Bobur kabi seving vatanni  

  14-fevral  buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining  541 yilligi munosabati bilan “Paxta va yengil sanoat texnologiyalar” fakulteti 304-23 Diz guruhi talabalari bilan ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Boburning  hayot yo‘li, beqiyos bunyodkorliklari, davlat boshqaruvidagi islohotlari haqida ma’lumotlar berildi. 

Talabalar tomonidan Bobur g‘azal va ruboyilaridan parchalar ijro etildi.

Tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i

 Sheroz Temirov, dekan o‘rinbosari Akmal Salohovlar ishtirok etishdi.