"YIL AYOLI" MILLIY TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDILAR

  22-noyabr sanasida o‘tkazilgan tantanali marosimda mazkur tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi.

 Nizom shartiga ko‘ra, tanlovda 35 yoshdan yuqori bo‘lgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.

 Unda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova “Yilning eng yaxshi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyasi bo'yicha Buxoro viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

Buxoro muhandislik texnologiya instituti jamoasi Sadoqat Siddiqovani tabriklab kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!