Qabul vaqti: Dushanba - Juma (09:00 dan 16:00 gacha)
Telefon: +998934715075
Email:
Institutda chiqariladigan barcha farmoyish, qaror va buyruk, loyihalarini nazoratdan oʼtkazish hamda chiqarilgan har bir farmoyish, qaror va buyruqlarning amaldagi qonun qoidalar asosida toʼgʼri rasmiylashtirishni nazorat qilish;
Rektorga imzo qoʼyish uchun taqdim etilgan buyruqlar, instruktsiyalar va boshqa hujjatlarning qonun hujjatlariga mosligini aniqlash;
OTMdagi barcha hujjatlarning milliy va xalqaro qonunchilikka mosligini aniqlash, qonunga zidligi aniqlangan holatlarda ularni bekor qilish yoki oʼzgartirish yuzasidan choralar koʼrish;
Jamoa shartnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirishda qatnashish;
OTMsi bilan boshqa tashkilotlar oʼrtasida tuziladigan shartnomalarning toʼgʼri tuzilishini va qonuniy tarzda amalga oshirilishini taʼminlash;
Institut professor-oʼqituvchi va boshqa xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish, institut rahbariyati va dekanatlar, kafedralar va boʼlimlarning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni taʼminlashga koʼmaklashish;
Fuqarolarning va institut xodimlarining xuquqiy masalalar boʼyicha qabul qilish, ularga xuquqiy maslahatlar berish;
Institutning normativ-huquqiy hujjatlar fondini toʼldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar,sharhlar,axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini koʼrish, institut rektoriga huquqiy nashrlarga obuna boʼlish haqida takliflar kiritish;
Institutga kelib tushgan va institutning oʼzi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy xujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini taʼminlash;
Institut va uning tizimiga kiruvchi kafedra va boʼlimlarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida takliflar kiritish, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
Talab etilganda OTM professor-oʼqituvchilari va xodimlarining huquqlarini huquqni muhofaza qilish organlari va sud oldida himoya etish;
OTMning debitor qarzlarini bartaraf etish boʼyicha boshqa boʼlimlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish;
OTMning oʼquv, ilmiy va xoʼjalik-moliyaviy faoliyati natijalarini koʼrib chiqish boʼyicha komissiyaning takliflarini koʼrib chiqishda ishtirok etish;
OTMdagi hukuqboʼzarliklar yuzasidan vakolatli davlat organlariga boʼlishi kerak tegishli hujjatlarni taqdim etish, shuningdek OTMga yetkazilgan zararni undirish choralarini koʼrish;
OTM xodimlari orasida yangi qabul qilingan qonunlar,qarorlar,farmonlar,farmoyishlar va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning targʼibotini yuritish.
Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta bilish;
Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.