohnomalar va ma’lumotlar tayyorlashni tashkil etish;
  • Oliy ta’lim vazirligi va boshqa hisobot talab qiluvchi tashkilotlarga kadrlar masalasida hisobotlar tayyorlash;
  • Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozim o‘zgarishlari bo‘yicha buyruqlarning loyihasini tayyorlash va rahbariyatga kiritilishini nazoratga olish;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan olinadigan diplom blankalar saqlanishi va yuritilishini nazoratga olish;
  • Fakultet dekanlari tomonidan tayyorlanadigan buyruqlarni ro‘yxatga olinish nazoratini yuritish;
  • Kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimlarning mehnat intizomini buzganligi tufayli ishdan bo‘shatish nazoratini yuritish;
  • Talabalar bilan ishlash bo‘limida mavjud bo‘lgan shaxsiy yig‘ma jildlar va har bir talabaga ochilgan talabalik kartochkalari harakatini nazoratga olish;
  • Fakultet dekanlari tomonidan talabalar masalasiga oid tayyorlangan buyruqlarni kelishilgan holda imzolash; 
  • Xodimlar bo‘limi tomonidan tayyorlanadigan barcha hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazoratga olish;
  • Ishdan bo‘shatilgan xodimlarning va o‘qishni tugatgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivga topshirilishini nazoratga olish;
  • Har yili qabul komissiyasidan o‘qishga qabul qilingan 1 kurs (bakalavr) talabalari va magistratura tinglovchilari va ikkinchi oliy ta’limga qabul qilinganlarning shaxsiy hujjatlarini qabul qilinishini nazorat qilish.