«Menejment» kafedrasida 1979 yildan1993 yilgacha prof. Xaitov S.S., 1993 yildan 1995 yilgacha i.f.n. Abdullayeva Z.M., 1995 yildan 2002 yilgacha i.f.n. Nizomov A.B., 2002yildan 2010 yilgacha i.f.n. Asatov R.U. mudirlik qildi, 2010 yildan 2018 yil avgustgacha Ro‘ziyeva D.I., 2018 yildan 2023 yilgacha Zayavitdinova N.M., Avezova Shaxnoza Maxmudjanovna hozirgacha kafedra mudiri lavozimini bajarib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi 1954 son qaroriga asosan Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti Buxoro muhandislik texnologiya instituti deb o‘zgartirildi. Shu munosabat bilan institutning strukturasi o‘zgarib “Sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi “Menejment” kafedrasiga aylantirildi. 1979 yil dekabrda Bux OO va YeSTIning texnologiya fakulteti tarkibida “Oziq ovqat sanoatini tashkil qilish va uning ekonomikasi” kafedrasi i.f.doktori, professor Xaitov S.S. rahbarligi ostida tashkil etildi. Menejment kafedrasi Menejment va Marketing kafedralari zamirida tashkil topdi. Menejment kafedrasida fan doktori, fan nomzodlari- dotsentlar, katta o‘qituvchi hamda assitentlar talabalarga sifatli va mazmunli talim bermoqdalar. Menejment ta'lim yo'nalishi sanoatda ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish, korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tahlil qilish va budjetni shakllantirish, innovatsion loyihalarni baholash, biznes reja tayyorlash bilan bog'liq vakolatlarni shakllantirish sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O‘qituvchi-stajor
|
|
|
|
O‘qituvchi-stajor
|
|
|
|
O‘qituvchi-stajor
|
|
|
|
1.Xayitov Sh.N., Alimova Sh.A., Toshev F.Z. Turizm va mehmondo‘stlik sohasida marketing va raqamli kommunikatsiyalar fanidan o’quv qo’llanma
2.Xalilova M.N., Avezova Sh.M. Servis va turizm menejmenti asoslari fanidan o’quv qo’llanma
3.Xayitov Sh.N., Po‘lotov Sh.Sh. Strategik menejment fanidan o’quv qo’llanma
4.Ochilov Sh.B., Norova S.Y. Statistika asoslari fanidan o’quv qo’llanma
5.Artikova D.M., Bakaeva M.A., Jumaeva D. X. Iqtisodiy tahlil va audit fanidan o’quv qo’llanma
2000 yilda dos. Nizomov A.B. rahbarligida Menejment kafedrasi a’zolari Tasis-Tempus dasturi loyihasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, 2001 yilda Tempus loyihasi NCD-JEP-21.250-200 tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tib, Bux OO va YeSTI da “Qishloq xo‘jaligi iqtisodi bo‘yicha yangi dasturlar tayyorlash” mavzusiga asoslanib xalqaro loyiha bajarildi, unga 442.541 Yevro mablag‘ ajratildi. Bu grant asosida loyihani bajarish jarayonida kafedraning barcha o‘qituvchilari Angliyaning Grinvich va Gollandiyaning Lorensteyn agrarkollejida o‘z malakalarini oshirdilar, institutning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.
Kafedra a’zolari 2015 yilning 22 yanvaridan 7 fevraliga qadar 544573-TEMPUS-JPHES MATCHES loyihasi bo‘yicha Ispaniya va Polsha davlatlarida, 2016 yilning iyul oyida esa Bolgariya davlatida Las Palmas de Kanariya Universitetida, Kelse shaxridagi Yana Koxanovskiy Universitetida hamda 2016 yilning iyul oyida Bolgariyaning Ruse shaxridagi A.Kinchev nomidagi Universitetlarida bo‘lib, tajriba orttirib keldilar.
Kafedra faoliyatini tubdan isloh qilish, xorijiy talim tajribalarini o‘rganish maqsadida Rossiya federatsiyasining Belgorod Davlat milliy tadqiqot universiteti va Mogilev Davlat Oziq-Ovqat Universiteti bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Ushbu shartnomaga asosan bizning kafedramizga 2019 yil 22 dekabrdan 27dekabrgacha BelDU professori Kamishanchenko Yelena Nikolaevna va dotsent Rastopchina Yuliya Leonidovnalar tashrif buyurdi.
2020-2021 o‘quv yilida Rossiya federatsiyasining Belgorod Davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma dastur asosida 5230200 Menejment, 5230700 Investitsion loyihalarni moliyalashtirish va xizmat ko‘rsatish, 5230100 Iqtisod kabi ta’lim yo‘nalishlari ochildi.
Malayziyaning Lincoln University College oliygohining Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Rashid Abdusalam Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida institut rektori texnika fanlari doktorii professor Nusratilla Barakayev hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor texnika fanlari nomzodi dotsent Shuhrat Xodjiyev boshchiligidagi institut vakillari mehmonlar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Ushrashuv davomida OTM o‘rtasida 3 ta yo‘nalish muhandislik, iqtisodiyot va informatsion texnologiylar yo‘nalishlari kesimida hamkorlik olib borish yuzasidan fikr almashildi.