TAYANCH DOKTORANTURA VA DOKTORANTURAGA KIRUVCHILAR DIQQATIGA!!!
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
(15 sentyabrdan 15 oktabrgacha)
-
1. Ariza
-
2. qisqacha biografik maʼlumotnoma;
-
3. mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
-
4. oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
-
5. nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
-
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
-
7. Pasport kseroks nusxasi;
-
8. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusining asosnomasi;
-
9. Xorijiy tilni o‘zlashtirganlik guvohnomasi.
 Ariza va hujjatlar http://phd.mininnovation.uz/ adresi bo‘yicha elektron registratsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatlar quyidagi manzilga topshirilishi kerak: Buxoro sh., K.Murtazoyev k.,15 uy, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, 1-bino, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA (PHD VA DSC) O‘QISHGA KIRMOQCHI BO‘LGANLAR DIQQATIGA!!!)
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
-
1. Ariza
-
2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).
-
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
-
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi.
-
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (dissertatsiya doirasida kamida 1 ta maqola OAK eʼtirof etgan jurnallarda chop etilgan bo‘lishi va 2 ta tezis).
-
6. Ish joyidan tavsifnoma
-
7. Pasport nusxasi.
-
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa)
Barcha xujjatlar .pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
-
Talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlari 15 sentyabrdan 15 oktabrgacha, 15 yanvardan 15 fevralgacha, 15 apreldan 15 maygacha, 15 iyuldan 15 avgustgacha bo‘lgan davrlarda Buxoro shahri, K.Murtazoyev ko‘chasi, 15 uy, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, 1-bino, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.