Oliy matematika

Bosh sahifa Oliy matematika

Oliy matematika


Oliy matematika kafedira mudiri

Yunusov G‘anisher G`afirovich

  • Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
  • Telefon: +998 99 707 82 97
  • Email: ganish2011@gmail.com

Oliy matematika

“Oliy matematika” kafedrasi 1962 yilda tashkil etilgan Toshkent Politexnika institutining Buxorodagi Umumtexnika fakulteti negizida 1969 yil 1 sentyabrdan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent X.S.Madraximov kafedraning birinchi mudiri etib tayinlangan. Dastlab kafedra tarkibida katta o’qituvchilar S.N.Abduraxmanova, R.M.Saidova, I.B.Bozorov, G.I.Soldatova, K.U.Usnatdinov, A.P.Sinelnikova dars bera boshladilar. Kafedrada dotsent Sh.R.Mo’minov (1972-1981yy), dots. N.S.Mo’minov (1981-1988yy), dots. N.P.Rasulov (1989-1992yy) va (1999-2006yy), dots. I.Q.O’rinov (1992-1998yy), professor I.I.Safarov (2006-2014yy), dots M.X.Teshayev (2014-2015yy)lar rahbar lavozimida faoliyat ko’rsatganlar. 2015 yil fevraldan “Oliy matematika” kafedrasi mudiri lavozimiga texnika fanlari nomzodi, dotsent G’.G’.Yunusov tayinlandi. Dastlab kafedrada nafaqat “Oliy matematika”, balki “Hisoblash texnikasi va dasturlash”, “Iqtisodiy matematik modellar”, “Umumiy statistika” kabi fanlar ham o’qitilar edi. Shu sababli 1979 yilda kafedrani ikkiga bo’lib, “Oliy matematika” va “Amaliy matematika” kafedralarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb topildi. O’tgan davr mobaynida kafedraga yosh mutaxassislarni jalb etish va ularni aspiranturaga yuborish, kafedraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlariga katta ahamiyat berildi. Mash’gulot o’tkaziladigan xonalar jihozlandi, turli stendlar tayyorlandi, kafedraning kutubxonasi tashkil etildi. O’quv jarayonini kompyuterlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishildi. 1981-1983 yillar davomida kafedra dotsenti X.S.Madraximov Afg’onistondagi Qobul universitetida “Oliy matematika” fanidan talabalarga saboq berdi. 1998 yilda kafedra dotsenti N.X.Raxmatov AQSH ning Nyu-Polts Universitetida malaka oshirishda bo’lib qaytdi. 2006 yil professor I.I.Safarov Moskva davlat universitetida malaka oshirib keldi. 2022 yil dotsent G’.G’.Yunusov Italiyaning Turin shahrida Turin politexnika universitetida malaka oshirib keldi. Hozirgi vaqtda “Oliy matematika” kafedrasida “Oliy matematika”, “Iqtisodchilar uchun matematika” va “Matematik” fanlari bo’yicha mashg’ulotlar olib boriladi. Kafedra a’zolari tomonidan o’quv-uslubiy ishlariga katta ahamiyat berib, ko’plab uslubiy qo’llanmalar tayyorladilar.

KAFEDRA HAQIDA

“Oliy matematika” kafedrasi 1962 yilda tashkil etilgan Toshkent Politexnika institutining Buxorodagi Umumtexnika fakulteti negizida 1969 yil 1 sentyabrdan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent X.S.Madraximov kafedraning birinchi mudiri etib tayinlangan. Dastlab kafedra tarkibida katta o’qituvchilar S.N.Abduraxmanova, R.M.Saidova, I.B.Bozorov, G.I.Soldatova, K.U.Usnatdinov, A.P.Sinelnikova dars bera boshladilar.

Kafedrada dotsent Sh.R.Mo’minov (1972-1981yy), dots. N.S.Mo’minov (1981-1988yy), dots. N.P.Rasulov (1989-1992yy) va (1999-2006yy), dots. I.Q.O’rinov (1992-1998yy), professor I.I.Safarov (2006-2014yy), dots M.X.Teshayev (2014-2015yy)lar rahbar lavozimida faoliyat ko’rsatganlar. 2015 yil fevraldan “Oliy matematika” kafedrasi mudiri lavozimiga texnika fanlari nomzodi, dotsent G’.G’.Yunusov tayinlandi.

Dastlab kafedrada nafaqat “Oliy matematika”, balki “Hisoblash texnikasi va dasturlash”, “Iqtisodiy matematik modellar”, “Umumiy statistika” kabi fanlar ham o’qitilar edi. Shu sababli 1979 yilda kafedrani ikkiga bo’lib, “Oliy matematika” va “Amaliy matematika” kafedralarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb topildi. O’tgan davr mobaynida kafedraga yosh mutaxassislarni jalb etish va ularni aspiranturaga yuborish, kafedraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlariga katta ahamiyat berildi. Mash’gulot o’tkaziladigan xonalar jihozlandi, turli stendlar tayyorlandi, kafedraning kutubxonasi tashkil etildi. O’quv jarayonini kompyuterlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishildi.

1981-1983 yillar davomida kafedra dotsenti X.S.Madraximov Afg’onistondagi Qobul universitetida “Oliy matematika” fanidan talabalarga saboq berdi. 1998 yilda kafedra dotsenti N.X.Raxmatov AQSH ning Nyu-Polts Universitetida malaka oshirishda bo’lib qaytdi. 2006 yil professor I.I.Safarov Moskva davlat universitetida malaka oshirib keldi. 2022 yil dotsent G’.G’.Yunusov Italiyaning Turin shahrida Turin politexnika universitetida malaka oshirib keldi.

Hozirgi vaqtda “Oliy matematika” kafedrasida “Oliy matematika”, “Iqtisodchilar uchun matematika” va “Matematik” fanlari bo’yicha mashg’ulotlar olib boriladi. Kafedra a’zolari tomonidan o’quv-uslubiy ishlariga katta ahamiyat berib, ko’plab uslubiy qo’llanmalar tayyorladilar

KAFEDRA TARKIBI

Hozirgi vaqtda kafedrada 20 nafar professor-o’qituvchi, jumladan: 2 ta fan doktori - professor, 5 nafar fan nomzodi – dotsent, 1 nafar fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori, 5 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar assistent, 2 nafar stajyor o’qituvchi va 1 nafar tayanch doktorant faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 40% ni tashkil etadi. Tarkib quyidagicha:

Professor-o’qituvchiIsm familiyalarLavozimlarElektron pochta
Yunusov G’anisher G’afirovichKafedra mudiri-t.f.n.,dotsent;ganish2011@gmail.com
Pulatova Manzura IsxakovnaProfessor-f.-m.f.d; 

 

 Saidov Hamroqul QuvondiqovichDotsent v.b.-f.-m.f.n;saidovhk@gmail.com

 

Boltayev Zafar IxtiyorovichDotsent v.b.-f.-m.f.f.d (PhD);boltayev-z@mail.ru
    
    
    
    
Mustafoyev Nematjon Safoyevich

Katta

 o’qituvchi;

nmustafoyev@list.ru

 

Axmedov Maqsud SharipovichKatta o’qituvchi;maqsud.axmedov.1985@mail.ru
Mamatov To’lqin YusupovichKatta o’qituvchi;mamatov.tulkin@mail.ru
Hamroyeva Zilola QahromonovnaKatta o’qituvchi;zilola_hamoyeva75@mail.ru
    
    
    
    
    
    

 

 Homidov Farhod Faxriddinovich Stajyor o’qituvchifarhod2708@mail.ru

     KAFEDRA ILMIY TADQIQOT ISHLARI

Kafedrada “Matematikaning nazariy va amaliy muammolari” mavzusi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, G’.G’.Yunusov “Ochiq oqimlarning tarmoqlanish sohasidagi gidrodimanik muammolari”, I.I.Safarov “Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi”, M.X.Teshayev “Murakkab mexanik sistemasining nazariy yechimlari”, N.P.Rasulov va I.Q.O’rinov “Tasodifiy jarayonlar statistikasi, H.B.Ismatov “Mexanikaning nazariy asoslari”, M.I.Pulatova “Matematika tarixi” yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar va hozirda ham shu yo’nalishlarda kafedra tomonidan juda ko’p ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti. 

Kafedra tarkibida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash vas hu ilmiy kengash qoshidagi 01.02.01-“Nazariy mexanika” hamda 01.02.04-“Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi” ixtisosliklari bo’yicha ilmiy seminar faoliyat yuritadi.

Kafedramiz tomonidan hozirgi kungacha bir qancha ilmiy asarlar chop etilgan. Jumladan: 500 ga yaqin ilmiy maqolalar va ularga 1000 ga yaqin ixtibosliklar, 50 ga yaqin ilmiy monografiyalar chet elning nufuzli tahririyatlarida chop ettirilgan.

https://siars.unila.ac.id/doc/https://siars.unila.ac.id/user/https://siars.unila.ac.id/file/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/ https://kkib.undip.ac.id/wp-content/themes/vici/ https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/