Elektr va energetika muhandisligi

Bosh sahifa Elektr va energetika muhandisligi

Elektr va energetika muhandisligi


Elektr va energetika muhandisligi kafedrasi mudiri

Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich

  • Qabul vaqti: Payshanba-Shanba kunlari 14:00-16:00
  • Telefon: +998 91 404 85 77
  • Email: narzullo.mirzoyev@mail.ru

Elektr va energetika muhandisligi

    O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 10-iyuldagi buyrug'iga asosan yangi "Energoaudit" kafedrasi tashkil etildi va hozirgi kunda unga Mirzoev Narzullo Nuriddinovich rahbarlik qilib kelmoqda.


Kafedra mudiri
DSc, Professor Maxmudov Maxsud Idrisovich
Qabul vaqti: Chorshanba, juma 15:00-17:00
Telefon: +998 99 7061166, +998 95 6002500
E-mail: makhmudov.makhsud@gmail.com
Ixtisosligi: Asboblar. O’lchash va nazorat usullari
Faoliyat yo’nalishlari: Energoaudit, energiya tejamkorligi, o’lchash va nazorat asboblari, energomenejment.
H-indeksi Google scholar: 4 (51 ta maqola)
H-indeks Scopus: 2 (11 ta maqola)

Kafedra Professori
DSc, Professor, Sadullayev Nasullo Nematovich
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (93) 960-97-88
E-mail: nasullo68@mail.ru
Ixtisosligi: 05.05.02 -Elektrotexnika.Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar
Faoliyat yo’nalishlari: elektr energetikasi, aqlli tarmoq, shamol energetikasi, mikrotarmoq, energiya samaradorlik.
H-indeksi Google scholar: 3 (36ta maqola)
H-indeks Scopus: 3 (5ta maqola)

Katta-o’qituvchi.
Hazratov Ismatillo
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (91) 449-53-07
E-mail: -
Ixtisosligi: elektr energetikasi
Faoliyat yo’nalishlari: Energoaudit, energiya tejamkorligi, o’lchash va nazorat asboblari, energomenejment.
H-indeksi Google scholar: 2 (5 ta maqola)
H-indeks Scopus: -

Katta-o’qituvchi.
PhD, Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (99) 709-85-77
E-mail: narzullo.mirzoyev@mail.ru
Ixtisosligi: 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari
Faoliyat yo’nalishlari: Energoaudit, energiya tejamkorligi, o’lchash va nazorat asboblari, energomenejment.
H-indeksi Google scholar: 2 (21 ta maqola)
H-indeks Scopus: 1 (2ta maqola)

Katta o’qituvchi.
Qo`ziyev Zafarbek Esanovich
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (99) 387-57-56
E-mail: zafarbek119978@mail.ru
Ixtisosligi: 05.03.01 – Asboblar. O`lchov va nazorat usullari (tarmoqlar bo`yicha)
Faoliyat yo’nalishlari: Energiya tejamkorligi, energiya samaradorlik.
H-indeksi Google scholar: 1 (6 ta maqola)
H-indeks Scopus: -

Katta o’qituvchi.
Shoboyev Alisher Hikmatilloyevich
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (93) 626-10-29
E-mail: mag_alisher88@mail.ru
Ixtisosligi: 05.05.02 – Elektrotexnika, elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar.
Faoliyat yo’nalishlari: Elektr ta’minoti tizimi, energiya tejamkorlik, elektrotexnika, elektr mashinalari.
H-indeksi Google scholar: 1 (5 ta maqola)
H-indeks Scopus: 1 (1 ta maqola)

Katta o’qituvchi.
Mirxonov Utkir Kaxramonovich
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (90) 710-64-87
E-mail: utkirmirxan@gmail.com
Ixtisosligi: 05.05.01 – Energetika tizimlari va majmualari
Faoliyat yo’nalishlari: Kompressor stansiyalari, Elektr yuritmali gaz haydash agregati, reaktiv quvvatni qoplash, energiya samaradorlik
Dissertatsiya mavzusi: Boshqariluvchi elektr yuritmalar asosida kompressor qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish
H-indeksi Google scholar: 12 (6ta maqola)
H-indeks Scopus: 1 (2ta maqola)

Katta o’qituvchi.
PhD, Safarov Alisher Bekmurodovich
Qabul vaqti: dushanba, chorshanba 15:00-17:00
Telefon: (91) 299-41-24
E-mail: a-safarov91@mail.ru
Ixtisosligi: 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari
Faoliyat yo’nalishlari: Qayta tiklanadigan energiya manbalari
H-indeksi Google scholar: 3 (10 ta maqola)
H-indeks Scopus: 3 (5 ta maqola)

Katta o’qituvchi.
PhD, Nematov Shuxrat Nasillo o’g’li
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (90) 636-66-56
E-mail: mrshuxa@mail.ru
Ixtisosligi: 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari
Faoliyat yo’nalishlari: Muqobil energiya manbalari, shamol energetikasi, mikrotarmoq, energiya zaxiralash, energiya samaradorlik.
H-indeksi Google scholar: 4 (13ta maqola)
H-indeks Scopus: 3 (5ta maqola)

Assistent.
Nurov Siroj Sobirovich
Qabul vaqti: Seshanba-Juma 15:00-17:00
Telefon: (99) 702-66-77
E-mail: siroj.nurov@gmail.com
Ixtisosligi: 05.03.01 – Asboblar. O’lchash va nazorat usullari(tarmoqlar bo’yicha)
Faoliyat yo’nalishlari: Avtomatik boshqarish nazariyasi, o’lchov qurilmalari va usullari, energiya tejamkorlik, yarimo’tkazgich materiallari fizik va optik xossalari
H-indeksi Google scholar: 3 (8 ta maqola)
H-indeks Scopus: 1 (3ta maqola)

O’qituvchi-stajyor.
Sultonov Firuz To’ymurod o’g’li
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (93) 458-08-68
E-mail: sultonovfiruz1993@mail.ru
Ixtisosligi: 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari
Faoliyat yo’nalishlari: Muqobil energiya manbalari, shamol energetikasi, mikrotarmoq, energiya zaxiralash, energiya samaradorlik.
H-indeksi Google scholar: 2 (15 ta maqola)
H-indeks Scopus: 1 (1ta maqola)

Katta o’qituvchi.
Mamedov Rasul Akif-ogli
Qabul vaqti: Chorshanba kuni 14:00-17:00
Telefon: (93) 960-93-39
E-mail: rasul_91-92@mail.ru
Ixtisosligi: 05.05.06 - Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energetik qurilmalar
Faoliyat yo’nalishlari: Muqobil energiya manbalari, Gidroenergetika.
H-indeksi Google scholar: 3 (15 ta maqola)

BAKALAVRIAT

60710900-" Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi"

60711000-" Muqobil energiya manbalari (turlari bo'yicha)"


MAGISTRATURA

70710901-”Energiya tejamkorligi va energoaudit “


Bakalavriat:

    60710900-" Energoaudit va sanoat korxonalarining energetik tekshiruvi"

  1. 1. Energetik resurslar
    2.Elektrotexnika va elektronika
    3.Energiya tejamkorligi asoslari
    4.Elektr tarmoqlari va tizimlari
    5.Muqobil energiya manbalari
    6.Energiya o‘lchov asboblari va boshqarish tizimlari
    7.Energiya resurslarning avtomatlashtirilgan qaydlov tizimlari
    8.Issiqlik yuritgichlari
    9.Yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalari
    10.Elektr ta’minoti tizimlarida energiya tejash
    11.Energiya tejamkorligi asoslari
    12.Yoqilg‘i yonishi va yoqish qurilmalari
    13.Energetik audit jarayonlarini avtomatlashtirish
    14.Issiqlik ta’minoti va isitish tizimlari
    15.Issiqlik energetik qurilmalari
    16.Energiya auditda statistik ishlov va energiya tejamkor tadbirlar samaradorligini baholash
    17.Bino va inshootlarni energetik auditi
    18.Muqobil va ikkilamchi energiya manbalari

    60711000 – Muqobil energiya manbalari

  1. 1.Muqobil energiya manbalari
    2.Elektrotexnika va elektronika
    3.Shamol energetikasi
    4.Elektr tarmoqlari va tizimlari
    5.Elektrotexnika va elektronika
    6.Gidroenergetika
    7.Quyosh energetikasi
    8.Muqobil energiya manbalari ta’minoti
    9.Quyosh energetikasi
    10.Yarim o‘tkazgichli materiallarning optik va fizik xossalari
    11.Shamol generatorlarini o‘rnatish va sozlash
    12.Issiqlik texnikasining nazariy asoslari
    13.Energiya tejamkorligi asoslari
    14.Quyosh panellarini o‘rnatish va sozlash

  2. Magistratura

      70710901-”Energiya tejamkorligi va energoaudit “

    1. 1.Energoaudit o‘tkazish jihozlari
      2.Energiya tejamkor umumsanoat qurilmalarni modellashtirish
      3.Energiya tejamkorligi va energoauditda tizimli tahlil
      4.Operativ energomenejment dasturlari
      5.Energiya tejamkorligi va energoauditning tizimli tahlili
      6.Innovasion energiya tejamkor texnologiyalar va tizimlarni loyihalash

Energoaudit kafedrasi va Qozog’iston respublikasining M. Avezov nomli universiteti bilan 7M07150 magistratura mutaxassiligi bo’yicha tayyorlanayotgan magistrlariga o’zaro almashinuv dasturi o’tamoqda.

O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi Buxoro bo'limi va Energoaudit kafedrasi hamkorligida ilmiy-amaliy konferensiya muntazam tashkil etilib kelinadi.

Kafedra professor-o’qituvchilari Energiya tejamkorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalanish bo’yicha ilmiy ishlanmalar yarmarkasida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Innovatsion ishlanmalarni joriy etish bo’yicha tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar yarmarkasi.

Innovatsion ishlanmalarni joriy etish bo’yicha tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar yarmarkasida ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar imzolanmoqda.

Energoaudit kafedrasi magistratura mutaxassiligi bitiruvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari atestatsiya jaroyinda.

Kafedra o’qituvchilari mehnat yarmarkalarida bitiruvchilarni ishga joylashtirishda ko’maklashib kelmoqda.

Kafedrada muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlari olib boriladi.

Energoaudit kafedrai tomonidan talabalar yotoqxonasida muntazam ravishda kafedra kunlari o’tkazilib kelinadi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan sanoat korxonalarida shartnoma asosida energetik tekshiruvlar olib boriladi.

Kafedrada yosh energoauditor to’garagi tashkil etilgan bo’lib, unda talabalar bo’sh vaqtlarida mazkur to’garakga ishtirok etib kelmoqdalar.

“Quyosh elektr stansiyalari va kollektorlarini loyihalash, o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish” nomli kasbiy qayta tayyorlash kursida ta’lim oldi va unga “Usta-energetik” kvalifikatsiyasi berildi.


ANJUMANLARDAGI TЕZIS VA MAQOLALAR 

  1. 1. Maxmudov Maxsud Idrisovich. Qo’ziyev Zafarbek Esanovich Nurov Siroj Sobirovich Analysis of the Process of Aerobic Stabilization of Sediment on the Example of Purification Facilities of the Republic of Uzbekistan Annals of R.S.C.B. Vol. 25, Issue 3, 2021, Pages. 7094 – 7105.Received 16 February 2021; Accepted 08 March 2021.
  2. 2. Maxmudov Maxsud Idrisovich. Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich. Prospects of modern measuring systems, which can determine electricity quality indicators 3rd International Multidisciplinary Scientific Conference on Ingenious Global Thoughts.Vol. 25 No. 1 (2021): IMSCIGT-3-2021
  3. 3. Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich. Shamol elektr stansiyalarida reaktiv quvvatni qoplash orqali energiya samaradorligiga erishishni matlab/simulink amali paketida modellashtirish EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCh Volume 1 Issue 02, May 2021.
  4. 4. Mirzoyev Narzullo Nuriddinovich. Методика разработки аналоговой модели математического моделирования автоматизации процессов энергоаудита в оао «бухарагазсаноаткурулиш» уп нефтегазтранхизмат» Интернаука№ 19(195)Б Май 2021 г.Часть 3
  5. 5. Maxmudov M.I., Koziev Z.E., Temirov L.A. Reducing the reactive power consumption of air sending devices. Eurasian journal of academic research, Volume 2 Issue 4, April 2022. ISSN 2181-2020. Pages: 190–195.
  6. 6. Maxmudov M.I., Koziev Z.E., Temirov L.A. Energy saving in compressor devices in wastewater treatment facilities. Eurasian journal of academic research, Volume 1 Issue 02, May 2021. Pages: 236–241.
  7. 7. Mamedov R.A., Sadullaev N.N., Safarov A.B. Razrabotka i nauchnoe obosnovanie effektivnoy raboti mikroges adaptirovannoy k potokam orositelnix kanalov nashego regiona. Fan va texnologiyalar taraqqiyoti, 2021. №2, 62-68 s.
  8. 8. N.N. Mirzoyev. Information software and devices for energy efficiency management and control. Chemical Technology, Control and Management Volume 2021 Issue 5 Article 11. 2021, №5 (101) pp.68-75. https://doi.org/10.51346/tstu-02.21.5-77-0044

SCOPUS VA WEB OF SCIENCE BAZASIGA KIRGAN ILMIY ISHLAR

  1. 1. Sadullaev N.N., Mukhamedkhanov U.T., Nematov SH.N., Sayliev F.O. (2020) Increasing Energy Efficiency and Reliability of Electric Supply of Low Power Consumers. International Journal of Engineering Trends and Technology, 68(12), 43-47. doi:10.14445/22315381/IJETT-V68I12P208
  2. 2. Sadullaev N. and Nematov S., (2020) "Micro-grid Based Power Supply of Remote Consumers Located Away from the Centralized Power Grid," 2020 IEEE International Conference on Advent Trends in Multidisciplinary Research and Innovation (ICATMRI), pp. 1-6, doi: 10.1109/ICATMRI51801.2020.9398476.
  3. 3. Makhmudov Makhsud Idrisovich, Kuziyev Zafar Esanovich, Nurov Siroj Sobirovich, Sidikov Sanjar Siroj Ugli. (2021). Analysis of the Process of Aerobic Stabilization of Sediment on the Example of Purification Facilities of the Republic of Uzbekistan. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7094–7105.
  4. 4. N. N. Sadullayev, A. B. Safarov, Sh. N. Nematov, *, R. A. Mamedov, and A. B. Abdujabarov, Opportunities and Prospects for the Using Renewable Energy Sources in Bukhara Region, ISSN 0003-701X, Applied Solar Energy, 2020, Vol. 56, No. 4, pp. 291–300.
  5. 5. Sadullayev, N.N., Safarov, A.B., Nematov, S.N., Mamedov, R.A.Statistical Analysis of Wind Energy Potential in Uzbekistan’s Bukhara Region Using Weibull Distribution, (2019) Applied Solar Energy (English translation of Geliotekhnika), 55 (2), pp. 126-132. doi: 10.3103/S0003701X19020105
  6. 6. Nasullo Sadullaev, Shukhrat Nematov, and Mukhiba Gafurova, Increase the reliability of power supply by using mechanical energy storage devices for low-power consumers, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128801060, E3S Web of Conferences 288, 01060 (2021)
  7. 7. Nasullo Sadullaev, Shukhrat Nematov, and Farid Sayliev, Analysis of multipolar generators operating efficiently in lowspeed water and wind flows using ANSYS MAXWELL program, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128801057, E3S Web of Conferences 288, 01057 (2021)
  8. 8. Sadullayev, N.N, Safarov, A.B, Nematov, S.N., Mamedov, R.A. Research on facilities of power supply of small power capability consumers of bukhara region by using wind and solar energy (2019) International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 8 (9 Special Issue 2), pp. 229-236. doi: 10.35940/ijitee.I1047.0789S219
  9. 9. Sadullaev, N.N., Safarov, A.B., Mamedov, R.A., Kodirov, D. Assessment of wind and hydropower potential of Bukhara region (2020) IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 614 (1), art. no. 012036. doi: 10.1088/1755-1315/614/1/012036

DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR

1. Maxmudov. M.I, Qo‘ziyev. Z.E, Nurov. S.S "Ishlab chiqarish mexanizmlari va elektr mashinalarning energiya samaradorligini oshirish", o‘quv qo‘llanma, 2020

2. N.N.Sadullayev, A.H.Shoboyev, M.B.Bozorov. Sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirishning ayrim ilmiy muammolari va yechimlari, o‘quv qo‘llanma, 2016

3. Sadullayev N.N. Transformator va elektr mashinalarni loyihalash. T:Fan va texnologiya 2017

4. Sadullayev N.N. Energiya tejamkor elektr texnik, mexanik va elektr texnologik qurilmalar auditi.T:Fan va texnologiya 2018

5. M.I. Maxmudov, Z.E.Qo'ziyev. Elektrotexnika va elektronika. o'quv qo'llanma. Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2020.


Institut kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyati:

   “Energoaudit” kafedrasida ilmiy tadqiqot ishlariga 2 nafar fan doktori, 3 nafar PhD, 6 nafar katta o’qituvchi hamda 1 nafar ilmiy xodim-izlanuvchi hamda mustaqil tadqiqotchilar va magistrlar jalb qilingan.


Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari:

   Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasidagi 2021-2023 yillarga mo’ljallangan ILM-20215001-«Kichik quvvatli istemolchilar uchun O’zbekiston iqlimiy sharoitlarida samarador ishlovchi shamol energetik qurilmasini yaratish» innovatsion loyihasi asosida ilmiy tadqiqot ishiga 500 mln. so’mlik davlat granti olindi. Bunda t.f.d. N.N.Sadullaev, t.f.d. M.I.Maxmudov ass. Sh.N. Nematovlar loyixa asosida ilmiy ish olib bormoqdalar.


Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo’jalik shartnomalari:

   2021-2022 o’quv yilida 9 ta korxona bilan 92 mln so’mlik Energetik tekshiruvlar o’tkazish orqali energiya samaradorlikni oshirish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish bo’yicha quyidagi korxonalar bilan xo’jalik shartnomalari tuzildi va bajarildi


Chet el grantlari bo’yicha bajarilgan ishlar:

   Kafedrada professor o’qituvchilari AIF 2/20 – “Shaxsga yo’naltirilgan innovasion texnologiyalar asosida texnik yo’nalishlar bo’yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o’qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” mavzusida akademik innovasion grantga a’zo hisoblanadi. AIF 2/20 – “Shaxsga yo’naltirilgan innovasion texnologiyalar asosida texnik yo’nalishlar bo’yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o’qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” mavzusida akademik innovasion xalqaro granti hisobidan “Dala ultratovushli sarf o’lchagich – Portaflow 330” hamda “Gazoanalizator Testo 330-1LL” energoaudit jihozlari olingan, yana 2022 yilning 1-kvartalida “Elektr energiya sifati analizatori Fluke 435 II” o’lchash asboblari olingan. Keltirilgan qurilmalar bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqildi.


Fanni ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi (olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish):

   Hozirgi kunda kafedraning ishlab chiqarish korxonasida filiallari mavjud bo’lib, ularda yuqori malakali kafedra professor-o’qituvchilari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu filiallarda o’quv jarayoniga yuqori kurs talabalari ham jalb qilingan. “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonasi homiyligida kafedra laboratoriyalarining jihozlari zamonaviylashtirildi. Jumladan: 10 ta tajriba ishi yangidan qo’yildi, 6 ta tajriba ishi qayta tiklandi. Hozirgi vaqtda elektroenergetikaning dolzarb muammolaridan biri elektr energiyasini tejash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4422- sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to’g’risida” qarori, 2017 yil 8 noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3379- sonli qarori va 2017 yil 13 noyabr “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3384-sonli qarorlari asosida «Energoaudit» kafedrasida “Energiya samaradorligini nazorat va boshqarishning avtomatlashtirilgan dasturiy-axborot ta’minoti va qurilmalarini yaratish” ilmiy-tadqiqot mavzusi qabul qilingan va institut ilmiy kengashida tasdiqlangan. Ushbu mavzuda har yili 2-3 ta ilmiy maqola Respublika ilmiy jurnallarida chop qilinmoqda. Qarorlar asosida xo’jalik shartnomalari, BMI va magistrlik, PhD dissertatsiya ishlari bajarilib kelinmoqda. Kafedrada «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» AJ korxonasi bilan hamkorlikda taqsimlovchi korxonalarda elektr energiyasini tejash bo’yicha dasturlar ishlab chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiya ishlari korxonalarda bajarilib, ulardagi muammolar yechib berildi.


Kafedrada doktorantlar quyidagi mavzular bo’yicha ilmiy ish olib bormoqdalar.

  1. 1. Mirxanov O‘.Q. “ Boshqariluvchi elektr yuritmalar asosida sinxron motorlarni energiya tejamkor ish rejimlari tadqiqoti” mavzusida;
  2. 2. Nurov S.S. “ Прибор для контроля уровня и концентрации активного ила сточной воды для оптимизации технологических процессов в системах аэротенк-отстойника” mavzusida;
  3. 3. Sidikov S.S. “Oqava suvlarni tozalash tizimlarida suyuq muhit xiraligini nazorat qiluvchi optoelektron asboblar va usullar” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

   Kafedra kesimida xorijiy mutaxassislarni o’quv jarayoniga jalb etish bo’yicha Qozog’iston respublikasining M. Avezov nomli universiteti bilan 7M07150 magistratura mutaxassiligi bo’yicha tayyorlanayotgan magistrlariga o’zaro almashinuv dasturi asosida masofadan o’quv kurslari tashkil etildi. Xorijiy ta’lim muassasalari bilan ochiq darslar, “Energoaudit” kafedrasining yillik ish rejasida ko’rsatilgan jadval bo’yicha tashkil etildi. Shu bilan birga institutning ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan kafedrada ichki komissiya tuzilib, hamkorlikda ochiq darslarni nazorat qilindi. Nazorat natijalari kafedra yig’ilishida muhokama qilinib aniqlangan kamchiliklar o’z vaqtida bartaraf qilib borildi.


https://siars.unila.ac.id/doc/https://siars.unila.ac.id/user/https://siars.unila.ac.id/file/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/ https://kkib.undip.ac.id/wp-content/themes/vici/ https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/