60710500 - "Energetika" (issiqlik energetikasi)
60710600 – “Elektr energetikasi” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
70710503-Sanoat issiqlik energetikasi
Kafedradaning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: “Iqtisodiyot tarmoqlarida elektr va issiqlik ta’minoti tizimlarining ishonchliligi va samaradorligini noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanib oshirish tadbirlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish”. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlanmalari bilan xalqaro va respublika konfrensiyalarda ishtirok etib kelmoqda.
Tayanch OTM – Toshkent Davlat Texnika Universitetida horijiy OTM vakillari "Sistemi i texno-logii" AJ GK ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.d., professor Savelev Vitaliy Andreevich (Rossiya) va Azarbayjon Energetika ilmiy tekshirish va loyiha qidiruv instituti sho‘ba raisi Guliev Guseyngulu Bayram ogli (Azarbayjon ), bilan o‘zaro o‘quv va ilmiy tekshirish borasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokamasi (Toshkent sh. Sentyabr 2019 y)
Energetika kafedrasi katta o‘qituvchisi S.T.Latipov talabalarni “Buxoro-220 kV” podstansiyasida malakaviy amaliyotini tashkil etish jarayoni. Katta o‘qituvchi Aslanova Gulnoz Nasriddinovna tomonidan “Elektrotexnika va elektronika” fanidan o‘tkazilgan tajriba darslari.
Kafedra o’qituvchilari tomonidan talabalar bilan “Elekrtotexnika va Elektronuka” , “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fanlaridan o‘tkazilgan tajriba darslari
Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari “Kasb hunar maktabi”da va “Talabalar turar joyi”da tarbiyaviy ahamiyatiga molik qiziqarli va mazmunli tadbirlari uyushtirilib kelmoqdalar.
Kafedra o’qituvchilari Aslanova G.N.,Shoyimova S.P. va Chariyeva M.R. kasb huar maktabining talabalari bilan.
Talabalar turar joyida “Inson aziz-Xotira muqaddas” mavzusida tadbir - o‘qituvchilar: Toyirov Z., Aslanova G.N., Latipov S.T., Choriyev A.I.
"Energetika" kafedrasida 1 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o'qituvchi va 4 nafar assistentlar hamda stajyor-o’qituvchilar ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb qilingan.
Kafedrada «Разработка метода комплексного исследования надёжности объектов электроэнергетики» mavzusida texnika fanlari doktori (DSc) himoya qilindi va «Создание оптимальной конструкции микроГЭС, адаптированной к потокам оросительнiх каналов на территории Бухарской области» mavzusida texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy unvonini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedradaning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi: “Iqtisodiyot tarmoqlarida elektr va issiqlik ta’minoti tizimlarining ishonchliligi va samaradorligini noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanib oshirish tadbirlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish”.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlardan lavhalar
"Energetika" kafedrasi doktoranti S.T. Latipov va A.I. Chorievlarning “YEVROSNAR” MCHJ dan ilmiy ishlari uchun natija olish jarayoni.
Kafedraning o‘quv- ilmiy markazi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 9 oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” Farmoni, hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 sentabrdagi 704-sonli “Oliy ta’lim muassalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar va iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba sinov ishlari uchun sharoit yaratishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ini amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar ijrosi bo‘yicha Buhoro muhandislik-texnologiya instituti “Energetika” fakulteti
“Energetika” kafedrasida institut rektorining 2021 yil 13 noyabrdagi № 644-21 buyrug‘iga asosan Kafedrada “Energetik konsalting” o‘quv- ilmiy markazi tashkil qilinib, unda “Elektroenergetika” sohasidagi “Elektromontyor” kasbi bo‘yicha uch oylik pullik tayyorlov kursi ochildi va bu kursning birinchi qaldirg‘ochlari 11.11.2021 yildan 11.02.2022 yilgacha kursda tahsil olib muvaffaqiyatli yakunladilar.
Kafedraning o‘quv- ilmiy markazi faoliyatidan lavhalar.
“Buxoroenergomarkaz” AJ o`rtasida o`zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan bo`lib, shartnomaga asosan korxonada kafedra filiali tashkil etilgan. 531010- Energetika (issiqlik energetikasi) yo`nalishi talabalariga mutaxasislik fanlaridan dars mashg`ulotlari va malakaviy amaliyotlar ushbu kafedra filialida olib borilmoqda.
“Buxoroenergomarkaz” AJ korxonasida talabalarning ekskursiyasi .
Hamidov Olim Maxmudovich “Kogon isitgich moslamalar” xususiy korxonasi rahbari tomonidan “Binolarning avtomatik boshqariladigan mikroprosessorli energiya tejamkor, issiq suv orqali uylarni, ko’p qavatli binolarni va zamonaviy issiqxonalarni gravitatsion isitish tizimlarini yaratish” mavzusida o’tkazilgan simenardan lavhalar.