Buxoro muhandislik-texnologiya institutida faoliyat olib borayotgan “Texnologik mashinalar va jihozlar“ kafedrasi 2019 yil 10 iyuldagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘libushbu kafedrada innovatsion ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, ta’limni ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash, ilg‘or ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kafedrada 3 nafar fan nomzodlari, 2 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar assistent, 4 nafar stajor-o‘qituvchi va 13 nafar doktorantlar faoliyat yuritib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-5847-sonli, “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3775-sonli, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-sonli, "Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ- 3698-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni amalaga oshirish maqsadida kafedrada respublikamiz hamda viloyatimizdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan korporativ hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, jumladan Buxoro “BUKHARA BRILIANT SILK” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, “OFS” MChJ, “Buxoro ta’mirservis” MChJ, “OCEAN LUX” MChJ, “ROMSTAR” qo‘shma korxonasi, “DELUXE FABRIC” MChJ, “ShOFIRKON EKVATORIAL TEKS” MChJ, “KAMALAK SHABNAM TEKS” MChJ, “ShAAM Tekstil” korxonalari yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish korxonalarining dolzarb muammolarini o‘rganib va yangi texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llab kelmoqdalar.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
kabinet mudiri
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1.Джураева Тахмина Саидовна Асадова Ситора Садуллаевна, Мустафоев Комилжон Илом ўғли Основы метрологии, стандартизации и сертификации, ўқув қўлланма
2.Самиева Шахноз Хикматовна Конструирование швейных, трикотажных изделий, ўқув қўлланма
3.Самиева Шахноз Хикматовна Мустафоев Комилжон Илҳом ўғлиInnovation Technologies in the Seving Industry, ўқув қўлланма
4.Вафоева Замира Севиндиковна, Чориева Муҳаббат Мухамматовна Оборудования и приспособление лёгкой промышленности Ўқув қўлланма
5.Қурбонов Фазлиддин Аминович, Бехбудов Шавкат Хусенович Енгил саноат жиҳозлари пухталиги Ўқув қўлланма
Kafedrada innovatsion loyihalarni amalga oshirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish hamda yosh tadqiqotchilarni innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvatlash va kafedra moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Yengil sanoatda innovatsion texnologiyalar” ilmiy –laboratoriya markazi hamda “Magistrlar va ilmiy tadqiqotchilar” xonalari tashkil tashkil qilingan bo‘lib, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar bilan hamkorlikda “Resurstejamkorlik asosida tikuv buyumlariga namlab-isitib ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish”, “Felting texnikasi yordamida barqaror shakldagi kiyimlar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish”, “Polimer kompozit qoplash qurilmasi ishchi organlari va yuritish mexanizlari konstruksiyasini ishlab chiqish” “Tikuv mashilasi moslanuvchan tepki mexanizmini parametrlarini aniqlash”, “Mato va iplarlarni tabiiy bo‘yoqlar bilan bo‘yashning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish”, “Ipak va optik tolalar yordamida “Smart” matolar to‘qish jarayonini takomillashtirish” mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Raxmonov Xayritdin Qodirovich akademik mobillik asosida Qozogʼiston Respublikasi M.Аuezova nomidagi Janubiy-Qozogʼiston universitetida boʼlib qaytdi.
“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasida xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, jumladan professor-o‘qituvchilar Kosыgin nomidagi Moskva davlat universiteti “Xudojestvennoe modelirovanie, konstruirovanie i texnologiya shveynыx izdeliy” kafedrasi, Ivanovo davlat politexnika instituti, Sankt Peterburg dizayn va texnologiya instituti, Don Davlat Texnika Universiteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlik olib bormoqda.
Xorijiy professor-o‘qituvchilardan Косыгин nomidagi Moskva davlat universiteti dotsenti T.V.Butko hamda Don Davlat Texnika Universiteti professori I.V. Cherunova kafedra bilan doimiy hamkorlikda ish olib bormoqda, ushbu o‘qituvchilar kafedra ilmiy salohiyatini oshirish, tayanch doktorant va magistrantlar ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish uchun ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilingan.