Buxoro muhandislik-texnologiya instituti faollar zalida fakultetlar o‘rtasida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o’tdi.

   Natijalarga ko'ra:

1-o’rin : “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Kimyoviy va oziq-ovqat” fakultetining “Abadiyat” jamoasi - 3 mln so‘m.  
2-o’rin :“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” nominatsiyasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Yer usti transporti tizimlari” fakultetining 

“Yosh ijodkorlar” jamoasi – 2.5 mln so‘m.

3-o’rin: “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun” nominatsiyasida g‘oliblikni qo’lga kiritgan “Arxitektura-qurilish” fakultetining

 “Yosh arxitektorlar” jamoasi-2 mln so‘m bilan taqdirlandi.

  Shuningdek, “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi bo‘yicha “Kuzning 1-kuni ” spektaklidagi “Ona” roli uchun Dilbar Hamidova- 1 mln so’m mukofot bilan taqdirlandi.

G’oliblarni chin qalbdan tabriklab, kelajakdagi ishlariga omad va zafarlar tilaymiz!