Buxoro muhandislik-texnologiya institutida taniqli olim va adiblar Olim Toshboyev, Ochil Tohirov, Shodmon Sulaymonov hamda talabalar o‘rtasida “Ma’rifat ulashib” nomli uchrashuv tashkil etildi.

  Samimiy muloqot davomida taniqli shoir Ochil Tohirov Buxoroi sharifdan butun jahon tan olgan buyuk olimlar, mutafakkir va donishmandlar yetishib chiqqani,  Imom Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Naqshbandiy, G‘ijduvoniy kabi buyuk allomalar yozgan asarlar jahon ma'naviy mulkining durdonalariga aylangani ta’kidlandi.

   Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Olim Toshboyev tomonidan bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan adabiyot ahliga keng imkoniyatlar berilayotgani, iste’dodli, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar bajarilayotgani ta’kidlandi.

  Uchrashuvda yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, buning uchun ko‘plab ko‘rik-tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilayotgani qayd etildi. 

Ijodkorlar tomonidan yangi ijod namunalari o‘qildi.