Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Bosh sahifa Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi



Bo‘lim boshlig‘i: Jo'rayeva Malohat Muhammadovna

  • Qabul vaqti: Dushanba-Payshanba (14:00 - 16:00 gacha)
  • Telefon: +998 91 419 31 30
  • Email:malo_uz@mail.ru
Institutning Ilmiy–tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimi 1982-yilda tashkil etilgan boʼlib boʼlim boshligʼi tomonidan boshqariladi va u institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori faoliyati doirasida ish olib boradi. Hozirgi kungacha boʼlimni quyidagi professor–oʼqituvchilar boshqarib kelganlar:
1. Pak А.
2. Kurbanov T. 1982-1984 y.y.
3. Rashidov M.M. 1984-1995 y.y.
4. Djuraev X.F. 1994-1996 y.y.
5. Xodjiev Sh. 1996 y.
6. Sharopov O.U. 1997-1998 y.y.
7. Bibutov N.S. 1998-2005 y.y.
8. Kuliev N.S. 2005-2008 y.y.
9. Isabaev I.B. 2009 y.
10. Аzimov U.N. 2009-2011 y.y.
11. Sadullaev N.N. 2011-2012 y.y.
12. Bazarov G.R. 2012-2014 y.y.
13. Аdizov R.T. 2014-2018 y.y.
14. Аzimov B.F. 2018-2022 y.y.
15.Joʼraeva M.M. 2022 yildan hozirga qadar
2022 yildan boshlab boʼlimga filologiya fanlari doktori professor Joʼraeva M.M rahbarlik qilib kelmoqda. “Yil ayoli – 2018” Milliy tanlovining respublika bosqichida “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi gʼolibi boʼlib, uning diplomi bilan taqdirlangan. Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash boʼlimi boshligʼi lavozimidan oldin koʼp yillar kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida ishlab kelgan. Shuningdek, uzoq yillardan buyon boʼlimda O.N. Sharipova ham turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Institut ilmiy–tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimi quyidagi asosiy yoʼnalishlarda faoliyat olib boradi:
-institutda ilmiy–tadqiqot faoliyatini tashkil etish va oʼzaro muvofiqlashtirish;
– xalq xoʼjaligini rivojlantirishning ilmiy va ilmiy – texnikaviy muammolari yechimini aniqlashda institutni ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
– yangi material, texnika va texnologiyalarni yaratishda ilmiy – tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
– ilmiy izlanishlar natijalarini oʼquv jarayoniga tadbiq etish bilan tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatini yaxshilash;
– ilmiy tadqiqot ishlarining moddiy-texnikaviy bazasini mustaxkamlash;
– ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish asosida raqobatbardosh texnologiya va texnikani yaratish ishlarini mujassamlashtirish.
BuxMTIning ilmiy faoliyati – fundamental va amaliy izlanishlar natijalarining ishlab chiqarishga, oʼquv jarayoniga tadbiq etish, institut material va eksperimental ishlab chikarish bazasini mustaxkamlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va tashqi bozorga olib chiqishga koʼmaklashish, informatika, marketing, patent-litsenzion, konsulьtatsiya, axborot xizmatlari, kichik oʼlchamli va kichik hajmli ilmiy-texnikaviy mahsulot ishlab chiqarishga koʼmaklashishga qaratilgan. ITI ning tematik rejasi kafedralarning ilmiy yoʼnalishiga mos ravishda belgilanadi, institut ilmiy kengashida koʼrib chiqiladi va rektor imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ilmiy tadqiqot ishlarining bajarilishi va ilmiy – texnikaviy yangilikni tadbiq etish muddatini qisqartirish, ilmiy izlanishlar samarasini oshirish uchun BuxMTIda vaktinchalik ijodiy jamoa, muhandis va ilmiy – texnikaviy markaz, talabalar va iktidorli yoshlarni ilmiy va texnikaviy ijodiy markazi, kichik korxona tuzilishi mumkin.