“Ilmiy loyihalar”
Institut olimlari tomonidan jami 520.22 mln so‘mlik 3 ta davlat grantlari asosida (1 ta amaliy, 1 ta innovatsion va 1 ta yosh olimlarning amaliy granti) loyihalari, 3 ta xalqaro grant asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu loyihalarda jami 175 nafar professor-o‘qituvchilar, 66 nafar doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, 72 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishgan. Bundan tashqari sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan mablag‘lar 617 mln. so‘mni tashkil etgan.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida asosiy shtatda 452 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning 28 nafari fan doktorlari, professorlar, 190 nafari fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar bo‘lib hisoblanishadi. Ilmiy salohiyat 48 % ni tashkil etgan.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sohasida 13 ta ixtisoslik bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura instituti mavjud bo‘lib, unda 6 nafar doktorant (DSc) va 120 nafar tayanch doktorantlar (PhD) va 15 nafar stajyor-tadqiqotchilar ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishmoqda.