Ilmiy jurnal

Bosh sahifa Ilmiy jurnal

Ilmiy jurnal


 Buxoro muhandislik-texnologiya institutida chop etilayotgan ilmiy-texnikaviy jurnal to‘g‘risida ma'lumot

1. Jurnal nomi – “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” ilmiy-texnikaviy jurnali
2. ISSN raqami – 2181-8193 ISSN
3. Muassis – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
4. Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma raqami va sanasi – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Buxoro viloyat hokimligi Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va unga 2014 yil 22 sentyabrda 05-066 - raqamli tegishli guvohnoma berilgan
5. OAK ro‘yxatiga kiritilganligi – 2017 yildan “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” ilmiy-texnik jurnali OAK Rayosatining 2017 yil 29 martdagi № 239/5-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan
6. Jurnalning ruknlari :
• Texnika, texnologiya va jihozlar
• Kimyo va kimyoviy texnologiyalar
• Mashinasozlik va energetika
• Informatika va axborot-kommunikatsion tizimlar
• Oziq-ovqat sanoati texnologiyalari
• To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
• Aniq va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
8. Jurnalda maqolalar o‘zbek, rus hamda ingliz tilida eʼlon qilinadi.
9. Tahririyat hayʼati raisi: – texnika fanlari doktori, professor Barakayev Nusratillo Rajabovich. Muovini: fizika-matematika fanlari doktori Sharipov Mirzo Zokirovich.
10. Bosh muharrir: – Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor, 02.00.08 – “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi”
11. Qaysi yildan nashr qilinadi va yilda necha marta chiqadi – Jurnal 2015 yil yanvar oyidan boshlab nashr qilinadi, davriyligi – yilida 4 marta chiqadi. 2020 yildan boshlab, yilida 6 marta chiqa boshladi.
12. Shartli bosma taboqi va adadi – Shartli bosma taboqi – 15, adadi – 10 (mualliflar uchun asosan elektron variantda).
13. Moliyalashtirish manbalari – Obuna yo‘li bilan va qisman davlat budjetidan.
14. Maqola chop etishga bo‘lgan talabar – Jurnalda maqola chop etish uchun qo‘yiladigan talabar shakllantirilgan. Ushbu talablar jurnalning yil boshida chiqadigan sonida va mualliflar tomonidan so‘ralgan paytda berib boriladi.
15. Obuna indeksi – Jurnalning obuna indeksi – 3066.
16. Jurnalning veb-sayt manzili: https://journal.bmti.uz/
17. Tahririyat manzili – 200100, Buxoro shahri, Q. Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy.
18. Tahririyat aʼzolari ro‘yxati – Muharrirlar: Ortiqova S., Barakayeva D. Musahhihlar: Boltayeva Z.Z. Sayitova K.X Hozirgi kunda “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” ilmiy-texnikaviy jurnalining nufuzini oshirish, uni Web of Science, Scopus va Science Direct kabi boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarida qayd qilingan jurnallar qatoriga olib chiqish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.

https://siars.unila.ac.id/doc/https://siars.unila.ac.id/user/https://siars.unila.ac.id/file/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/ https://kkib.undip.ac.id/wp-content/themes/vici/ https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/