O‘zbek va xorijiy tillar

Bosh sahifa O‘zbek va xorijiy tillar

O‘zbek va xorijiy tillar


O‘zbek va xorijiy tillar kafedra mudiri

Yunusova Gulandom Samiyevna

  • Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
  • Telefon: +998 90 510 40 66
  • Email: samiyevna71@mail.ru

«O‘zbek tili va adabiyoti” 

Kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori (DsC) Yunusova Gulandom Samiyevna, 1971 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali.     2020 yil 21 oktabr sanasida Respublika maʼnaviyat markazi viloyat bo‘limi tavsiyasiga binoan "Maʼnaviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni, 2021 yil 4 mart kuni Prezident Sh.Mirziyoev Farmoniga muvofiq II - darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan taqdirlangan. 2021 yil 31 avgust kuni Prezident Farmoniga ko‘ra "O‘zbekiston mustaqilligi 30 yilligi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.


Kafedra tarixi

Buxoro muhandislik texnologiya instituti tarkibida bo‘lgan “Xorijiy tillar” kafedrasi negizida 2017 yilda ikkiga bo‘linib, «Ingliz tili” va «Tillar” kafedralariga ajraldi. 2017 yildan hozirgi kungacha «O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasida falsafa fanlari doktori G.S.Yunusova rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada o‘zbek va rus  tili, Nutq va mutolaa madaniyati, Davlat tilida ish yuritish fanlari o‘qitilmoqda.

 

                      

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bakalavr bosqichi barcha taʼlim yo‘nalishlarida o‘zbek va rus tili fanlari o‘qitilib kelmoqda. Barcha fanlardan kafedrada to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, har ikki haftada bir marta mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Kafedrada xorijiy tillarni o‘rganish uchun kompyuter texnologiyalari  asosida sharoitlar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kompyuterlar tegishli dasturlar va maʼlumotlar bilan taʼminlangan.

Tillar kafedrasi Toshkentda joylashgan elchixonalar bilan aloqa o‘rnatgan.  Kafedrada axborot resurs markazi tashkil qilingan. ARM fondi 10 mln so‘mlik adabiyotlarni tashkil etadi.

Kafedrada o‘quv jarayoni uchun 10 ta kompyuter va proyektorlar mavjud bo‘lib, fanlar bo‘yicha 50 dan ortiq dasturlar o‘rnatilgan. Bu dasturlar asosan chet tillarni kompyuter yordamida o‘rganishga yo‘naltirilgan.

Kafedra jamoasi 16 kishi bo‘lib, 2 ta dotsent va 14 ta o‘zbek va rus, tili o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Hamma fanlar bo‘yicha namunaviy dasturga binoan O‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Har yili kafedra o‘qituvchilari xalqaro, respublika miqyosidagi anjumanlarda o‘z maʼruzalari  bilan qatnashib turadilar. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib kelishadi.

Har 3 yilda o‘qituvchilar malaka oshirish kurslarida o‘qib kelishadi. Kafedra Rossiya, Germaniya va Fransiya oliy taʼlim muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan. Institut tuzilmasi o‘zgarganligi sababli «Tillar” kafedrasi 2019 yil 3 yanvardan «O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi nomiga o‘zgartirildi. Davr talabiga asoslanib Rossiya davlati oliy taʼlim muassasalari bilan xamkorlik kilishga aloxida eʼtibor karatilmokda, jumladan, Moskva avtomobil-yullari instituti (MADI) bilan shartnoma tuzishga  erishildi. Shuningdek, o‘kituvchilarning ilmiy saloxiyatini oshirishga xam katta eʼtibor karatilmokda. Jumladan, f.f.d.G.Yunusova 

Qozog‘iston Respublikasi Muxtor Avezov nomidagi Chimkent davlat universitetida akademik- mobil almashinuv dasturi bo‘yicha 2021 yil dekabr oyida maʼruza o‘qib keldi. Hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda.

                           


 

   Kafedra o’qituvchilarining erishgan yutuqlari va ijod namunalari

 

 


Kafedrada  ilmiy-pedagogik jarayon Taraqqiyot Strategiyasiga mos va zamon talablariga hamqadam yo‘lga qo‘yilgan.

 

             

 

  

https://siars.unila.ac.id/doc/https://siars.unila.ac.id/user/https://siars.unila.ac.id/file/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/ https://kkib.undip.ac.id/wp-content/themes/vici/ https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/