O’quv-uslubiy boshqarma

Bosh sahifa O’quv-uslubiy boshqarma

O’quv-uslubiy boshqarma



Buxoro muhandislik-texnologiya instituti O’quv-uslubiy boshqarma bo’limi boshlig’i: Jo'rabek Bozorov To'ronovich

  • Qabul vaqti: Payshanba - Shanba (09:00 dan 13:00 gacha)
  • Telefon: +998909631123
  • Email: info@bmti.uz
• Boʼlimning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
• Institutning oʼquv ishlarini boshqarish, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi oʼrnatgan tartibda oʼquv rejalari va dasturlarga muvofiq oʼquv jarayonini tashkil qilish;
• Oʼquv rejalari va dasturlarini takomillashtirish borasida ishlarni tashkil etish;
• Zamonaviy baholash usullari orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qilishni tashkil etish. Mazkur nazorat natijalari asosida oʼquv tematik rejalarga aniqlik kiritish, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlash;
• Institut professor-oʼqituvchilar tarkibi tomonidan oʼquv rejalari va yuklamalarning bajarilishini nazorat qilish;
• Zamonaviy va ilgʼor tajribalarni oʼrganish va umumlashtirish;
• Fakulьtetlarda oʼquv jarayonining tashkil qilinishini oʼrganish, nazorat natijalari boʼyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fakulьtet rahbariyatiga tegishli koʼrsatmalar berish;
• Yosh oʼqituvchilarning malaka va tajriba orttirishni tashkil qilish;
• Professor-oʼqituvchilar tarkibi haqidagi maʼlumotlar bankini tashkil qilish;
• Institut professor-oʼqituvchilarining malaka oshirishini tashkil qilish borasidagi rejalarning bajarilishini nazorat qilish;
• Mutaxassislar tayyorlash boʼlimi bilan birgalikda institut bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash taqsimotida qatnashish;
• Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tasdiqlagan qoida asosida talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiy tarzda boshqarish va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
• Institut qabul hayʼati ishida ishtirok etadi, institutga qabul haqidagi axborotni shakllantirish va qabul natijalarini umumlashtirish;
• Fakulьtetlar va kafedralar ish faoliyatini oʼrganish, natijalarini umumlashtirish, kafedralar faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritish;
• Fakulьtetlar, kafedralarning yillik hisobotlarini qabul qilib olish.