JISMONIY MADANIYAT KAFEDRASI
O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi 1954 son qaroriga asosan Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti Buxoro muhandislik texnologiya instituti deb o’zgartirildi. SHu munosabat bilan institutning strukturasi o’zgarib “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi “Jismoniy madaniyat” kafedrasiga aylantirildi.
“Jismoniy madaniyat” kafedrasida 1 ta pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 1 ta professor, 3 ta docent, 3 ta katta o’qituvchi, 5 ta o’qituvchilar talabalarga sifatli va mazmunli taьlim bermoqdalar.
Kafedra professori J.N.Hayitov 2002 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi unvoniga, 2019 yilda “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. Kafedra katta o’qituvchisi M.SH.Raximov 2018 yilda “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
Hozirda “Jismoniy madaniyat” kafedrasida institutdagi barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun darslar olib borilmoqda.
Talim-tarbiya jarayonida zamonaviy didaktik vosita va jihozlarni hamda o’qitishning ilg’or pedagogik va innovacion texnologiyalari, xorijiy taьlim tajribalaridan foydalanib dars o’tishiga erishilmoqda.