YOSHLAR SIYOSATI OLIY TA’LIM QAMROVINI KENGAYTIRISH SARI 

 

O`zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Davlat Dasturiga asosan 2023 yil 6-may kuni Buxoro muhandislik- texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi professor o’qituvchilari J.K.Musayeva va O.Q.Xudayberdievalar o’quvchi–yoshlaning Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishlari qamrovini kengaytirish bo‘yicha targ’ibot tashviqot ishlarini olib borishdi.

Targ’ibot tadbirlarini o'tkazishdan maqsad O`zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Davlat Dasturiga asosan o’quvchi–yoshlaning Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishlari qamrovini kengaytirish bo‘yicha targ’ibot tashviqot ishlarini olib borish, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish asoslari to'g'risidagi ta'limot, hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yosh avlodni demokratik jamiyat barpo etishda faol qatnashishga tayyorlashdir.

 

Targ’ibot seminar treningni “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi Musayeva Jamila Karomatovna kirish so'zi bilan ochib, bugungi kunda o'quvchi yoshlarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy axloqiylikni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash ta'lim va tarbiyaning hamma bosqichlarda hozirgi kunning asosiy vazifalari deb ta’kidlandi. Xudayberdiyeva Oysha Qurbonovna kasbni to'g'ri tanlash-inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyati ko'p jihatdan kasbning qanchalik to'g'ri tanlanishiga bog'liqligi to'g'risida batafsil ma'lumotni aytib o'tdi. Buxoro muxandislik – texnologiyasi institutida turli yo’nalishlarda malakali mutaxassislar tayorlanib, “Menejment”, “Marketing”, “Iqtisodiyot” va boshqa yo’nalishlarirda 1100 dan ortiq talabalar tahsil oladi. Kafedramizda biznes inkubator auditoriyasi mavjud, bunda professor-o’qituvchilar va talabalarga iqtisodiyotga oid bo’lgan to’garaklar va ingliz tilidan kurslar tashkil qilingan, bundan tashqari kafedramiz qo’shma “2+2” ta’lim dasturi asosida Rossiya Federatsiyasi, “Stankin” Moskva davlat texnologiya universiteti, Rossiya Federatsiyasi universiteti, Belgorod Davlat Milliy Universiteti, Belarus davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universitetlarida o’qishlarni yo’lga qo’yilganligi haqida to’liq ma’lumot berib o’tildi.

Targ’ibot tadbirning asosiy yutuqlari bo'lib, o'quvchilarda keyingi yillarda mamlakatimizning umuta'lim maktablarida kasbga yo'naltirish ishini amalga oshirish sohasida, yoshlarni turli kasblariga yo'naltirish yuzasidan maktab, oliy ta’lim, oila va korxonalarning birgalikda ish olib borishi jabhasida katta ijobiy tajriba to'plash va bu tajribalarni umumlashtirish kerakligi ta’kidlandi. Targ’ibot seminar trening o'quvchilar uchun amaliy jihatdan keng imkoniyatlar ochib berishi va ulardan samarali foydalanishiga asos bo'ldi.