Neft-gaz texnologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Ro’zimurod Ravshanov va Ilmiy rahbari Dilnavoz Asadova MDH davlatlar o’rtasida o’tkazilgan xalqaro maqolalar tanlovida "Piroliz distillati" mavzusi bo’yicha yozgan maqolasi bilan ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Ko’krak nishoni, diplom va sovg’alar bilan taqdirlandi.

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:
- Zamon tezkor, har kuni har sohada yangilanishlarga guvoh bo’lyapmiz. Shunday sharoitda barcha tarmoqlarida ilg'or fikrlaydigan, malakali kadrlar zarur. Xususan, gaz qazib chiqarish, neft va gaz quduqlari tadqiqotlari, neft qazib chiqarish obyektlarini ishlatish va xizmat ko'rsatish kabi yo’nalishlar bo’yicha yetuk kadrlarga yurtimizda ham, xorijda ham talab yuqori. Bu talabni qondirish esa bizning zimmamizga mas'uliyat yuklaydi. 

Buning uchun institutda o’quv, ilmiy-innovatsion, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko’lamini yanada oshiramiz.