Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, uning tarmoqlarida ishlab chiqarish surʼatlari o‘sishiga erishish, mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishda ko‘p jihatdan iqtisodiy yo‘nalishlarda taʼlim olayotgan kadrlar muhim omil hisoblanadi. Ularni yetuk mutaxassis qilib tarbiyalashda institutda tashkil etilgan iqtisodiyot yo‘nalishidagi kafedralarning hissasi kattadir.
Ushbu kafedralarning tashkil etilish tarixi va rivojlanishi 20 asrlarning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Birinchi marta “Iqtisodiyot” kafedrasi 1969 yilning 1-sentabrida Toshkent Politexnika Institutiga qarashli Umumtexnika fakulteti qoshida tashkil topgan. 1978-yil 1-sentabriga kelib esa Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoati instituti huzurida yanada takomillashgan “Siyosiy iqtisod” kafedrasi nomi bilan ishlay boshladi.
“Ishlab chiqarish va boshqarish” kafedrasi 1993-yilda “Iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish” kafedrasi bazasida tashkil qilindi. Kafedraning asosiy vazifasi oziq-ovqat korxonalariga mutaxassislarni tayyorlashda iqtisodiy bilimlar berish va shu yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bilan belgilandi. 1997-yilga kelib kafedra “Iqtisodiyot nazariyasi va marketing” nomi bilan atalib, dotsent O.M.Hamroqulov (marhum) mudir qilib tayinlandi. 1998 – 1999 o‘quv yili boshida “Iqtisodiyot” va “Marketing” kafedralari alohida – alohida faoliyat ko‘rsata boshladi. “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri etib dotsent Z.M.Abdullayeva, “Marketing” kafedrasi mudiri etib esa dotsent O.M.Hamroqulovlar tayinlandilar.
2001-yilning 29-dekabrida “Iqtisodiyot” va “Marketing” kafedralari birlashtirilib “Marketing va Iqtisodiyot” deb, 2003-yil sentyabr oyidan boshlab esa “Marketing” deb nomlandi. 2010 yildan “Marketing” kafedrasini dotsent B.F.Azimov boshqarib kelgan bo’lsalar, “Menejment” kafedrasini dotsent Ro‘ziyeva D.I., 2018-yildan 2022-yilgacha iqtisodiy fanlar nomzodi Xayitov Sh.N.boshqarib keldi.
2013-yilning 15-aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish” to‘g‘risidagi PQ-1954 qaroriga asosan kafedraning nomi “Menejment” kafedrasi deb o‘zgartirildi va kafedra o‘z faoliyatini 2021-yil 15-sentyabrgacha davom ettirdi. Buxoro muxandislik texnologiya instituti rektorining 2021-yil 15-sentyabrdagi № 499-U sonli buyrug‘iga asosan “Iqtisodiyot” kafedrasi “Menejment” kafedrasidan ajralib chiqdi hamda alohida kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. 2021-yildan “Iqtisodiyot” kafedrasini dotsent Boboyev A.Ch., “Menejment kafedrasini dotsent Zayavitdinova N.M., 2023-2024 yillarda dotsent (PhD) Avezova Sh.M. boshqarib keldilar. Yangi qaror buyrug‘iga asosan “Iqtisodiyot” kafedrasi va “Menejment” kafedrasi birlashdi va yagona “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi sifatida faoliyat yurita boshladi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|