Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Loyan Normal universiteti vakili Janob Fang tashrif buyurdi. 

Mehmonni institut rektori Sadoqat Siddiqova qabul qildi.  

Muhokama davomida 2+2 hamda 1+1 qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, “Xitoy tili markazi”ni ochish,  Buxoro muhandislik-texnologiya institutida elektromotorli skuterlar va yengil avtomobillarni ta’mirlash bazasini ochish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.