«Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi (QMvaKT)» kafedrasi o’z faoliyatini 2020 yil avgust oyidan boshlagan. Kafedra institutning «Bino va inshootlar qurilishi» hamda «Arxitektura» kafedralari negizida shakllanib ulardan alohida kafedra bo’lib ajralib chiqgan. Dastlab kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent O’rinov Jamol Rashitovich mudirlik qildi. 2021 yil 26 avgustdan 2022 yil 26 avgustgacha kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent Xaitov Bafo Usmonovich, 2022 yil 26 avgustdan hozirgi vaqtgachatexnika fanlari falsafa doktori, dotsent Raximov Firuz Fazlidinovich rahbarlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada 14 nafar professor-o’qituvchi va 1 nafar xodim faoliyat ko’rsatayapti. Kafedra yosh bo’lishiga qaramasdan o’tgan ikki o’quv yilida 10 ta elektron darslik va o’quv qo’llanmalarga mualliflik guvohnomalari olingan,34 ta ilmiy maqola, shulardan 25 tasi xorijiy jurnal va ilmiy anjumanlarda (9 tasi SCOPUS bazasida), 9 ta ОАК ro’yxatidagi ilmiy jurnallarda nashr etilgan. 2 ta o’quv qo’llanma va 1 ta darslik ОvaO’MTV qoshodagi Muvofiqlik Kengashi guvohnomasi asosida, 6 ta monografiya BuxMTI Kengashi qarori asosida nashrdan chiqarilgan, 14 ta uslubiy qo’llanma va uslubiy ko’rsatmalar BuxMTI Uslubiy kengash qarorlari asosida o’quv jarayoniga joriy etilgan, umimiy qiymati 40 mln. so’mdan ortiq xo’jalik shartnomasi bajarilgan.Kafedra jamoasi oldiga zamonaviy, innovatsion hamda mahalliy xom-ashyo bazasiga asoslangan qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyalari bo‘yicha yetuk bakalavr-mutaxassislarini tayyorlash, o‘quv uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish asosiy vazifa etib belgilangan. 2023-2024 o’quv yilidan boshlab esa ilk bor magistraturaga o’qishga qabul rejalashtirilmoqda.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
- Assistent
|
|
|
|
543922-TEMPUS-1-2013-1-SE-TEMPUS-JPCR • Kursk davlat univetsiteti (KDU) “Sanoat va fuqarolik qurilishi” kafedrasi;