Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi
Bosh sahifaBuxoro muhandislik-texnologiya institutiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi
Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi
Institut Jamoatchilik Kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida institut professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berishda:
- professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etish va fikr bildirish uchun o‘z a’zolaridan vakil tayinlaydi;
-ishga qabul qilinayotgan talabgorlarning mutaxassisligi yo‘nalish mutaxassisligiga mos kelmasa yoki vakant shtatlar bo‘lmasa ushbu talabgorlarga rad javobi beriladi;
-ta’lim sifatini oshirish maqsadida, ishga qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchilardan mutaxassislik, xorijiy til va pedagogik salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlariga belgilangan vaqtda qatnasha olmagan talabgorlarga test sinovi qayta tashkil qilinmaydi;
-o’tkaziladigan test sinovlari 100 ta savollar to’plamidan iborat bo’lib shundan: mutaxassislik fanlaridan 80 ta savol bo‘lib, har bir savolga 1 balldan beriladi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanidan 10 ta savol bo‘lib, har bir savolga 1 balldan beriladi, ingliz tili fandan 10 ta savol bo‘lib, har bir savolga 1 balldan beriladi, jami 100 ball bilan baholanadi;
-test sinovlari 100 ballik tizimda mutaxassislik, xorijiy til va axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanlaridan umumiy 61% va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarga sinov darsi o’tkazishga ruxsat beriladi.
-yangi ishga qabul qilingan fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga, ilmiy unvoniga ega bo‘lgan talabgorlar test sinovlariga jalb etilmaydi, mahalliy hamda xorijiy tillardan B2 va xorijiy til o’qituvchilari uchun C1 va boshqa tan olinadigan B2 darajasidan past bo’lmagan til sertifakatiga ega bo’lgan nomzodlarga to’plangan ballar teng bo’lib qolganda ustuvorlik beriladi;
-asosiy ish o’rniga ega bo’lgan talabgorlarga tashqi o‘rindosh sifatida 0,5 stavkagacha ishga qabul qilinayotgan mehnat faoliyatiga qarab quyidagi lavozimlarga tavsiya etiladi;
-ishlab chiqarishda yoki pedagogik staji 5 yilgacha bo‘lgan talabgorlar stajyor-o‘qituvchi lavozimiga tavsiya etiladi;
-5 yildan 10 yilgacha ishlab chiqarish yoki pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlar assistent lavozimiga tavsiya etiladi;
-10 yil va undan yuqori ishlab chiqarishda yoki pedagogik ish stajiga ega talabgorlar katta o‘qituvchi lavozimiga tavsiya etiladi;
-rahbar lavozimida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan kamida 3 kalendar yil rahbar ish stajiga ega bo`lgan talabgorlar katta o`qituvchi lavozimiga tavsiya etiladi;
-3 kalendar yil ish stajidan kam bo‘lganlar assistent lavozimiga lavozimiga tavsiya etiladi (ilmiy darajaga ega talabgorlarga ustuvorlik beriladi);
Ichki o‘rindosh sifatida ishga qabul qilinayotgan talabgorlarga mehnat faoliyatiga qarab quyidagicha talablar qo‘yiladi:
-oliy ta’limda mehnat faoliyati 2 kalendar yilgacha bo‘lgan kabinet mudirlari, laborantlar, o’quv yordamchi va texnik xodimlar test va sinov darslari bo‘yicha tanlovga jalb qilinadi;
-oliy ta’limda mehnat faoliyati 2 kalendar yil va undan ortiq kalendar yil bo‘lgan kabinet mudirlari, laborantlar, o’quv yordamchi, texnik xodimlar test sinovlaridan ozod etiladi va tegishli kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilari va jamoatchilik kengashi vakillari ishtirokida tashkil etilgan sinov darslariga jalb qilinadi;
-institutda faoliyat olib borayotgan stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar kafedraning vakant shtatlariga sinov darsi asosida tavsiya etiladi;
-institutda stajyor tadqiqotchilikni va tayanch doktoranturani muddatidan oldin hamda o‘z muddatida himoya qilganlar va ilmiy darajaga ega doktorantlar tanlovsiz ishga tavsiya etiladi;
-sinov darsi tasdiqlangan namunaviy baholash mezoni asosida tegishli kafedraning etakchi (ilmiy darajali) professor-o‘qituvchilari va jamoatchilik kengashi vakillari tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi. Sinov darsi uchun umumiy ball 100 ball bo‘lib, talabgorlar 71 ball va undan yuqori ball to’plaganda institutning ishga qabul qilish komissiyasiga tavsiya etiladi.
Ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning fikr-mulohazalari inobatga olinadi.