Yil yakunlariga bag’ishlangan Kengash yig’ilishida fakultetlardagi  talabalarning  fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish  natijalari hamda bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy davlat attestatsiyasi  natijalari hamda 2023 –2024  o‘quv yilida olib borilgan o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risida fakultet dekanlarining hisoboti tinglandi.

 Shuningdek, tayanch doktorant, mustaqil va erkin tadqiqotchilarning ilmiy mavzulari tasdiqlanib, kengash kotibi Ilhom Mehmonov tomonidan pedagog xodimlarning tayyorlangan darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalari chop etishga tavsiya qilindi.

 Kengash yig’ilishi yakunida 2024-2025 o‘quv yilida o‘quv jarayonini tashkil etish uchun kunduzgi ta’lim shakli 2,3,4-kurs, sirtqi ta’lim shakli 2,3,4,5-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 2-kurs magistratura mutaxassisliklari uchun ishchi o‘quv rejalari tasdiqlandi.