Axborot-resurs markazi direktori: Xusenova Mavjuda Mahmudovna
Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (09:00-16:00 gacha)
Telefon: (+99891) 441-11-69
Email: Husenova1169@gmail.com
- Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
- Oliy taʼlim muassasalari, viloyat va Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda markaziy axborot-kutubxona muassasalari bilan bog‘lanib, doimiy ravishda kutubxona fondini oshirib borish;
- Barcha bibliografik ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
- АRM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etish;
- Oliy taʼlim muassasalari va boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan aloqani olib borish;
- Аxborot resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;
- Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;
- Аxborot-resurs markazi fondining shakllanishini, uning tartibiga solinishi va saqlanishini tashkil etish;
- Аxborot-resurs markazini zarur uskunalar bilan, shuningdek uni kompyuterlashtirishni taʼminlash;
- Аxborot-resurs markazini malakali xodimlar bilan taʼminlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan toʼgʼri foydalanish, topshirilgan ish uchun masʼuliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
- Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish;
- Ishlov berish va butlash bo‘limining ishiga mutasaddilik qilish: kutubxona fondlarini to‘liq butlash uchun tarmoq OTMsi va pochta orqali kitob jo‘natadigan do‘konlar bilan aloqani yo‘lga qo‘yish, kutubxonadagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yo‘qolganlari o‘rniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish;
- Markazning xizmatlar va mahsulotlar assortimentini, xizmat ko‘rsatishning yangi noanʼanaviy turlarini ishlab chiqish, markazning resurs bazasini axborot izlash, unga ishlov berish va taqdim etish hisobiga kengaytirish, axborotni hisobga olish, ishlov berish va tartibga keltirishning yangi texnik vositalarini joriy etish;
- Markazning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan boshqaruv xarakatlarini amalga oshirish, markaz faoliyatini to‘xtab qolmasligini taʼminlash, axborot kutubxonachilik, axborot-resurs markazi va boshqa tizim hamda idoralarga qarashli kutubxonalar bilan olib boriladigan ishlarni, o‘quv yurtlari o‘quvchilariga, aholiga axborot xizmati ko‘rsatishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirirish;
- Xujjatlarni elektron shaklda yetkazish va kataloglashtirish, masofadan turib xizmat ko‘rsatish hamda АRMda internet xizmatlarini rivojlantirish vazifalari yuklatiladi.
1. Talabalar, pedagog xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarni o‘quv adabiyotlardan foydalanishga bo‘lgan talablarini qondirish, ularga ma’lumot axborot xizmatini ko‘rsatish;
2. Institut ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan Axborot resurs markazi fondini doimiy boyitib borish;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ- 3271- sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosiga muvofiq institut talabalari, pedagog va ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarni respublikamiz nashriyotlarida chop etilayotgan badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda maxalliy va xorijiy davriy nashrlar bilan doimiy ravishda ta’minlash;
4. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
5. Milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan baxramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish;
6. “ZiyoNET” elektron axborot tarmog‘i hamda institut elektron kutubxonasini doimiy ravishda elektron axborot ta’lim resurslari bilan boyitib borish va h.k.
АRМ umumiy fondi: 21757 nomda 216374 nusxani tashkil etadi.
1.Darslik va o‘quv qo‘llanmalar: 9615nomda 163702 nusxada
2.Ilmiy adabiyotlar: 2649 nomda 9500 nusxada
3.Badiiy adabiyotlar: 8220 nomda 10690 nusxada
4.Xorijiy adabiyotlar: 182 nomda 3173 nusxada
5.Boshqa adabiyotlar: 1091nomda 29309 nusxada
6.Elektron kitoblar: 9943 nomda
7.Audio: 860 nomda
Bugungi kunga qadar o‘quv adabiyotlarining 9490 nomdasi elektron shaklga o‘tkazilib,foydalanish uchun “Elektron kutubxona” platformasiga joylashtirildi.
Brayl yozuvidagi adabiyotlar mavjud emas, sababi ko‘zi ojiz talaba-yoshlar ro‘yxati qayd etilmagan.
Audio shakldagi adabiyotlar 860 nomdani tashkil etadi. Audio shakldagi adabiyotlarning ro‘yxati tuzilib, o‘quv zali alohida kompyuterida joylashtirilgan.
Axborot-resurs markazidagi adabiyotlarni elektron raqamlashtirish bo‘yicha ARMAT dasturi orqali faoliyat olib borilmoqda va yangi olingan adabiyotlar ARMAT dasturiga kiritilmoqda, hamda adabiyotlarning elektron katalog kartochkalari chop etilib, kataloglarda joylashtirilib borilmoqda.
Hozirgi kunda 16215 nomdagi kitoblar ARMAT dasturiga kiritilgan.Axborot-resurs markazi va uning o‘quv zallari zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlangan, barcha kompyuterlar institut lokal hamda "Internet" (tezligi 1000 Mbit/sеk)tarmog‘iga ulangan.
Har bir o‘quv zalida Wi-Fi mavjud.
Professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlarni kundalik hayot ma‘lumotlari hamda turli savol va so‘roqlarini elektron ta‘minlash maqsadida “BuxMTI elektron kutubxonasi”(t.me/QRkodBuxMTI) rasmiy chat guruhi kanali faoliyat yuritib kelmoqda.Hozirgi kunda 429 nafar a‘zosi mavjud.
300 dan ortiq PDF hamda audio kitoblar taqdim etilgan.
BUXMTI elektron kutubxona saytida 9344 nomda darsliklar,o‘quv qo‘llanmalar, mа’ruza mаtnlari,o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, badiiy adabiyotlar joylashtirilgan.
Axborot-resurs markazining bo‘limlari:
1.Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot
2.Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirsh va tizimlashtirish
3.Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish
4.Elektron-axborot resurslari
5.Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash