Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
Bosh sahifaYoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
G’afurov Doniyor Orifovich
Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma 15:00-17:00
Telefon: +99899 709 81 82
Email: dilror_2014@mail.ru
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Talaba-yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish;
Ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarishni takomillashtirib borish;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish mexanizmini vujudga keltirish;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil qilish;
Vakolatli davlat organlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini institut jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
Ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni ta’minlash;
Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda talabalardagi ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish va ularda o‘z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;
Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq- tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;
Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;
Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
Ijtimoiy-gumanitar kafedralarda o‘qitiladigan fanlarni uslubiy va informatsion adabiyot va qo‘llanmalar bilan ta’minlash, professor-o‘qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o‘rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;
Ijtimoiy-gumanitar fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash;
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish. talaba-o‘quvchilarning qiziqishlariga muvofiq yo‘nalish va ixtisoslik, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish;
Talabalar turar joylari sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;
Talaba-o‘quvchilar orasida badiiy adabiyotni, xususan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor qaratish, bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish, axborot resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;
Sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;
Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;
Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyat, mahallalar, xayriya jamg‘armalari va boshqa tegishli nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradigan ishlarni tashkil etish hamda bu boradagi faoliyatni nazorat qilish;
Ko‘p nusxali devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;
Konkurs, festival, badiiy havaskorlik to‘garaklari ko‘riklarini va olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;
Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlari, tadbirlarida professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Professor-o‘qituvchilar va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va yuqori muomala madaniyatini tarkib toptirish.
№
Mavzu
Ishtirokchilar
Vaqti
Xona
1.
Talaba yoshlarda islohotlarga daxldorlik ruhiyatini yanada yuksaltirish
Tyutorlar, yoshlar ittifoqi yetakchilari
Dushanba
(1-hafta)
soat 14:00
K2 202 xona
2.
Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish usullari
Dekan o‘rinbosarlari,
tyutorlar
Shanba
(1-hafta)
soat 13:00
K2 202 xona
3.
Tarixiy obidalarga ichki turizmni rivojlantirish
Dekan o‘rinbosarlari,
tyutorlar
Dushanba
(2-hafta)
soat 14:00
K2 202 xona
4.
Zamonaviy pedagogning ma’naviy qiyofasini takomillashtirish yo‘llari
Professor- o‘qituvchilar
Shanba
(2-hafta)
soat 13:00
K2 202 xona
5.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyati
Professor- o‘qituvchilar, talabalar
Dushanba
(3-hafta)
soat 14:00
Faollar zali
6.
Talabalarda mutaxassislik madaniyati, kasb odobi va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha malaka-ko‘nikmalarni rivojlantirish
Tyutorlar, talabalar
Shanba
(3-hafta)
soat 13:00
Faollar zali
7.
Talabalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish yo‘nalishida
Tyutorlar, talabalar
Dushanba
(4-hafta)
soat 14:00
Faollar zali
8.
Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yoritish, turli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash usullari