1979 yilda “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish” kafedrasi tashkil etilgandan so‘ng, mustaqil ravishda “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish” va “To‘quvchilik” mutaxassisliklari bo‘yicha muxandislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarda talabalar qabul qilindi. Mazkur kafedrani dos.O.M.Yoriev 1979-1985 yillar mobaynida boshqarib keldi. 1985 yilda kafedraning nomi “Yengil sanoat texnologiyasi vajihozlari” deb o‘zgartirildi. Kafedraga dos.M.Sh.Toirov (1985 -1986 y.y.) va dos. X.G.Gapparov (1986-1889 y.y.) lar rahbarlik qilib kelganlar. Mazkur kafedra o‘z tarkibiga “Tikuv buyumlari texnologiyasi”, “Charm va mo‘yna texnologiyasi”, “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish”, “To‘quvchilik” va “Yengil sanoat mashinalari va jihozlari” kabi mutaxassisliklarni birlashtirgan edi. 1989 yilda “Yengil sanoat texnologiyasi va jihozlari” kafedrasi negizida “Charm, mo‘yna va to‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi” kafedrasi tashkil etildi va dos. M.Sh. Toirov kafedra mudiri lavozimiga saylandi. Kafedra 1992 yildan “To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va materialshunosligi” nomi bilan faoliyat yuritdi.
“To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va materialshunosligi” kafedrasiga esa dos. M.F.Avezov (1992-1998 y.y.) lar rahbarlik qilib kelganlar. Mazkur kafedra 1998 yildan boshlab “To‘qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi” deb nomlanib, dos. X.X.Salimov (1998-2000 y.y.) va dos. S.A.Xamraeva (2000-2005y.y.) raxbarligida faoliyat ko‘rsatgan. 2005 yildan “To‘qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil etildi. Kafedra mudiri etib dos. A.A.Xayitov saylandi va 2010 yilga qadar kafedrada faoliyat ko‘rsatib keldi. Kafedra mudiri etib dos. A.A.Xayitov saylandi va 2010 yilga qadar kafedrada faoliyat ko‘rsatib keldi.
Hozirgi kunda mazkur kafedra 2021 yil 03 avgustdan №432-U institut rektori buyrug‘iga asosan “To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi” nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Kafedrani dotsent, t.f.n. R.X. Nurboev boshqarib kelmoqda.
Kafedra jamoasi oldiga zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o‘quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifalar etib belgilandi. Oxirgi yillarda 1 ta zamonaviy o‘quv laboratoriyasi yaratildi. va faoliyat ko‘rsatmoqda.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Assistent
|
1. Нурбоев Рашит Худайбердиевич. 5320900 Енгил саноат буюмлари конструкциясини ишлаш ва технолгияси (ишлаб чиқариш турлари бўйича) Тўқимачилик кохоналари техник назорати Ўзбекистон Республикаси Олийва Ўртамахсус таълим вазирлигининг 2021 йил 31 майдаги 237- сонли буйруғи. Ўқув қўлланма*
2. Нурбоев Рашит Худайбердиевич. 5320900 Енгил саноат буюмлари конструкциясини ишлаш ва технолгияси (ишлаб чиқариш турлари бўйича) Тўқимачилик материалшунослиги Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлигининг 2021 йил 25 декабрдаги 538- сонли буйруғи 7-Иловаси. Ўқув қўлланма*
3.Нурбоев Р.Х.,Ш.А.Усмонов, М.Р.Атанафасов,У.Р.Хайдаров, Р.Д.Акбаров. 5320900 Енгил саноат буюмлари конструкциясини ишлаш ва технолгияси (ишлаб чиқариш турлари бўйича) Тўқимачилик материалшунослиги Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлигининг 2021 йил 25 ноябрдаги 500-сонли буйруғи. Дарслик
4.Ғафурова Нигора Тўймуродовна. 5320900 Енгил саноат буюмлари конструкциясини ишлаш ва технолгияси (ишлаб чиқариш турлари бўйича) Компoзиция асослари Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлигининг 2021 йил 25 декабрдаги 538-сонли буйруғи 7-Иловаси. Дарслик
5.Ғафурова Нигора Тўймурадовна. 5321600 Композиция асослари 2014 йил 9 июн 220-сонли буйруқ. Ўқув қўлланма*
“To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi Belorusia Vitebsk texnika davlat universiteti, Kostroma davlat universiteti, Sankt-peterburg san’at-sanoat akademiyasi, Ivanovo davlat politexnika universiteti va Moskva davlat dizayn va texnologiya universitetlari bilan o’zaro manfaatli shartnomalar tuzib xalqaro aloqalarni o’rnatgan va kelajakda o’zaro talaba almashinuvi va o’qituvchilarning malakasini oshirish amalga oshirib kelinmoqda.