Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Kimyo Toshkent xalqaro universitetida Yevropa Ittifoqining xalqaro Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan 101082221-UzMedEn “O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish” loyihasining dastlabki uchrashuv seminari tashkil etilmoqda.

Seminarda oliygohimiz vakillaridan “Qoshimcha talim dasturlarini muvofiqlashtirish” bolimi boshligi Хodjiyev Shuxrat Maxmudovich, “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi mudiri, dotsent Qobilov Hasan Xalilovich, “Oziq-ovqat va kimyo sanoati mashina va jihozlari” kafedrasi dotsenti Akabirova Lola Xuseynovna, “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi dotsenti Ibragimov Ulug`bek Muradilloyevichlar ishtirok etishmoqda.