Rektor tabrigi

Bosh sahifa Rektor tabrigi

Rektor tabrigi


  Buxoro muhandislik -texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

  Aziz talabalar! Muhtaram ota-onalar!

Barchamizga yaxshi maʼlumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi yosh avlodning ilmiy, ijodiy va maʼnaviy salohiyatiga bogʼliqdir. Bugun Oʼzbekistonda yoshlarning ezgu maqsadlarini hayotga tatbiq etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilmoqda. Yangi O’zbekistonning o‘zi sizlarning oldingizda beqiyos imkoniyatlar ochmoqda. Yoshlar muammolari davlat siyosati darajasida hal etilmoqda. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda kreativlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Men o’ylaymanki, shu imkoniyatlardan foydalanib, zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallab, ota-onangiz va ustozlaringiz faxrlanadigan yetuk kadr bo’lasiz! Buning uchun albatta sizlardan yakdillik va faollik talab etiladi. Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolaman!