Mexanika asoslari
"Mexanika asoslari" kafedrasi 1970 yil 8 dekabrda Toshkent Politexnika Institutining Buxoro kechki filiali tarkibida tashkil topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ-1533 sonli “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga aylantirilganligi va institut tarkibiy tuzilishining o‘zgarganligi munosabati bilan institut rektorining 2011 yil 28 avgustdagi 84-U buyrug‘i bilan kafedra “Mexanika”, 2021 yil 20 sentyabrdan “Mexanika asoslari” deb nomlangan.
Hozirgi kunda kafedrada 13 ta professor-o‘qituvchi va 2 ta texnik-xodim faoliyat yuritib kelmoqda, shulardan 7 ta ilmiy daraja va unvonga ega professor – o‘qituvchilar. Ilmiy salohiyat 50% ni tashkil etadi.