Buxoro viloyatidagi maktab bitiruvchilari! 

Buxoro muhandislik texnologiya instiutiga imtihonlarsiz o‘qishga kirishni xohlaysizmi?

Unda institutimizning “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tashkil qilinadigan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani olimpiadasiga ishtirok eting.


Mazkur olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarorini inobatga olgan holda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 4-bob 47-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro muhandislik texnologiyasi instituti tomonidan viloyat umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha ko‘p bosqichli (tuman (shahar) - viloyat - oliy ta’lim muassasasi) olimpiadasi tashkil qilinayapti. 


Olimpiadaning so‘nggi bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga Buxoro muhandislik texnologiya instituti 60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tavsiyanoma kiritiladi.


Bundan tashqari har bir ishtirokchi olimpiadaning faol ishtirokchi sertifikati, hamda qatnashchilarning rahbar (fan o‘qituvchi) lari tashakkurnoma bilan taqdirlanadilar.


Qatnashishni xohlovchi bitiruvchilar 2024-yil, 27-aprelga qadar saytdan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.


Ro‘yxatdan o‘tish (https://olimpiada.bmti.uz/)