BuxMTI tarkibida 2019 yil 10 iyuldagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘iga asosan «Texnologik mashina va jihozlar» kafedrasi tashkil etildi. Mazkur kafedra 2021 yil 15 senyabrdan institut rektorining №499-U sonli buyrug‘iga ko‘ra “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Hozirgi vaqtda kafedrani texnika fanlari nomzodi, dotsent Qurbonov Fazliddin Aminovich boshqarib kelmoqda.
Ayni damda kafedrada 1 nafar fan doktori, professorlar Raxmonov Xayridin Qodirovich, 1 nafar fan nomzodi, dotsent Qurbonov Fazliddin Aminovich va 4 nafar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) katta o’qituvchi jumladan, Rajabov Ozod Isroilovich, Fayziev Sirojiddin Hayot o‘g‘li, Ismoyilov Furqat Barotovich va Amonov Abduraxmon Rafiq o’g’li, 2 nafar katta o‘qituvchi, Abrorov Akbar Saidovich va Gapparova Mastura Hasanovna, 2 nafar assistentlar, Saidov Sanjar Fatullayevich, Mavlonova Iroda Rajabboyevna, 3 nafar o‘qituvchi-stajyor, Mirzaqulova Nodira Ibragimovna, Bozorov Rustam Rasulovich va Hamroyeva Matluba Farmonovnalar 200 ga yaqin talabalarga sifatli va mazmunli ta’lim bermoqdalar.
2019 yildan kafedrada doktorantura ochilib, hozirda 3 nafar doktorantlar, Sayfullaev Sayyor Solih o‘g‘li, Salimov Shuhrat Halimovich va Temirov Azamat Avazxon o‘g‘li ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Kafedramiz professor-oqituvchilari tomonidan 2019-2021 yillar davomida Ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha 6 ta ixtiro patentlari, 3 ta foydali modelga patent, AKTga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun 8 ta fandan guvohnomalar olindi, “Web of Science”, “Scopus” bazasiga kiritilgan xalqaro va mahalliy jurnallarda 40 da ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Shuningdek, yaratilgan 6 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta darslik uchun Muvofiqlashtiruvchi kengash guvohnomalari olinib, nashr qilindi. Kafedramiz professor-oqituvchilarining ilmiy ishlari Angliya, AQSh, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Korеya, Indoneziya, Hindiston va boshqa davlatlar ilmiy jurnallarida chop etilgan.
|
|
|
|
|
|
|
|
Assistent
|
|
|
|
|
|
|
|
1.Kafedra dotsenti F.A.Qurbonov tomonidan yozilgan “Tarmoq mashinalari puxtaligi” o’quv qo’llanmasi
2.Kafedra katta o’qituvchisi D.X.Bafoev tomonidan yozilgan “CHarm-galantereya sanoati jihozlarini tahmirlash” o’quv qo’llanmasi
Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish maqsadida Rossiya Federatsiyasining “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Mazkur shartnomagashu universitetning “Yuqori samaradorli ishlov berish texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Fedorov Sergey Volg’demarovichning rozilik xati asosida, kafedra katta o’qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi A.S.Abrorov falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish maqsadida, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” mutaxassisligi bo’yicha “Kompleks ishlov berish usuli bilan arrali tsilindr arra tishlarini mustahkamlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
- Kafedra mustaqil tadqiqotchi A.S.Abrorov o’zaro hamkorlik shartnomalari asosida “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universitetiga xizmat safarida bo’lib dissertatsiya ishi uchun tajriba sinov ishlarini o’tkazib qaytdi.
- Mustaqil tadqiqotchi A.S.Abrorov safar davomida biriktirilgan ilmiy rahbaridan o’z mavzusi bo’yicha zaruriy maslahatlar va materiallar olib, ilmiy tadqiqot ishini davom ettirish bazasini mustahkamladi.