Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim” aynan ushbu so’zlar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida  oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida aytib o’tildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar ham mazkur yig’ilishda koʻrib chiqildi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirildi. 

Mamlakatimizda 20 oktabrdan 1 dekabrgacha ko’chat ekish bo’yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi. 

Xalqimizda “Yaxshidan bog’ qolar” degan maqol bor. Shunday ekan, mamlakatimizda boshlangan xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida, “dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etib, atrof-muhitni himoya qilish yo’lida “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari ham o’z hissalarini qo’shmoqdalar.

Joriy yilning 5 noyabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari” fakulteti “Menejment” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan archa daraxtlarining 50 dona ko’chatlari o’tkazildi. 

Xalqimizda ko’chat ekkan, bog’ yaratgan inson doimo qadr topgan, hurmat va e’tiborda bo’lan. Bu xayrli ishlarda kafedrada faoliyat olib borayotgan yoshi ulug’ professor-o’qituvchilar M.N. Xalilova va O.R. Xamidovlar ham tashabbus bilan chiqib, o’z hissalarini qo’shdilar. 

 

“Yashil makon” – dolzarb 40 kunlikda faol ishtirok etaylik!