Bino va inshootlar qurilishi

Bosh sahifa Bino va inshootlar qurilishi

Bino va inshootlar qurilishi


Bino va inshootlar qurilishi kafedra mudiri

Tojiyev In’omjon Ilhomovich

  • Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
  • Telefon: +998914448703
  • Email: arminom@mail.ru


Bino va inshootlar qurilishi

    ““Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi eng birinchilar qatorida, Toshkent Politexnika institutining Buxoro umumtexnika fakul’tetida tayanch kafedra sifatida 1962 yildan faoliyat ko’rsatgan, 1972 yilning oktyabridan “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” kafedrasi deb nomlangan. Kafedraning ko’p yillik faoliyatida 40 dan ortiq ilmiy saloxiyatli professor va dosentlar etishib chiqgan va kadrlar tayyorlashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Кafedrada bugungi kunga qadar 4500 dan ortiq malakali kadrlar tayyorlanib xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. 2019 yildan “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi ba’zasida 2 ta “Arxitektura” va “Qurilish materiallari, buyumlari va konstrukciyalarini ishlab chiqarish” nomli yangi kafedralar tashkil qilindi va kafedralar soni 3 taga etkazildi. Bugungi kunda “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasida 1500 ga yaqin talabalar bakalavriyat va magistraturada bosqichida 2ta yo’nalish bo’yicha tahsil olmoqdalar.



Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent
.Tojiyev In’omjon Ilhomovich. Kafedra mudiri


Texnika fanlari doktori, professor
Voxitov Mubin Mo’minovich


Texnika fanlari nomzodi, professor.
Usmanov Farhod Bafoyevich


dotsent
Bo’ronov Raxmiddin Yozilovich


Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Po’latov Akram Panoyevich


dotsent
Aslonov Baxtiyor Boboqulovich


Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Sodiqov Qambarali Shukurovich


texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Safarov Uchqun Isroilovich


dotsent
. Qiyomov Shavkat Fazliddinovich


katta o‘qituvchi (doktorant)
Yadgarova Gulnora G’ulomovna

dotsen
Qaxxorov Hamid Ahrorovich


Katta o’qituvchi
Gadoyeva Olima Po’latovna


Katta o’qituvchi
Raxmatov Yaxshiyev Yoqub G’afforovich


Katta o’qituvchi
Ochilova Nurzoda Tursunovna

Katta o’qituvchi
Fayzullayeva Zarina Nayimovna


O’qituvchi stajyor
Imomov Suxrob Solexovich


assistant
Niyozov Kamol Ergashevich


doktorant
Tosheva Dilfuza Farxodovna

assistant
Sodiqov Mizrob Ayubovich


doktorant
Tosheva Dilbar Farxodovna


BAKALAVRIAT

5340200- Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)

5341800- Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari) va Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi ta’lim yo’nalishlarining umumiy tavsifi: Yo’nalishlar - O’zbekiston uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari, Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klasifikatoriga kiritilgan. Ta’limning kunduzgi o’qish shaklida muddati - 4 yil. Ta’limning sirtqi o’qish shaklida muddati - 5 yil. Akademik daraja “Bakalavr” Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar kabiy faolyatlarining turlari:  ilmiy-tadqiqot  loyiha – konstruktorlik  ishlab chiqarish  tashkiliy boshqaruv  foydalanish va servis xizmatini ko’rsatish  pedagogik (umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida


Bakalavriat:

  1. 1. Bino va inshootlarni texnik holatini baholash
  2. 2. Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar
  3. 3. Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish
  4. 4. Temirbeton va tosh konstrukciyalari
  5. 5. Qurilish industriyasida innovacion texnologiyalar
  6. 6.Devorbop qurilish materiallar texnologiyasi
  7. 7. Pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
  8. 8. Gazbeton va ko’pikbeton buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
  9. 9.Polimer qurilish materiallari
  10. 10. Injenerlik geodeziyasi
  11. 11. Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi (sanoat binolari)
  12. 12. Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar
  13. 13. Qurilish jarayonlari texnologiyasi
  14. 14. Yog’och konstrukciyalariYog’och konstrukciyalari
  15. 15. Metall konstrukciyalari
  16. 16. Devorbop qurilish materiallar texnologiyasi
  17. 17. Pardozbop qurilish materiallar texnologiyasi
  18. 18. Qurilish industuryasining texnologik uskunalari
  19. 19. Lok - bo’yoq materiallari texnologiyasi
  20. 20. Polimer qurilish materiallari texnologiyasi
  21. 21. Injenerlik geodeziyasi
  22. 22. Qurilish materiallari va buyumlari (BIQ)
  23. 23. Qurilish materiallari va buyumlari (DPM)
  24. 24. Arxitektura ashyoshunosligi (ARX)
  25. 25. Qurilishda smeta ishlari
  26. 26. Arxitektura ashyoshunosligi (ARX kechki)
  27. 27. Qurilish materiallari va buyumlari (SKT)
  28. 28. Muxandislik geologiyasi va gidrogeologiya
  29. 29. Injenerlik geologiyasi
  30. 30. Arxitektura ashyoshunosligi (kechki 2-mutaxasislik)
  31. 31. Qurilish mashinalari



KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR

* Bugungi kunda kafedrada 15 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda, shundan 1 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi, docentlar va 6 nafar katta o’qituvchilar va 3 nafarini assistentlar tashkil qiladi. Kafedraga 2 ta ta’lim yo’nalishi va 30 ta fan biriktirilgan. (Kafedraning ilmiy salohiyati 40%ni tashkil etadi). * Kafedrada quyidagi mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda: * 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari) * 5341800 - Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi * Bugungi kunda ushbu mutaxassisliklar bo’yicha 375 nafar kunduzgi va 276 nafar sirtqi talabalar tahsil olmoqda. KAFEDRADA OLIB BORILAYoTGAN ILMIY IZLANISHLAR * 2021-2022 yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 7 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma, 4 ta monografiya, 2 ta ixtiro uchun patent va 14 ta elektron darslik yaratildi. * Kafedra o’qituvchilari tomonidan Web of science, “Scopus” ba’zasida 9 ta, 13 ta Xalqaro ilmiy jurnallarda, 6 ta OAK e’tirof etgan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda 8 ta Xalqaro konferenciyalarda, 24 ta Respublika va OTM konferenciyalarda ilmiy maqola va tezislar chop ettirilgan. * Bugungi kunda kafedra professor-o’qituvchilari va talabalari quyidagi mavzular bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar: * Arxitektura yodgorliklar restavraciyasi uchun mahalliy materiallar asosida quruq qorishmalar ishlab chiqish; * Bo’sh gruntlar sharoitida zaminni cementlash usulida hajmiy kuchaytirish ko’rsatkichlarini ishlab chiqish; * O’zbekiston Respublikasi sharoitida yashil tomlarni qurish imkoniyatlarini o’rganish va uning kompleks ko’rsatkichlarini ishlab chiqish; * Tashqi devor panellarining issiqlik o’tkazuvchanlik xossalarini takomillashtirish; * Issiq – iqlim sharoitida betonlash texnologiyasini takomillashtirish; * Beton xossalarini yaxshilash uchun plastifikatorlardan foydalanib, samarali echimlarni ishlab chiqish. Kafedra mudiri I.I.Tojiev tomonidan "Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlashda modifikaciyalangan gipsli qorishmalar (Buxoro misolida)" mavzusida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda arxitekturaviy yodgorliklar ro’yxatiga kiritilgan, Buxoroda barpo etilgan takrorlanmas binolarni qurishda foydalanilgan konstrukciyalar va ularni tiklashda g’ishtli terimlarda ishlatilgan qurilish materiallar o’rganildi. Izlanishlar davomida tarixiy obidalardan olingan namunalar asosida qorishmalarning kimyoviy tuzilishi, mexanikaviy xususyatlari to’la o’rganilib, shularga asoslangan holda yangi modifikaciyalangan gipsli qurilish qorishmalari yaratildi va sinovdan o’tkazilib, PhD dissertaciyasi muvafaqiyatli himoya qilindi. Bugungi kunda ishning natijalaridan yodgorliklarni ta’mirlash jarayonida foydalanilmoqda. Bugungi kunda kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy darajaga ega bo’lmagan 5 nafar o’qituvchilar mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib borishmoqda. Rahbarlari aniqlanib, Ilmiy ish mavzulari tasdiqlangan va OAK e’loniga chiqarilgan. SHulardan 2 nafarining himoyasi 2022 yil oxiriga qadar qilinishi rejalashtirilgan. Kafedra assistenti Safarov Uchqun Isroilovich “Muhit bilan aloqada bo’lgan cilindrik qobiqdagi dinamik jarayonlar” mavzusida dissertaciya ishini himoyaga tayyorlagan. Himoya 2022 yilning oxiriga rejalashtirilgan.

ILMIY IZLANISHLAR OLIB BORILADIGAN ISHLANMALAR


   Bugungi kunda "Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi Respublikamiz va xorijdagi 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va etakchi korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan kafedra va Moskva davlat qurilish muhandislik universiteti (NIU MGSU) o’rtasida birgalikda ishlash uchun 369-193 / 07-sonli shartnoma tuzilgan. Ushbu tuzilgan shartnomaga asosan Rossiyaning etakchi qurilish universiteti va kafedra o’rtasida professor o’qituvchilar malakasini oshirish, talabalar amaliyotni tashkillashtirish hamda talabalar almashish bo’yicha rejali ishlar olib borilmoqda.

   Zamon talablariga, yuqori texnologiyalarga ega ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qilish orqali ta’lim sifatini oshirish maqsadida IP OOO «KNAUF GIPS BUXARA» Germaniyaning ishlab chiqarish korxonasi bilan shartnoma imzolangan. Kafedramiz o’qituvchilari va talabalarimiz korxona tomonidan tashkil etiladigan anjuman va tadbirlarga faol ishtirok etib nufuzli o’rinlarga sazovor bo’lmoqdalar.

   Kafedraning bitiruvchi 4-kurs talabalarini ish bilan ta’minlash va kelajakdagi mustahkam hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida Xitoy kompaniyasining Romitan tumani “China Railway 20 Bureau Group Corporation” DM filiali bilan shartnoma imzolandi.

   Qo’shma dastur doirasida bitiruvchi talabalarni bandligini ta’minlash uchun Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Arxitektura va qurilish” fakulьtetining “Bino va inshootlar qurilishi” yo’nalishi talabalari bilan ularni sohalari bo’yicha bandligini ta’minlash maqsadida Xitoy kampaniyalarining O’zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Kelajakda ham kafedra va Xitoyning bir nechta kompaniyalari o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yishga hamda kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi. Xitoyning China Railway 20 Bureau Group Corporation kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilib, Arxitektura-qurilish fakulьteti «Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi bitiruvchi kursning 20 nafar talabalari joriy yilning 12 mart oyidan boshlab A-380 G’uzor-Buxoro-Nukus-Beynau avtomagistralьni qayta qurish loyihasiga jalb qilindi.


Jahonning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʼrnatish; ­ oʼquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va oʼquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish;

­ oʼquv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar oʼtkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor taʼlim muassasalaridan yuqori malakali oʼqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish;

­ yetakchi xorijiy OTMlar bazasida tizimli ravishda yosh oʼqituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka oʼtashlarini, professor-oʼqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishni yoʼlga qoʼyish;

­ professor-oʼqituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʼullanishga keng jalb etish;

­ yangi avlod oʼquv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayoniga keng tatbiq etish;

­ ehtiyojdan kelib chiqib, zamonaviy oʼquv, oʼquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish;

­ oʼquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʼqituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;

­ Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, olib boriladigan ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish;

­ taʼlimning maʼnaviy-ahloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik gʼoyalariga, yuksak maʼnaviyat va insoniylikning milliy anʼanalariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot gʼoya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash boʼyicha keng koʼlamli maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;

­ kafedraning moddiy-texnika bazasini, ilm-fanining ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash.


https://siars.unila.ac.id/doc/https://siars.unila.ac.id/user/https://siars.unila.ac.id/file/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/ https://kkib.undip.ac.id/wp-content/themes/vici/ https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/