Institut tarixi

Bosh sahifa Institut tarixi

Institut tarixi


 

BUXORO MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INTITUTI 44  YOSHDA

 

 


prof.M.N.Raxmatov

       Uzoq o‘tmishdayoq o‘zbek xalqining ilg‘or mutafakkirlari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi.

 Bilimlar xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoda mashhur. Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotelning fikricha, “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, - deganida ming bora haq edi... 

Sababi Aristotel necha ming yillar oldin aytib ketgan  fikrlari bugungi davr uchun juda qimmatli.

  Azal-azaldan fan va madaniyat markazi, milliy qadriyatlar va maʼnaviyat sarchashmasi, ulug‘ allomalar, olimu fozillar makoni bo‘lib kelgan Buxoroi Sharifda tashkil qilingan Buxoro muhandislik texologiya instituti uzoq tarixga ega institut hisoblanadi.            
     Dastlab institut 1959-1972 yillarda  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent  politexnika instituti Buxoro kechki umumtexnika fakulteti, fakultet 1972 yil 21 iyulda  Ittifoq oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilingan Qarorga asosan Toshkent politexnika institutining filialiga aylantirildi. Filial direktori lavozimiga Buxoroning asl farzandi, prof.M.N.Raxmatov tayinlangan. M.N.Raxmatov institutning birinchi g‘ishtini qo‘ygan, shu institutga asos solgan, umrining oxirigacha shu institut uchun  o‘z hayotini bag‘ishlagan fidoyi inson edi.      
 

O‘ngdan chapga: prof. Galanin M.D., prof. Raxmatov M.N., dots. Nizomov N.N., ilmiy izlanuvchi Ostonov S.H.

     1972 yilda Toshkent Politexnika institutining Buxoro kechki fakulteti tarkibiga qurilish va umumtexnika fakultetlari hamda sanoat va fuqaro qurilish meʼmorchiligi, qurilish konstruksiyalari, geodeziya va geologik fanlar, ijtimoiy fanlar kafedrasining bo‘linishi natijasida yangidan shakllangan tarix va siyosiy iqtisod, falsafa kafedralari, fizika-kimyo kafedrasi asosida tashkil etilgan alohida fizika va kimyo kafedralari faoliyat ko‘rsata boshlagan edi.  1971-1972 o‘quv yilini 1909 ta talaba bilan 214 tamuhandisni tayyorlab chiqargan, yana fakultetga 525 talabani qabul qilish bilan faoliyatini boshlagan.     
1977-78 o‘quv yilida Toshkent Politexnika instituti filiali va yangi     
tashkil etilgan Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti o‘z faoliyatini birga davom ettirgan bo‘lsa, 1978 yilning birinchi sentyabridan boshlab O‘rta Osiyoda yagona mustaqil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti mustaqil ish boshladi va Toshkent Politexnika instituti filiali o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

prof.N.A.Parpiyev

     Institutga rektori etib kimyo fanlari doktori, profesor (keyinchalik akademik) N.A.Parpiyev (rahmatli) tayinlandi. Uning bevosita rahbarligida o‘nlab fan  nomzodlari va doktorlari yetishib chiqdi. Buxoro oziq-ovqat yengil sanoat texnologiya institutida 1979 yildan boshlab o‘qitishning uch shakli: kunduzgi, kechki va sirtqi o‘qish talablari joriy etilib, o‘quv jarayoni tashkil etildi.     
Nusrat Aʼzamovich Parpiyevning kimyo fanini rivojlantirishdagi buyuk xizmatlari va pedogogik mahorati uchun uning nomzodini Amerika biografik instituti to‘plamiga kiritilgan, hamda oliy taʼlim xalqaro  akademiyasining haqiqiy aʼzosi.     
 

 

O‘zbekiston SSR Bosh kotibi Sh.R.Rashidov Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti rektori prof.N.A.Parpiyev, institutning bir qator professor-o‘qituvchilari suhbatlashmoqda.   
1979 y. 

      Н.А. Парпиев муаллифлигида республика ва чет эл даврий нашрларида мингдан ортиқ илмий мақолалар, 50дан зиёд монография, 10 дан зиёд дарслик, 40 дан ортиқ ўқув қўлланмалари нашр этилган, 40га яқин муаллифлик гувоҳномалари ва патенд олинган. унинг раҳбарлигида 12 нафар фан доктори ва 40 нафар фан номзодлари тайёрланган. 

     Нусрат Аъзамович Парпиев билимли, жуда маданиятли, яхши ташкилотчи, зукко олим, меҳрибон устоз ҳам ибратли оила бошлиғи бўлганлар. Профессор Н.А.Парпиев институтга1978 йилдан 1988 йилгача ректор лавозимига фаолият олиб борган.

26 июль1989 йилдаги 54-02(01)-сонли буйруққа асосан Бухоро озиқ-овқат ва нгил саноат технологияси институти тарихида биринчи марта очиқ сайлов йўли билан ректорлик лавозимига проф.М.Т.Тошев сайланди. 

 

Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining demokratik saylovlar yo‘li bilan saylangan birinchi  rektori M.Toshev.  (1989 y.)

      Professor Muhiddin Toshevning insoniy va ilmiy qadr-qimmati shunda ediki, u o‘ziga ravo ko‘rgan yaxshilikni o‘zgalar bilan baham ko‘rishdan lazzat oladigan ustoz edi.  
Minglab shogirdlari orasidan H.B.Do‘stov, A.S.Salomov, Z.R.Ashurov, S.O.Saidov, Sh.L.Rajabov singari fan doktorlari hamda fan nomzodlari yetishib chiqqanini xuddi ota bolasining  yutuqlaridan quvongani singari to‘lqinlanib gapirib yuradigan bag‘ri keng inson edi.  
Ha, inson aqlu idroki va qalb ardog‘idan yaralgan barcha narsalar aslida qachonlardir uning ko‘ngil tubiga o‘rnashib olgan orzulari va aniq maksadlari mahsulidir.  
Ustoz ilm fanga kirib kelishidanoq yangiliklar yaratib, fan texnika olamining tubsiz imkoniyatlarini jamiyatimizga tadbiq etish, mamlakatimiz ishlab chiqarish sohasidagi innovatsion loyihalarni o‘z qarashlari va aniq ilmiy mulohazalari bilan boyitish borasida yoshlarga o‘rnak bo‘lgan ilm fidoyilaridan edi.  
Shu yerda Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiyning ikki qatra sheʼrini keltirmoqni joiz deb topdik:


Ustoz – muallimsiz  qolganda  zamon,  
Nodonlikdan   qaro  bo‘lardi  zamon.


         Insonning umri uning tomonidan amalga oshirilgan ezgu ishlari, qoldirgan ilmiy merosi, tayyorlagan shogirdlari va u yashagan jamiyatning bergan bahosi bilan o‘lchanishi  shubhasiz.  
Buxoroning asl farzandi Toshev Muhiddin Toshevich o‘zining butun umrini ilm-fan, maʼrifat va yurt kelajagi hamda el ravnaqi uchun baxshida etgan haqiqiy  inson edi. uning porloq xotirasi barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.   
N.X. Avliyakulov 2001-2002 yillar Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti rektori vazifasini bajargan.   
N.X.Avliyaqulov ajoyib, olijanob, ziyoli, halol va o‘ta madaniyatli inson va juda talabchan rahbar.

 

prof.N.X.Avliyakulov Angliyadagi Prezident huzuridagi Boshqaruv Akademiyasida malaka oshirishda

prof.M.T.Xodjiyev

     Maʼsuliyatli rahbarlik lavozimlarida ishlab, u butun faoliyatini oliy taʼlim muassalarida, kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida tashkil etishning zamini xisoblanadigan pedagogik texnologiyalarning ilmiy-amaliy asoslarini yaratishga yo‘naltirdi va o‘ziga xos respublikamizda va xorijda tan olingan ilmiy maktab yaratgan.

      2002 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining rektori sifatida ish boshlagan M.T.Xodjiyev mutaxassisligi bo‘yicha – muhandis-mexanik-texnolog, texnika fanlari doktori, professor.  
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutida o‘sha yili 5 ta fakultet, 26 ta kafedra, 25 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va 19 ta magistratura mutaxassisligi mavjud edi.  
Institut talabalariga 327 nafar malakali professor-o‘qituvchilar taʼlim berar edi. Ularning asosiy shtatdagilaridan 18 nafari va o‘rindoshlik asosida shtatdan 13 nafari fan doktori, professor, 171 nafar fan nomzodi va dotsent edi. M.T.Xodjiyev oliygohda ilmiy darajali professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshini yoshartirishga, ayni chog‘da ilmiy salohiyatini muttasil oshirib borishga alohida eʼtibor qaratgan.

 

Institut rektori Muksin Tojiyevich Xodjiye yapon olimlari bilan uchrashuvda.

“2010 yil – Barkamol avlod yili”ga bag‘ishlangan Respublika anjumani. Maʼruzachi dots.L.P.Muxamedjanova.

     M.T.Xodjiyev Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti jamoasiga rahbarlik qilgan yillarida oliygohda maʼnaviy muhit yaxshilandi. Fakultetlar, kafedralar, bo‘limlar gullab-yashnadi, elga, yurtga tanilib, o‘z oydin yo‘li, qiyofasiga ega bo‘ldi.  
      M.T.Xodjiyev rahbarlik qilgan yillarda har haftaning dushanba kunlarida bo‘lib o‘tadigan rektorlik soatida, kun tartibidagi asosiy masalalar muhokama qilib bo‘lingach, Muxsin Tadjiyevich tashabbuslari bilan “Maʼnaviyat gulshani” rukni ostida barcha rahbarlar: prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari maʼnaviyat xazinalari durdonalarini bir-birlari bilan baham ko‘rishar, bu narsa anʼanaga kirib qolgan edi.  
      Xalqimizda chinor ulug‘vorligi, ezgulik, barhayotlik ramzi sifatida eʼtirof etiladi, Biz ham Muxsin Tadjiyevich Xodjiyevning rahbarlik yo‘lini bevosita chinorga, ulug‘vorlikka qiyos qildik...  
Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanida Hoji ota aytgan gaplarini keltirishni maʼqul deb topdik, “Bu xondondan hali hech kim norizo bo‘lib ketgan emas”. Muksin Tadjiyevich ham xuddi shunday. U kishi ham Buxoroliklardan, institutdan norizo bo‘lib ketgan emas, desak xato bo‘lmas...  
2009-2011 yillarda Ulug‘bek Turgudovich Muxamedxanov Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti rektori va 2013 yilgacha Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori lavozimida faoliyat olib borgan.   
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1954-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish ishlariga rahbarlik qilgan.  
 

 Ulug‘bek Turgudovich Muxamedxanov faoliyati davrida  34 nafar  professor-o‘qituvchilar  chet ellarda malakasini oshirgan, 72 nafari  O‘zbekistondagi yetakchi taʼlim muassasa-larida  yangi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini  o‘tagan.  uning rahbarligida 4 ta yangi taʼlim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat taʼlim standartlari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan.

Ulug‘bek Turgudovich Muxamedxanov faoliyati davrida  34 nafar  professor-o‘qituvchilar  chet ellarda malakasini oshirgan, 72 nafari  O‘zbekistondagi yetakchi taʼlim muassasalarida  yangi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini  o‘tagan.  uning rahbarligida 4 ta yangi taʼlim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat taʼlim standartlari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan.

prof.U.T.Muxamedxanov

      U.Muxamedxanov tashkilotchilik qobiliyati, yuqori muomala madaniyatiga  ega inson. Tabiatan  ochiq ko‘ngil bo‘lib, ishda tartib va masʼuilikni qadrlaydi. O‘z atrofiga hamfikr jamoani to‘play olishga qodir.  U o‘zining mehnatsevarligi va tashabbuskorligi bilan jamoaning haqiqiy hurmatiga sazovor bo‘lishga erishgan.  
      U.Muxamedxanov 2012 yildan 2019 yilgacha institutni rektor sifatida boshqargan.  
 

prof.N.R.Barakayev

2019 yil aprel oyidan  Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori sifatida ish boshlagan N.R.Barakayev mutaxassisligi bo‘yicha – muhandis-mexanik-texnolog, texnika fanlari doktori, professor.  
“Bugungi taraqqiyot avvalambor ilmga asoslanishi lozim” - deydi institut rektori. Haqiqatan ham Prezidentimiz iborasi bilan aytganda “Ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap”. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz, o‘qituvchilarimiz mehnati tahsinga munosib. Bu — qadr, bu - ilmga eʼtiborning yorqin namunasidir.

Haqiqat shuki, ilm qadrlanmagan zamonda taraqqiyot haqida so‘z yuritish mumkin emas. Bu, qanchalik balandparvoz so‘zlaru, jimjimador ohangda gapirmaylik, amal bo‘lmasa, hammasi befoyda deganidir.

     Agar tariximizga nazar tashlar ekanmiz, yurtimizda bo‘lgan ikki Renessans davrida ham ilm nihoyatda qadrlangan edi. IX-XII asrlarda mintaqamizda yuz bergan birinchi Sharq Uyg‘onish davrida yuzlab buyuk allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning aqlu zakosi umumbashariyat taraqqiyotiga mislsiz hissa qo‘shgan. Bu esa o‘z navbatida, ilm¬ga eʼtiborning samarasi edi. O‘sha davr hukmron hokimiyati bunga sharoit yaratib bergandi. Yoki XIV- XVI asrlardagi ikkinchi Sharq Uyg‘onishi yoxud tarixda ¬“Temuriylar Renessansi” deya nom olgan davrda ilm¬ning qanchalik qadrlanganini, birgina misolda, “Temur tuzuklari”dagi ushbu jumlalarni keltirish orqali isbotlash mumkin. Unda shunday yozilgan: “Kimning aql-shijoatini sinov tarozisida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqroqligini bilsam, uni tarbiyamga olib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim”.   
Institu rektori prof.N.R.Barakayev institutda talaba-yoshlar bilimini juda qadrlaydi. “Isteʼdodli yoshlarni izlab topish va ularni maqsadli tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish kerak. Ilmni, tarbiyani to‘g‘ri qilsak, hamma sohalarni malakali mutaxassislar o‘zlari rivojlantiradi”, degan edi yurtboshimiz.  Aslida ham bilimli inson ilm¬ning qadrini, olimning qadrini yaxshi biladi. Agar davlat rahbarining keyingi yillarda maʼrifat, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida imzolagan qonun, Farmon va qarorlari, ilgari surayotgan ezgu tashabbuslarining mag‘zini to‘la chaqib ko‘rsak, O‘zbekistonda yangi Maʼrifat Renessansiga mustahkam tamal toshi qo‘yilayotganini anglaysiz – deydi institut rektori. Ayniqsa, ilm ahliga qarati¬layotgan eʼtibor va rag‘batning bosqichma-¬bosqich oshirib borilayotgani poy¬devorning yanada pishiq bo‘lishiga ¬ishoradir. Nazarimda deydi Nusratillo Rajabovich aslida ham bilimli inson ilm¬ning qadrini, olimning qadrini yaxshi biladi. Agar yurtboshimizning keyingi yillarda maʼrifat, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida imzolagan Qonun, Farmon va Qarorlarida, ilgari surayotgan ezgu tashabbuslarining mag‘zini to‘la chaqib ko‘rsak, O‘zbekistonda yangi Maʼrifat Renessansiga mustahkam tamal toshi qo‘yilayotganini anglaysiz.   
 

    

Institut rektori Italiyalik mehmonlar bilan o‘zaro muloqotda.

      Ayniqsa, ilm ahliga qarati¬layotgan eʼtibor va rag‘batning bosqichma--bosqich oshirib borilayotgani poy¬devorning yanada pishiq bo‘lishiga -ishoradir. Zero, Avloniy bobomiz taʼkidlaganidek: “Taʼlim-tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat  masalasidir”. Bu yondashuv har qanday zamon va makonda ham tarbiya masalasiga dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralganini ko‘rsatadi.Shuni alohida taʼkidlash joizki bugunga kelib, rivojlangan va demokratik davlatlarda ham yoshlar tarbiyasi masalasi kun tartibidagi muhim vazifalardan biriga aylandi. Bu borada barcha davlat va jamiyatlar yana o‘zlarining milliy qadriyatlariga murojaat qilmoqdalar. Ana shularni eʼtiborga olgan holda Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida tarbiya va taʼlim masalasiga ustuvor masala sifatida eʼtibor qaratilgani barchamizni behad quvontiradi. 

 

Talabalarimiz Italiyalik o‘qituvchilar bilan muloqotda.

      Institut rektori Nusratillo Rajabovich ish faoliyati davomida ilmga bo‘lgan eʼtibori, yoshlar masalasida juda jiddiy va talabchan rahbar.   
Shuni inobatga olib, mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yuksak maʼnaviyatli, chuqur bilim va tafakkurga ega bo‘lgan, ertangi kunga komil ishonch bilan qaray oladigan, milliy manfaatlarimizni himoya qilishga qodir, sog‘liqni saqlash tizimida munosib o‘rniga ega bo‘lgan, raqobatbardosh, mamlakat va xalq taqdiri uchun masʼuliyatni yurakdan his etadigan, ongida vatanparvarlik tuyg‘usi rivojlangan ilmiy, ilmiy-texnik hamda ilmiypedagog kadrlarni tarbiyalab yetishtirish yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni o‘zining muqaddas burchi deb bilgan institut jamoasi tomonidan birgina 2019-2021 o‘quv yilida amalga oshirilgan o‘quv, ilmiy, tashkiliy-uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, oliygohning xalqaro sohadagi aloqalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik:  
Birinchidan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati o‘tgan 2018-2019 o‘quv yilidagi 28 foizga ko‘rsatkichidan 2020 yil iyul oyida 41,2 foizga ga, 2021 yilda taxminan 50 foizga ko‘tarildi;  
Ikkinchidan, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan institut ichki tartib qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qaʼtiy rioya qilish nazorati kuchaytirildi. Bunda prorektorlar, dekan, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlarining maʼsuliyati yanada oshirildi;    
Uchinchidan, 2019-2020 o‘quv yilida 32 ta yangi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va 15 ta yangi magistratura mutaxassisliklari ochildi;  
To‘rtinchidan, 2020-2021 o‘quv yili boshida institut elektron o‘quv platformasi yaratildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 487 ta fanlardan o‘quv-uslubiy materiallari ushbu platformaga joylashtirildi;  
       Beshinchidan, institut bilan 57 ta chet el oliy taʼlim muassasalari (Rossiya, Belarus Respublikasi, Janubiy Koreya, Angliya, Xitoy va boshqalar) bilan aloqalar o‘rnatildi;  
 

     2020 yil 4 fevralda Qozon shahrida Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan Buxoro hokimi O‘ktam Barnoyev (rahmatli) boshchiligidagi delegatsiyasi uchrashuvi. Mehmonlar orasida rektor N.R.Barakayev ham tashrif buyurganlar. (rasmda chapdan uchinchi).

Oltinchidan, institut reytingini oshirish, uni jahonga tanitilishga alohida eʼtibor qaratildi. Moskva “Stankin” davlat texnologiya universiteti va Belarus respublikasi Mogilev oziq-ovqat davlat universiteti, Kazan federal universiteti, Belgorod davlat universiteti, Belarus milliy texnika universiteti bilan tuzilgan memorandum va shartnomalarga asosan 2020-2021 o‘quv yili uchun qo‘shma taʼlim dasturiga muvofiq 12 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha 201 nafar kontrakt-to‘lov asosida, 2ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 32 nafar talabalar qabul qilindi;

  


      Institut rektori prof.N.R.Barakayev Qozon shahrida Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvda. 2020 yil.  
Yettinchidan, o‘tgan davr mobaynida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, Yangi O‘zbekiston – yoshlar qo‘lida, Uchinchi renesans bo‘yicha jami 200 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilib, ularning natijalari ommaviy axborot vositalarida chop etildi.  
         Shunday ekan, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Bugungi O‘zbekiston – kechagi  O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas”. Bugungi yoshlarimiz ham kechagi yoshlar bo‘lmasligi kerak. Masʼuliyat va ishonchni oqlashimiz lozim. Menga har doim rahmatli otam “O‘g‘lim, “Eh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi, davring keldi, o‘zingni ko‘rsat, menda shunday sharoit va imkoniyatlar bo‘lganida edi, balki bundan-da yuqori natijalarga erishgan bo‘larmidim”, deydilar.  
Bugun mamlakatimiz taʼlim tizimining dunyo miqyosida tobora nufuzi oshib, xorijiy davlatlar nigohida namuna sifatida qaralayotganligining asosiy sababi, shubhasiz, kadrlar tayyorlash tizimining o‘ziga xos mukammalligi barobarida, jahondagi eng ilg‘or tajribalarning tezkor o‘zlashtirilishi bilan chambarchas bog‘liqdir.   
       Bundan tashqari N.R.Barakayev rahbarligida institut hududini obodonlashtirish va talabalar turar joylarini taʼmirlashga alohida eʼtibor qaratildi.  
      Institut barcha o‘quv binolarining fasad, old qismi hududi va kirish yo‘laklari mukammal taʼmirlandi va obodonlashtirildi, 87 metrli favora barpo etildi.   
  Shuningdek, dastur asosida 2 120,9 mln so‘mlik 320 komplekt kompyuter qurilmalari, 40 ta proyektor, 2 ta server qurilmasi, 20 dona printer, 5 dona ko‘p funksiyali printerlar, 48 dona auditoriyalarga kirishlarni nazorat qilish tizimi (SCUT), 10 dona noutbuk, 22 dona Wi-Fi lokal tarmoq qurilmalari xarid qilindi.  
      Institutning barcha o‘quv-laboratoriya binolarida (auditoriyalarda) jami 450,4 million so‘mlik to‘liq videokuzatuv nazorati o‘rnatildi, barcha o‘quv va xizmat xonalari optik tolali internet tarmog‘iga ulandi hamda institut hududida Wi-Fi tizimi ishga tushirildi.  
 

 

  O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan institut professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvda.

 

Talabalar O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan uchrashuvda.

 

Talabalarimiz ishlab chiqarish korxonasida amaliyotda.   
Rahbar prof.Z.Sh.To‘xtayeva.


       Institutning ichki imkoniyatlari va ishlab chiqarish korxonlarining homiyligida 15 ta o‘quv laboratoriyalar tashkil qilindi. Hamkorlikda Germaniyaning GIZ texnik hamkorlik tashkiloti tomonidan Markaziy Osiyoda    “Kasbiy taʼlim” dasturi asosida 17,5 ming yevro qiymatida laboratoriya mebellari va maishiy-texnika, 37,0 ming yevro qiymatida “Oziq-ovqat mikrobiologiyasi”, “Sensor va analitik tahlil”, “Don va don mahsulotlarini  
tahlil qilish” bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriya jihozlari, shuningdek, “To‘qimachilik va trikotaj ishlab chiqarish texnologiyasi” o‘quv-laboratoriya majmuasi – 324,9 mln so‘mlik, “Elektroenergetika” o‘quv-laboratoriya  
majmuasi – 170,2 mln so‘mlik,  yegkazib berildi.Xorijiy kredit va grantlar hamda budjet mablag‘lari hisobidan 731,8 mln so‘mlik qandolat, non-bulka va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish mini sex (3 ta mini sex) majmuasi – 170,2 mln so‘mlik,  yegkazib berildi.Xorijiy kredit va grantlar hamda budjet mablag‘lari hisobidan 731,8 mln so‘mlik qandolat, non-bulka va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish mini sex (3 ta mini sex) majmuasi – 170,2 mln so‘mlik,  yegkazib berildi.Xorijiy kredit va grantlar hamda budjet mablag‘lari hisobidan 731,8 mln so‘mlik qandolat, non-bulka va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish mini sex (3 ta mini sex) (Polsha)larini institut balansiga qabul qilindi.  
 

 

Institut rektori N.R.Barakayev xorijiy mehmonlar bilan taʼlim to‘g‘risidagi shartnomani imzolash jarayonida.

 

Institut rektori prof.N.R.Barakayev Koreya Xalq Respublikasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvda.

       Akademik innovatsiyalar fondi hisobidan 2020 yilda 23 mln. So‘mga gazoanalizator, 12,5 mln so‘mga namlikni o‘lchovchi analizator, 68,8 mln so‘mga suyuqliklar sarfi va tezligini o‘lchovchi portativ pribor, 96,0 mln so‘mga 3D printer, 50,0 mln so‘mga muhandislik taʼlimi internet portali yaratish bo‘yicha harajatlar amalga oshirildi.   
Institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlar va xodimlarga gidroksixloroxin hamda mikroelementi mavjud 75,7 mln so‘mlik dori-darmon vositalari sotib olindi.   
Institut axborot-resurs markazi fondi 1420 nomda, 1914 nusxada hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan 324 ta (10 ta darslik va 22 ta utsuv qo‘llanma, 73 ta monografiya, 219 ta uslubiy qo‘llanma va kursatmalar) zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar, davriy nashrlar hamda multimediali mahsulotlar bilan boyitildi.  
2020 yil davomida ARM fondi 320 nomdagi 2975 nusxa yangi kitoblar bilan boyitildi.   
Institutning budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 1-son talabalar turar joyida 495,0 mln so‘mlik hamda 2-son talabalar turar joyida 448,0 mln so‘mlik joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.   
        N.Barakayev o‘ta maʼsuliyatli rahbar sifatida respublika va viloyat miqyosida o‘tkaziladigan ijtimoiy–siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda. Shuningdek, xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashi deputati, hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi sifatda vijdonan vatanga, xalqga sadoqat bilan mehnat qilmoqda.   
        N.R.Barakayev doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qatʼiyat bilan ishlaydi. Barkamol avlodni vatanparvarlik, yaratuvchanlik va bunyodkorlik ruhida tarbiyalashda bor kuchini ayamaydigan fidoyi ustoz inson.  
N.R.Barakayev yuqori muomala madaniyatiga ega bo‘lib, ishda o‘ta talabchan, odamlarda ishchanlik qobiliyatini qadrlaydi. Yosh o‘qituvchilar va talabalarning har qanday tashabbuslarini qo‘llab-quvatlaydi. U o‘z xizmat vazifasiga qatʼiyat bilan yondoshganligi sababli institut jamoasi o‘rtasida obro‘ eʼtiborga ega rahbar.

Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori S.G'.Siddiqovaning institutimiz yoshlariga, talabalariga  
M U R O J A A T I !!!  

 

                                                                                           Aziz farzandlarim, o‘g‘il-qizlarim!  


Siz yoshlar yurtimizning munosib vakillari, ertangi kunimiz egalarisiz. Bugun sizlarning qalbingiz, yuragingizdagi o‘y-fikrlar, maqsad-muddaolar, kerak bo‘lsa, ushalmay qolgan niyatlaringiz, shu asosda yoshlar siyosati bo‘yicha olib borayotgan o‘qish va ishlarimizni tanqidiy baholab, tegishli qarorlar qabul qilishni men o‘z faoliyatim uchun g‘oyat muhim deb hisoblayman.   Maʼlumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda.

“Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, - deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa, bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.  Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarni modernizatsiya qilish va yangilash jarayonlari yangi bosqichda jadal olib borilmoqda. Taʼlimda innovatsion texnologiyalar jarayoni tez surʼatlar bilan ilgarilab bormoqda. Men Siz talaba-yoshlarga ilmning eng yuqori cho‘qqilariga chiqishingizga ishonaman.

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” – deya o‘z farzandlariga ishongan yurtboshimiz barcha masʼuliyatni o‘z zimmasiga olgan edi.  Mazkur nuqtai-nazarga ko‘ra  ham yoshlar davlat va jamiyat tomonidan doimiy eʼtiborda. Aytingchi, qaysi yurt farzandlari shunchalik eʼzozda. Haqli ravishda ayta olamanki bu farzandlarimiz uchun qilinayotgan amaliy ishlar faqat bizning  diyorimiz O‘zbekistonda.  
      Institut rektori sifatida shuni taʼkidlamoqchimanki, men jondan aziz farzandlarimni, talaba-yoshlarimizni hech kimning qo‘liga hech qachon  berib qo‘ymayman. Chunki, yoshlarimiz  jamiyatning ertangi kelajagi, uning faol aʼzosi, taʼbir-joiz bo‘lsa jamiyat ertasining munosib vorislaridir.   
          Aziz farzandlarim, o‘g‘il-qizlarim, yoshlar!  Vatan uchun birlashaylik, ajdodlarga munosib avlod bo‘lib, jahonshumul yangiliklar, islohotlar qilishning davri keldi. Ishonamanki, biz bunga qodirmiz. Sababi, bizning qonimizda buyuklik qoni oqmoqda. Shiorimiz “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas”. Men Sizlarga ishonaman!  
Maʼlumotni L.P.Muxamedjanova va F.Turkmenov tayyorladi.